Alvand daryosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xonaqindagi Alvand daryosining tungi koʻrinishi. Yuqorida tarixiy Alvand koʻprigi

Alvand yoki Halvon (arabcha: نهر حلوان, kurdcha: Çemê Elwen ,ڕووباری ئەڵوەن, forscha: رود الوند) Sharqiy Iroq va Gʻarbiy Erondagi daryo. Erondagi Zagros togʻlaridan boshlanadi[1].

Daryo togʻlardan gʻarbga qarab Qasri Shirin shahriga oqib oʻtadi. U yerdan janubga buriladi va Iroq bilan chegarani kesib oʻtadi. Keyin Xanaqin shahri oʻrtasidan oqib oʻtadi. Bu yer dehqonchilikda va hududda qishloq xoʻjaligi rivojida katta rol oʻynagan. Daryo Xonaqin aholisi birligi va kurd oʻzligining ramzi hisoblangan.

Daryo Zengabadda Diyala daryosiga qoʻshiladi[1][2].

Nomi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vladimir Minorskiyning yozishicha, „Alvand“ nomi hozirgi Sarpoli Zahab shahri yaqinidagi daryo boʻyida joylashgan tarixiy Hulvan shahri nomi bilan bogʻliq[3]:80.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alvand havzasi Zagrosning gʻarbiy tomonida joylashgan boʻlib, taxminan 2700 km2 maydonni egallaydi[2]:787–8. Bu hududning iqlimi yarim qurgʻoqchil boʻlib, Oʻrta yer dengizi iqlimiga xos tarzda qishi salqin va yozi quruq[2]:788. Yillik yogʻingarchilik miqdori 530 mm[2]:788. Hudud karst relyefi bilan ajralib turadi. Alvand havzasida 35 ga yaqin karst buloqlari (12 ta katta va 23 ta kichik) mavjud[2]:789.

Geologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alvand havzasida yettita asosiy antiklinal mavjud boʻlib, ular bir-biridan sinklinallar bilan ajralib turadi[2]:789. Havzaning 36% ga yaqini karbonatli jinslardan, birinchi navbatda Asmari qatlamlaridan iborat[2]:789. Antiklinallarning asosiy qismini tashkil etuvchi Asmari qatlami uchinchi davrning dolomitli ohaktoshi va dolomitidan iborat[2]:789. Uning tepasida mergel-qumtoshli Agʻajari qatlami yoki gips va marnli Gachasaran qatlami mavjud[2]:789. Undan pastda boʻr davriga oid Pabde-Gurpi tuzilmasi joylashgan boʻlib, u mergel va slanetslardan iborat[2]:789. Yana bir karbonat birikmasi boʻr davri Ilam qatlami ohaktoshidan iborat boʻlib, faqat Patagʻ antiklinalida ochilgan[2]:789. Suv oʻtkazmaydigan Agʻajari va Gachasaran qatlamlari ostida joylashgan Asmari qatlami Alvand havzasidagi asosiy suv qatlami hisoblanadi[2]:789.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 . First Encyclopaedia of Islam 1913-1936, 1993 — 807 bet. ISBN 9004097902. 
  2. 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 Karimi, Haji; Raeisi, Ezzat; Bakalowicz, Michel (2005). "Characterising the main karst aquifers of the Alvand basin, northwest of Zagros, Iran, by a hydrogeochemical approach". Hydrogeology Journal 13 (5): 787–99. doi:10.1007/s10040-004-0350-4. https://www.researchgate.net/publication/226103473_Characterising_the_main_karst_aquifers_of_the_Alvand_basin_northwest_of_Zagros_Iran_by_a_hydrogeochemical_approach. Qaraldi: 20 October 2022. Alvand daryosi]]
  3. Minorsky, Vladimir (1943). "The Gūrān". Bulletin of the School of Oriental and African Studies, University of London 11 (1): 75–103. https://www.jstor.org/stable/609206. Qaraldi: 18 October 2022. Alvand daryosi]]