Aleksandr Vaxnov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alexander Vakhnov

Vakhnov 2017-yilda
Shaxsiy maʼlumotlari
Asl ismi Александр Евгеньевич Вахнов
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavalludi 16-fevral 1999-yil (1999-02-16) (25 yosh)
Kirov
Boʻyi 1.85 m (6 ft 1 in)
Sherigi Isabella Flores
Oldingi sheriklari Sofya Polishchuk
Murabbiyi Svetlana Lyapina
Oldingi xoreograflari Igor Pivorovich
Uchishni boshlagan 2003
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 149.04
Qisqa raqs 63.17
Erkin raqs 89.16

Aleksandr Yevgenyevich Vaxnov (ruscha: Александр Евгеньевич Вахнов; 1999-yil 16-fevralda tugʻilgan) — Rossiya vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosi. Konkida uchish boʻyicha sobiq sherigi Sofya Polishchuk bilan birga 2017-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalining bronza medali sovrindori va 2017-yili Avstraliyada boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) musobaqasining chempioni boʻlgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandr Yevgenyevich Vaxnov 1999-yil 16-fevralda Rossiyaning Kirov tumani, Kirov shahrida tugʻilgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyatining boshlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vaxnov 2003-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan. U 2009 — 2010-yilgi mavsum oldidan Sofiya Polishchuk bilan juftlik hosil qilgan[1].

Polishchuk / Vaxnov juftligi 2010 — 2011-yilgi mavsumda xalqaro musobaqalarda qatnasha boshlagan va 2010 NRW Trophy musobaqasida ishtirok etib, yangi konkida uchuvchilar toifasida gʻolib chiqqan[2]. Juftlik 2014 — 2015-yilgi mavsumda oʻzlarining ilk xalqaro musobaqasida, oʻsmirlar toifasida debyut qilgan; 2014-yilgi Ice Star turniri va 2014 NRW Trophy musobaqalarida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

2015 — 2016-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Polishchuk / Vaxnov juftligi 2015 — 2016-yilgi mavsumda Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) turnirida ishtirok etishi uchun tanlab olindi. Juftlik sentyabr oyi boshida AQShning Colorado Springs shahrida boʻlib oʻtgan JGP musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritgandan uch hafta oʻtgach, Polshaning Torun shahrida boʻlib oʻtgan Gran-pri bosqchida beshinchi oʻrindan joy olgan.

Juftlik 2016-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida oltinchi oʻrinni egallagan[3].

2016 — 2017-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Polishchuk / Vaxnov juftligi avgust oyida Fransiyaning Saint-Gervais-les-Bains shahrida boʻlib oʻtgan 2016-yilgi JGP seriyasida ishtirok etib, bronza, keyin esa sentyabrda Sloveniyaning Lyublyana shahrida oʻtkazilgan huddi shu turnirda kumush medalni qo‘lga kiritgan. Juftlik 2017-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida qatnashib, toʻrtinchi oʻrinni egallagan[4].

2022 — 2023-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

May oyida Vaxnov amerikalik Isabella Flores bilan juftlik hosil qilgani eʼlon qilingan[5].

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Polishchuk bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa raqs Erkin raqs
2017 — 2018

  • Cha Cha: Chilly Cha Cha

Jessica Jay

  • Samba: Hip Hip Chin Chin

Club des Belugas

  • Black Swan

Clint Mansell

2016 — 2017

  • Blues: Your Heart Is As Black As Night

Melody Gardot

  • Swing: That Man

Caro Emerald

  • Romeo & Juliet

Abel Korzeniowski

2015 — 2016

  • Foxtrot: Les feuilles mortes

Yves Montand

  • Ascolat La Voce

Lara Fabian

2014 — 2015
  • Silver Samba: Set Fire to the Rain

Adele

  • One Day

Hans Zimmer

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Polishchuk bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro: Oʻsmirlar
Musobaqa 10 — 11 11 — 12 12 — 13 13 — 14 14 — 15 15 — 16 16 — 17 17 — 18
JGP finali 3
JGP Avstraliya 1
JGP Fransiya 3
JGP Italiya 2
JGP Polsha 5
JGP Sloveniya 2
JGP Amerika Qoʻshma Shtatlari 3
Ice Star 3
NRW Trophy 3
Open d’Andorra 1 1 1
Xalqaro
Bavarian Open 2-n 1-N
Ice Challenge 1-N
NRW Trophy 1-B 3-n 1-N
Milliy
Rossiya chempionati 9 10 6 4 4
Darajalar: B = Boshlangʻich daraja; N = yangi konkida uchuvchilar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ru: Софья Полищук и Александр Вахнов: «Можем с закрытыми глазами кататься вместе»“ [Sophia Polishchuk and Alexander Vakhnov: "We can skate together with our eyes closed"]. Figure Skating Federation of Russia.
  2. „ru:Александр Евгеньевич Вахнов“ [Alexander Evgenievich Vakhnov] (Russian). fskate.ru.
  3. „Svetlana LIZUNOVA / Alexander VAKHNOV: 2019/2020“. International Skating Union. 2019-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Junior Ice Dance Result“. International Skating Union (2017-yil 26-avgust).
  5. @cjlanecoach. „Last day of skating at I.D.E. For Isabella Flores and Sasha Vakhnov, so nice to have had you training in our group for the past few weeks.“ (2022-yil 15-may).