Sofya Polishchuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sofia Polishchuk

Polishchuk va Vakhnov, 2017-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Asl ismi Софья Антоновна Полищук
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavalludi 21-fevral 2001-yil (2001-02-21) (23 yosh)
Moskva, Rossiya
Boʻyi 1.67 m (5 ft 5 12 in)
Oldingi sheriklari German Shamraev, Aleksander Vaxnov
Uchishni boshlagan 2005
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 149.04
Qisqa raqs 63.17
Erkin raqs 89.16

Sofya Antonovna Polishchuk (ruscha: Софья Антоновна Полищук; 2001-yil 21-fevralda tugʻilgan) — Rossiya vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosi. Konkida uchish boʻyicha sobiq sherigi Aleksandr Vaxnov bilan birga 2017-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalining bronza medali sovrindori va 2017-yili Avstraliyada boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) musobaqasining chempioni boʻlgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sofya Antonovna Polishchuk 2001-yil 21-fevralda Moskva shahrida tugʻilgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sofya 2005-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan. U 2009 — 2010-yilgi mavsum oldidan Aleksandr Vaxnov bilan juftlik hosil qilgan[1].

Polishchuk / Vaxnov juftligi 2010 — 2011-yilgi mavsumda xalqaro musobaqalarda qatnasha boshlagan va 2010 NRW Trophy musobaqasida ishtirok etib, yangi konkida uchuvchilar toifasida gʻolib chiqqan[2]. Juftlik 2014 — 2015-yilgi mavsumda oʻzlarining ilk xalqaro musobaqasida, oʻsmirlar toifasida debyut qilgan; 2014-yilgi Ice Star turniri va 2014 NRW Trophy musobaqalarida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

2015 — 2016-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Polishchuk / Vaxnov juftligi 2015 — 2016-yilgi mavsumda Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) turnirida ishtirok etishi uchun tanlab olindi. Juftlik sentyabr oyi boshida AQShning Colorado Springs shahrida boʻlib oʻtgan JGP musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritgandan uch hafta oʻtgach, Polshaning Torun shahrida boʻlib oʻtgan Gran-pri bosqchida beshinchi oʻrindan joy olgan.

Juftlik 2016-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida oltinchi oʻrinni egallagan[3].

2016 — 2017-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Polishchuk / Vaxnov juftligi avgust oyida Fransiyaning Saint-Gervais-les-Bains shahrida boʻlib oʻtgan 2016-yilgi JGP seriyasida ishtirok etib, bronza, keyin esa sentyabrda Sloveniyaning Lyublyana shahrida oʻtkazilgan huddi shu turnirda kumush medalni qo‘lga kiritgan. Juftlik 2017-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida qatnashib, toʻrtinchi oʻrinni egallagan[4].

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vaxnov bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa raqs Erkin raqs
2017 — 2018

2016 — 2017

2015 — 2016

2014 — 2015
  • Silver Samba: Set Fire to the Rain

    Adele

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Vaxnov bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro: Oʻsmirlar
Musobaqa 10 — 11 11 — 12 12 — 13 13 — 14 14 — 15 15 — 16 16 — 17 17 — 18
JGP finali 3
JGP Avstraliya 1
JGP Fransiya 3
JGP Italiya 2
JGP Polsha 5
JGP Sloveniya 2
JGP Amerika Qoʻshma Shtatlari 3
Ice Star 3
NRW Trophy 3
Open d’Andorra 1 1 1
Xalqaro
Bavarian Open 2-n 1-N
Ice Challenge 1-N
NRW Trophy 1-B 3-n 1-N
Milliy
Rossiya chempionati 9 10 6 4 4
Darajalar: B = Boshlangʻich daraja; N = yangi konkida uchuvchilar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ru: Софья Полищук и Александр Вахнов: «Можем с закрытыми глазами кататься вместе»“ [Sophia Polishchuk and Alexander Vakhnov: "We can skate together with our eyes closed"]. Figure Skating Federation of Russia.
  2. „ru:Александр Евгеньевич Вахнов“ [Alexander Evgenievich Vakhnov] (Russian). fskate.ru.
  3. „Svetlana LIZUNOVA / Alexander VAKHNOV: 2019/2020“. International Skating Union. 2019-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Junior Ice Dance Result“. International Skating Union (2017-yil 26-avgust).