Adele

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Adele
Foto
Adele jonli ijro paytida (2009)
Tavalludi sanasi: 5-may, 1988 (1988-05-05)(26 yosh)
Tavalludi joyi: Tottenham, Angliya, Birlashgan Qirollik
Fuqaroligi: Birlashgan Qirollik
Faoliyat yillari: 2006 — bugun
Kasblari: Qoʻshiqchi, shoir, bastakor
Janr: Soul, pop[1]
adele.tv

Adele Laurie Blue Adkins[2] (talaffuzi: Adel Lori Blu Adkins; 1988-yil 5-mayida tugʻilgan), Adele mononimi bilan tanilgan ingliz musiqachisidir. 2006-yili doʻsti MySpace′ga uning demosini ortganidan keyin Adele′ga XL Recordings studiyasidan shatrnoma taklif etildi. 2007-yili u Brit Awards taʼsis etgan „Munaqqqidlar Tanlovi“ va BBC 2008 Ovozi mukofotlarini qoʻlga kiritdi. Uning 19 deb nomlangan ilk albomi 2008-yili chiqarilib, tijoriy va tanqidiy muvaffaqiyat keltirdi. Bu albom Birlashgan Qirollikda toʻrt, Amerika Qoʻshma Shtatlarida ikki karra platina sertifikatini oldi.[3][4] Uning AQShdagi karyerasi 2008-yil oxirlarida Saturday Night Live teletomoshasidagi chiqishidan soʻng yuqorilab ketdi. 2009-yilgi Grammy Awards marosimida Adele Eng Zoʻr Yangi Artist va Eng Zoʻr Ayol Pop Vokal Ijrosi mukofotlarini qozondi.[5][6]

Adele 21 nomli ikkinchi albomini 2011-yil boshida chiqardi.[7][8] Bu albom xush qarshilanib, muvaffaqiyati debut albominikidan oshib ketdi.[9] 21 Adele′ga 2012-yili oltita Grammy, shu jumladan Yil Albomi mukofotini keltirib, bir kechada eng koʻp Grammy olgan ayol rekordi oʻrnatildi.[10][11] Albom shuningdek unga boshqa qator mukofotlarni ham qozonishga yordam qildi. Albom Birlashgan Qirollikda 16 karra platina mavqeʼiga erishdi;[3] AQShda u chart birinchiligini uzoq ushlab turdi.[12][13]

21 muvaffaqiyati tufayli Adele Guinness rekordlar kitobiga kirdi. U Birlashgan Qirollikda bir yil ichida 3 milliondan oshiq albom sotgan birinchi artistdir.[14] Ikki albomi va 21dagi ikki singli — „Rolling in the Deep“ va „Someone Like You“ bilan Adele UK Official Singles va Official Albums chartlari yuqorisidan bir vaqtning oʻzida besh oʻrin olgan birinchi hayot artist boʻldi (bungacha buni faqat 1964-yili Beatles uddalashgandi).[15][16] „Set Fire to the Rain“ qoʻshigʻi chiqishi va AQShda uchinchi bora birinchi raqamli singl boʻlishi bilan Adele tarixda Billboard 200 uchta ashula bilan boshlab turgan birinchi artist boʻldi.[17]

2012-yili Adele VH1′ning Musiqadagi 100 Eng Buyuk Ayol roʻyxatida beshinchi pogʻonaga qoʻyildi,[18] Time jaridasi esa Adele′ni dunyoning eng taʼsirli odamlariga sirasiga qoʻshdi.[19]

Manbalar[tahrir]

  1. Adele: New Record is 'Quite Different'. SPIN.com (2 November 2010). 8 May 2011.
  2. Frehsée, Nicole (22 January 2009), "Meet Adele, the U.K.'s Newest Soul Star", Rolling Stone. (1070):26
  3. 3,0 3,1 Certified Awards Search. British Phonographic Industry. 1 March 2011.
  4. Recording Industry Association of America. RIAA. 2012-06-29.
  5. "Brits on top: Duffy, Adele and Coldplay clinch top awards as they lead British winners at Grammys". Daily Mail (London: Associated Newspapers). 9 February 2011. http://www.dailymail.co.uk/tvshowbiz/article-1139346/Brits-Duffy-Adele-Coldplay-clinch-awards-lead-British-winners-Grammys.html. Qaraldi: 12 July 2011. 
  6. Jody Thompson (2009-02-09). Coldplay, Robert Plant, Radiohead, Duffy and Adele win at Grammy Awards after Rihanna pulls out of show - 3am & Mirror Online. Mirror.co.uk. 2012-06-29.
  7. Adele: New Record is 'Quite Different'. Spin Magazine (2 November 2010). 8 May 2011.
  8. Adele to Release '21' Sophomore Album in February Billboard 2 November 2010. Billboard (14 September 2009). 8 May 2011.
  9. "British soul singer Adele preps summer U.S. tour". Los Angeles Times. 8 February 2011. http://latimesblogs.latimes.com/music_blog/2011/02/british-soul-singer-adele-preps-summer-us-tour.html. Qaraldi: 8 May 2011. 
  10. Grammy Awards 2012: Adele wins six awards tying with Beyoncé for most trophies won in one night. Telegraph. 2012-06-29.
  11. Grammys 2012 winners: Adele wins SIX Awards as music world remembers Whitney Houston | Mail Online. Dailymail.co.uk (2012-02-14). 2012-06-29.
  12. Caulfield, Keith (29 February). "Adele's '21': Longest-Running No. 1 Album Since 'Purple Rain'". Billboard. http://www.billboard.com/news/adele-s-21-longest-running-no-1-album-since-1006310752.story. Qaraldi: 1 March 2012. 
  13. Caulfield, Keith (13 June). "Adele's '21' Hits 24th Week at No. 1 on Billboard 200". Billboard. http://www.billboard.com/news/adele-s-21-hits-24th-week-at-no-1-on-billboard-1007307752.story. Qaraldi: 14 June 2012. 
  14. Kaufman, Gil (14 September 2011). Adele, Lady Gaga, Justin Bieber Land New Guinness Records. MTV. 23 September 2011.
  15. Simon Cable (2011-02-21). Adele beats Lady Gaga to No 1 and matches The Beatles | Mail Online. Dailymail.co.uk. 2012-06-29.
  16. Adele's 'Someone Like You' Tops UK Singles Chart | Adele | News | MTV UK. Mtv.co.uk (2011-02-21). 2012-06-29.
  17. 27th January 2012, 13:13 (2012-01-27). Adele Makes Billboard History After 'Set Fire To The Rain' Tops US Chart. Capital FM. 2012-06-29.
  18. Graham, Mark (2012-02-13). VH1′s 100 Greatest Women In Music [COMPLETE LIST] – | VH1 Tuner. Vh1.com. 2012-06-29.
  19. Pink (19 April 2012). "Adele - 2012 Time 100: The Most Influential People in the World". Time (Time Inc. (Time Warner)). http://www.time.com/time/specials/packages/article/0,28804,2111975_2111976_2111950,00.html. Qaraldi: 18 April 2012. 

Havolalar[tahrir]