Kirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kirov (1781-yilgacha Xlinov, 1934-yilgacha Vyatka) — Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Kirov viloyati markazi, Vyatka daryosidagi port. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 499,2 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Mashinasozlik va metall hamda yogʻochga ishlov berish mashinalari ishlab chiqarish (stanoksozlik, priborsozlik, elektrotexnika va radioelektronika sanoati va boshqalar), mikrobiologiya, yogʻochsozlik, yengil, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari, gugurt fabrikasi bor. Kir yuvish mashinalari ishlab chiqariladi. Loydan oʻyinchoqlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. 3 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, Badiiy, oʻlkashunoslik muzeylari, Vyatka badiiy qunarmandchilik muzeyi, A.S.Grin, M.Ye. Saltikov-Shchedrin muzeylari faoliyat koʻrsatadi. Shahar 1374-yildan maʼlum. Tarixiy, meʼmoriy yodgorliklaridan Trifon monastirining Uspeniye sobori (17 a.), klassitsizm stilidagi turar joylar (18—19-asrlar) saqlangan. SM. Kirov nomi bilan atalgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil