Akvaporin 1

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akvaporin 1 - bu organizmdagi ko'plab to'qimalarda keng tarqalgan, ayniqsa buyraklarda yuqori darajada ifodalangan suv kanali, akvaporin guruhining oqsilidir .

Tuzilishi va funksiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akvaporin 1 tetramerik integral oqsil hisoblanadi. Monomer 269 ta aminokislotadan iborat bo'lib, 3 ta transmembran mintaqasi bo'lgan 2 ta tandem takrorini va suv kanalini tashkil etuvchi xarakterli asparagin - prolin - alanin motiviga ega bo'lgan halqani o'zida saqlaydi.

Funksiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hujayra membranasida, ayniqsa, eritrotsitlar va buyraklarning proksimal kanalchalari hujayralarida o'ziga xos suv kanalini hosil qiladi. Hujayralar membranasi orqali suvning osmotik gradient yo'nalishi bo'yicha harakatini ta'minlab beradi.

To'qimalarda ifodalanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akvaporin 1 bir qator to'qimalarda mavjud. Eritrositlarda, buyrak kanalchalari epiteliysida, to'r pardaning pigment epiteliysida, yurak, o'pka, skelet mushaklari, buyrak va oshqozon osti bezida uchraydi. Miya, platsenta va jigarda kam uchraydi.

Koltonning qon guruhi (Co)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akvaporin 1 fragmenti xuddi shu nomdagi qon guruhi uchun mas'ul bo'lgan Kolton antigenidir. Co(a) va Co(b) oqsilining 2ta alleli mavjud bo'lib, odamlarning 99,8 foizida Co(a) alleli mavjud. Akvaporin 1 - Co(AB-) ning to'liq yo'qligi juda kam uchraydi. Koltonning qon guruhi qon quyishda muhim omil hisoblanadi. Ushbu qon guruhi uchun ona va homila o'rtasida nomuvofiqlik bo'lsa, onada homilaning eritrotsitlariga qarshi antitanalarning ishlab chiqarilishi yangi tug'ilgan chaqaloqning gemolitik kasalligiga sabab bo'lishi mumkin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]