Asparagin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
L-asparagine-skeletal.png
L-asparagine-3D-sticks.png

Asparagin — HOOC-CH(NH2)-CH2-CONH2 oʻsimlik organizmida azotli birikmalarning almashinishidan hosil boʻladigan Asparagin kislota amidi. Mol. m. 132,12; rangsiz kristallar. Suvda, kislotalarda yaxshi eriydi, organik kislotalarda erimaydi. Asparagin — alifatik amino kislota. Koʻp oqsillarning tarkibiga kiradi. Sarsabil (Asparagus) poyalarida topilgan. Oʻsimlik va hayvon toʻqimalarida erkin holda uchraydi. Dukkakli oʻsimliklarning maysalarida ham toʻplanadi. Asparagin oʻsimliklar hayotida muhim rol oʻynaydi. U oqsil hosil boʻlishi jarayonida vujudga kelgan ammiakni zararsizlantiruvchi va oʻsimliklarni azot bilan taʼminlovchi birikma hisoblanadi[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar[tahrir]