Allellar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Allellar (yun. allelon — bir-birini oʻzaro), allelomorflar, allel genlar — bir genning gomologik xromo-somalarning oʻzaro bir xil joy (lokus)laridagi boʻlishi mumkin boʻlgan har xil holatlari. A. maʼlum bir belgining rivojlanishini nazorat qilib, uning alternativ (bir-birini inkor etuvchi) ifodalanishiga sabab boʻladi. „A.“ atamasini daniyalik olim V. Iogansen taklif etgan (1909). Aksariyat genlar faqat ikki: dominant va resessiv A.ga ega. Diploid organizmlarning somatik hujayralarida har ikkala, gametalarda esa faqat bitta allel boʻladi. Barcha holatlarda ham maʼlum genning domi-nant alleli taʼsiri shu genning reses-siv allelinikidan ustun keladi. A.ning dominantlik xususiyati ularning oʻzaro allellik taʼsiriga, genoti-pik muhit va tashqi sharoitlarga bogliq. Dominant va resessiv A. gomozigo-gpalik (SS yoki ss) yoki geterozigotalik (Ss) holatlarida ishtirok etishlari mumkin. Bundan tashqari genning koʻp allellilik seriyalari ham uchraydi. Bunday holda ham dominant allel bosh harf bilan, al-lellarning barcha resessiv seriyalari esa turli nishonlar qoʻyilgan kichik harflar bilan belgilanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil