Ahmad al-Kushoniy (Abu Nasr)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahmad ibn Muhammad ibn Humayd ibn Abdulloh ibn al-Ashʼasal-Kushoniy al-Qoziy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1051-yil (hijriy 443-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi imom

Ahmad ibn Muhammad ibn Humayd ibn Abdulloh ibn al-Ashʼasal-Kushoniy al-Qoziy — imom. Samarqandga kelib, „ad-Dor al-Juzjoniya“ ilm dargohida hadisdan dars bergan. U bir yuz-u yigirma yil umr ko‘rgan. Ahmad al-Kushoniyning ko‘z ko‘rishi g‘oyatda o‘tkir bo‘lgan. U qo‘lyozma asarlarni kechasi oyning yorug‘ida ham mutolaa qilaverardi. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. Milodiy 1051-yil (hijriy 443-yil)da vafot etgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 68 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.