Agriz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Agriz

tatarcha: Әgerҗe
shahar
Skyline of Agriz
56°31′0″N 52°59′0″E / 56.51667°N 52.98333°E / 56.51667; 52.98333 G OKoordinatalari: 56°31′0″N 52°59′0″E / 56.51667°N 52.98333°E / 56.51667; 52.98333 G O
Mamlakat Rossiya
Respublika Tatariston
Ilk eslatilishi 1646
Qachondan beri shahar 1939
Maydon 8.6 km2 (3.3 mi²)
Markazi balandligi 90 m
Iqlim turi moʻtadil
Milliy tarkib tatarlar — 59%, ruslar — 25%, mariylar — 8%, udmurtlar — 6%
Telefon kodi 85551
Pochta indeks(lar)i 422230
Agriz xaritada
Agriz
Agriz
Agriz xaritada
Agriz
Agriz

Agriz (tatarcha: Әgerҗe, Ägerce) — Rossiyaning Tatariston Respublikasidagi shahar. Agriz tumanining maʼmuriy markazi. Agriz shahri oʻz tarkibidagi yagona aholi punkti sifatida shahar posyolkasi maqomiga ega boʻlgan munitsipal tuzilmani tashkil etadi [1][2].

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maydoni 8,6 km². Shahar Tataristonning eng shimoli-sharqida, Udmurtiya bilan chegarada, Sarapul togʻining etagida, Agrizka daryosi boʻyida (Ij daryosining kichik irmogʻi, Volga havzasi), Qozondan 304 km sharqda va Ijevskdan 36 km janubda joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1646-yildan beri maʼlum. XXasr boshlarida Agrizda volost hukumati joylashgan, maktab, 2 ta masjid boʻlgan. Ijevsk-Votkinsk qoʻzgʻoloni paytida Agriz Ijevsk qoʻzgʻolonchilari tomonidan bosib olingan, 1918-yil oktyabr oyining oxirigacha shahar va uning atrofida qattiq janglar boʻlib oʻtdi. 1920-yilgacha Vyatka guberniyasi Sarapul tumani Agriz volostining markazi boʻlgan. 1921-yildan TASSR Agriz kantonining markazi, 1924-yildan Yelabuga kantoni ijroiya qoʻmitasiga boʻysunuvchi viloyat shahri. 1926-yilda shaharlar roʻyxatidan chiqarildi, 1927-yil 14-fevraldan Agriz viloyatining maʼmuriy markaziga aylandi. 1928-yilda ishchilar posyolkasi toifasiga kirdi, 1938-yil 28-avgustda tumanga bo‘ysunuvchi shaharga aylantirildi. 1963-yil 1-yanvardan TASSRning maʼmuriy-hududiy boʻlinishi oʻzgarishi munosabati bilan Yelabuga shahar kengashining maʼmuriy boʻysunishida, 1964-yil 4-martdan yana viloyat markazi. Sobiq Krasnobor tumani hududi ham yangi Agriz tumani tarkibiga kirdi.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy tarkibi

2010-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra: tatarlar — 59%, ruslar — 25%, mariylar — 8%, udmurtlar — 6%.

Iqtisodiyot va infratuzilmasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oziq-ovqat, qurilish materiallari, yogʻochga ishlov berish sanoati korxonalari ishlab turibdi. Bosmaxona, 4 ta oʻrta va bolalar musiqa maktabi, kasb-hunar bilim yurti, muz saroyi, suzish havzasi, stadion, oʻlkashunoslik muzeyi, markaziy viloyat kasalxonasi, temir yoʻl shifoxonasi, 2 ta masjid bor.

Sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oziq-ovqat sanoati korxonalari („Xlebopischekombinat“ va „Bulgar-ikmek“ MChJ novvoyxonalari, „Agriz MK“ MChJ sariyogʻ-sut zavodi), qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari („Agriz qurilish materiallari zavodi“ MChJ), yogʻochga ishlov berish („MTM“ MChJ), temir yoʻl ustaxonalari kabilar muhim sanoat korxonalari hisoblanadi.

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar Qozon, Yekaterinburg, Ijevsk, Akbash temir yoʻllarining Agriz stansiyasi va depo bilan muhim tutashuv markazidadir.

Shaharlararo „Agriz — Naberejnye Chelny“ 628-avtobusi va shahar atrofida „Agriz — Ijevsk / YuAS“ 308-avtobusi qatnab turibdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]