Abu Ali Fuzayl ibn Iyoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Ali Fuzayl ibn Iyoz
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 719-yil
Vafoti 803-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Zohid, Muhaddis, mutasavvif

Abu Ali Fuzayl ibn Iyoz (arabcha: أبو علي فضيل بن عياز — Abu Ali Fuzayl ibn Iyoz — Toʻliq ismi: Abu Ali Fuzayl ibn Iyoz ibn Mas’ud ibn Bishr Tamimiy Yarbu’iy) — zohid, muhaddis va mutasavvif.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Ali Fuzayl ibn Iyoz, Zohid, Abu Ali deb kunyalangan. Taxminan 100/719-yilda Samarqandda tug‘ilib, yoshligi Saraxs va Naso shaharlarining o‘rtasidagi Abivard degan joyda o‘tgan . Yigitlik davrida yo‘lto‘sar va qaroqchi bo‘lgan. Bu ishidan voz kechishga sabab, bir joriyaga oshiq bo‘lganidir. O‘sha joriyaning uyiga o‘g‘rilik qilish uchun devor oshib o‘tar ekan, shu vaqt qizning, quyidagi: „Imon keltirgan zotlar uchun dillarida Allohning zikriga va nozil bo‘lgan haq (Qur’on)ga moil bo‘lish (vaqti) kelma-dimi?!…“ oyatini tilovat qilayotganini eshitib qoladi-da: „Ha, ey Rabbim, darhaqiqat, vaqti keldi“ deb duo qiladi va bu ishidan tavba qiladi . Keyin Kufa shahriga borib, u yerda ustozlaridan hadis ilmini taʼlim oladi. Ilmini kamolotga yetkazgach, xalifa Horun Rashid (786-809) saroyiga zohidlik targ‘ibotchisi sifatida taklif etilgan. Bu yerda bir necha vaqt istiqomat qilganidan so‘ng, Makkaga ko‘chib ketadi va o‘sha yerda 187/803-yili muharram oyi (yanvar)da vafot etadi . Abu Alining o‘g‘li Ali ibn Fuzayl ham hadis ilmi bilan mashg‘ul bo‘lgan. U otasidan oldin vafot etgan.[1] Mashhur nemis sharqshunos olimi K. Brokkelman (1868-1956) „Arab adabiyoti tarixi“ nomli asarida Abu Ali Fuzaylning „Kashfu-l-mahjub“ („Yashirin narsaning oshkor bo‘lishi“) nomli asari mavjudligini ko‘rsatib o‘tgan . Bu asarni ko‘rib o‘rganishga biz hozircha muyassar bo‘lolmadik, lekin asarning nomiga qarab aytish mumkinki, Abu Ali Fuzayl faqat hadis rivoyatchisi bo‘libgina qolmay, diniy-falsafiy dunyoqarashga ega bo‘lgan va mazkur asar uning bu sohadagi urinishlari natijasida bunyodga kelgan, o‘sha davrning diniy, ijtimoiy-falsafiy mafkurasini ko‘rsatib beruvchi yozma yodgorlikdir.[2]

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

“Kashfu-l-mahjub”

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 630.
  2. Abulhajjoj, Mizziy. Tahzibu-l-kamol, Muassasatu-r-risola, Bayrut, 1980 — 282 bet.