Abdy Bäşimow

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdy Bäşimow
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Abdy Azimowiç Bäşimow
Tavallud sanasi 12-dekabr 1995-yil (1995-12-12) (28 yosh)
Tavallud joyi Ashxobod, Turkmaniston[1]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Ahal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018–2019 Ahal ? (?)
2020 Qizilqum 7 (0)
2021– Ahal 0 (0)
Milliy terma jamoa
2014– Turkmaniston 4 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(24-aprel 2021-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2019-yil 19-noyabr uchun)

Abdy Azimovich Bäşimow (turkmancha: Abdy Azimowiç Bäşimow; 1995-yil 12-dekabrda tugʻilgan) — turkmanistonlik futbolchi, hozirda "Ahal" klubida oʻynaydi. Bäşimow 2019-yildan Turkmaniston terma jamoasi tarkibida toʻp surmoqda.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdy Bäşimow 1995-yil 12-dekabrda Turkmanistonning Ashxobod shahrida tugʻilgan. Dastlab futzal bilan shugʻullangan. U 2017-yili Ashxobodda oʻtkazilgan yakkakurash va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarida Turkmanistonning mini-futbol terma jamoasi safida toʻp surgan. Turkmanlar chorak finalda Afgʻonistonga 5:5 hisobida durang oʻynadi, penaltilar seriyasida 5:6 natija qayd etildi. Ushbu bahsda Bäşimow turnirdagi yagona golga mualliflik qilgan[2]. 2018—2019-yillarda Turkmanistonning Anau viloyati „Ahal“ jamoasida oʻynagan. OFK kubogida qatnashgan, 4 ta oʻyinni toʻliq oʻtkazgan, 2 tadan gol urgan — ikkalasi ham 2019-yilning fevral oyida Qirgʻiziston „Alay“iga qarshi bahsda yuz bergan. Oʻyinda 2:1 hisobi qayd etilgan[3][4].

2020-yilning fevral oyida u Oʻzbekistonda Zarafshonning "Qizilqum" klubi bilan shartnoma imzolagan. 2020-yil 1-mart kuni Bäşimow Oʻzbekiston Superligasida "Nasaf" ga qarshi oʻyinda (1:3) debyut qildi[5]. Bäşimowning shartnomasi 2021-yilning dekabr oyi oxirigacha moʻljallangan edi[6]. Lekin 2020-yilning avgustida klubni tark etdi.

2021-yilning 30-martida Basimov "Ahal" klubi bilan shartnoma imzolab, jamoa tarkibiga oʻtganini eʼlon qildi[7].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futzal boʻyicha 2017-yilgi Yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarida Turkmaniston futzal terma jamoasi safida toʻp surgan[8].

Bäşimow terma jamoadagi debyutini 2019-yilning 10-oktabr kuni, 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Livanga qarshi oʻyinda oʻtkazgan[9][10]. U terma jamoadagi ilk golini 19-noyabr kuni, shuningdek, Shri-Lankaga qarshi saralash bahsida (2:0) kiritdi. Turkmaniston terma jamoasi safida toʻp surayotgan futbolchi hisobida jami 4 ta oʻyin va 1 ta gol bor.

Xalqaro gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raqam Sana Joy Raqib Xol Natija Musobaqa
1. 2019-yil 19-noyabr Köpetdag stadioni, Ashxobod, Turkmaniston  Shri Lanka 1 — 0 2-0 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Abdy Bäşimow - Soccer player profile & career statistics - Global Sports Archive“. globalsportsarchive.com. 2019-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-noyabr.
  2. „Ashgabat 2017 | The 5th Asian Indoor and Martial Arts Games“ (deadlink). ashgabat2017.com. 2018-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  3. „Abdy Başimow - Soccer player profile & career statistics - Global Sports Archive“. globalsportsarchive.com. 2019-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  4. „Кубок АФК по футболу: «Ахал» победил ошский «Алай» в первом матче | Federatsiya futbola Turkmenistana“. tff.com.tm. Qaraldi: 2020-yil 30-iyun. [sayt ishlamaydi]
  5. „Абды Бяшимов и Везиргельды Ильясов дебютировали в Суперлиге Узбекистана | Спорт“. Туркменистан, интернет портал о культурной, деловой и развлекательной жизни в Туркменистане. 2020-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-mart.
  6. „Abdy Byashimov - профиль игрока 2020“ (ru). www.transfermarkt.ru. 2020-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  7. „Абды Бяшимов продолжит карьеру в "Ахале" | Спорт“. Туркменистан, интернет портал о культурной, деловой и развлекательной жизни в Туркменистане. 2021-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-aprel.
  8. „2017 Resources“.
  9. „Два футболиста дебютировали в составе сборной Туркменистана | Спорт“. Туркменистан, интернет портал о культурной, деловой и развлекательной жизни в Туркменистане. 2019-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-noyabr.
  10. „Match Report of Lebanon vs Turkmenistan - 2019-10-10 - WC Qualification - Global Sports Archive“. globalsportsarchive.com. 2019-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-noyabr.