Abdulqodir an-Navqadiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulqodir an-Navqadiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 1133-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis

Abdulqodir an-Navqadiy (arabcha: عبد القادر النوقدي— Abu al-Fazoil Abdulqodir ibn Abdulxoliq ibn Abdurrahmon ibn Kosim ibn Fazl ibn Abdurrahim ibn Hasan ibn Rabiʼ an-Navqadiy) — Muhaddis. Abdulqodir an-Navqadiy 450/1058 yili Baroat kechasida Nasafga qarashli Navqad qishlogʻida tavallud topgan. U dastlabki taʼlimni oʻz qishlogʻida olgan[1].

Ustozlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keyinchalik Abdulqodir an-Navqadiy ilmi maʼrifat talabida Buxoroga soʻngra Makka shaharlariga borgan. Buxoroga bogan paytida muhaddis Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Haydara al-Jaʼfariydan, Makka shahrida esa Abu Abdulloh Hasan ibn Ali at-Tabariydan hadislar eshitgan va yozib olgan.

Shogirdi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulqodir an-Navqadiydan Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiy taʼlim olgan va hadislar rivoyat qilgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulqodir an-Navqadiy 527/1133 yili vafot etgan[2].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Muʼjam al-buldon. J. 5. — Bayrut, 1979. — B. 360
  2. Abdulkarim Samʼoniy. Ansob. J. 5. — Bayrut, 1988. 537.