Abdulloh Olimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulloh Olimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Abdulloh Adhamjon oʻgʻli Olimov
Tavallud sanasi 11-fevral 1993-yil (1993-02-11) (31 yosh)
Tavallud joyi Margʻilon Oʻzbekiston
Boʻyi 1.78 cm (12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Erkin agent
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2014 Paxtakor 7 (0)
2014—2015 Neftchi 18 (0)
2015 Andijon 13 (0)
2016 Qoʻqon 1912 22 (0)
2017—2018 Mashʼal 28 (1)
2019—2020 Andijon 33 (2)
2021—2023 Neftchi 38 (4)
Milliy terma jamoa
2011—2013 Oʻzbekiston U-20 9 (0)
2014 Oʻzbekiston U-23 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Abdulloh Adhamjon oʻgʻli Olimov (inglizcha: Abdullokh Olimov; 11-fevral 1993-yil, Margʻilon, Oʻzbekiston) – Oʻzbek millatiga mansub futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fargʻona va Toshkent futbol maktabida taʼlim olgan. Professional futboldagi faoliyati Toshkentnning „Paxtakor“ klubida boshlagan. 2012-yilgi mavsumda ilk bor „Paxtakor“ jamoasi tarkibida debyut oʻyinini oʻtkazgan. Ikki mavsum davomida „Paxtakor“ klubi toʻp surgan Abdulloh, 2014-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ klubi tarkibiga oʻtgan[1][2]. Fargʻonaliklar tarkibida bir yarim mavum oʻynagan boʻlsada, 18 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2015-yilgi mavsumning yozgi transfer oynasida Neftchi klubini trak etib[3] „Andijon“ klubi tarkibiga oʻtgan[4]. „Andijon“ klubi tarkibida yarim mavsum oʻynaganidan soʻng 2016-yilgi mavsumda „Qoʻqon 1912“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi[5][6]. Qoʻqon jamoasi tarkibida bir mavsumdan uzoq qomadi[7] va 2017-yilgi mavsum oldidan Muborakning „Mashʼal“ klubi bilan shartnoma imzolagan[8]. Mavsum davomida eng chiroyli gollardan biriga mualliflik qilgan[9]. Muborakliklar tarkibida ikki mavsum oʻynadi va jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. 2019-yilgi mavsum oldidan Muborak klubi tark etib[10] „Andijon“ klubiga qaytdi[11][12] va ikki mavsum davomida andijonliklar tarkibida oʻynagan[13]. 2021-yilgi mavsumda bu safar Fargʻonaga, „Neftchi“ klubiga qaytgan. Klubga qaytgan Abdulloh jamoani 2021-yilgi Oʻzbekiston Pro ligasida gʻolib boʻlishiga yordam berdi. Keyinchalik yana ikki mavsum davomida[14] „Neftchi“ klubida oʻynagan boʻlsada, 2023-yilgi mavsum soʻnggida Fargʻona jamoasi tarkibini tark etdi[15].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]