Kontent qismiga oʻtish

Deggaron masjidi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1: Qator 1:
'''Deggaron masjidi''' — [[Navoiy viloyati]] Hazora [[qishloq|qishlogʻi]]dagi [[meʼmorlik|meʼmoriy]] [[yodgorlik]]. [[VIII asr|8]]—[[IX asr|9-asr]]larda [[qurilish|qurilgan]] [[bino]] oʻrniga [[XI asr|11-asr]]da bunyod etilgan. Keyinchalik [[degrezlik|degrez]] (choʻyangar) [[usta]]larning [[mahalla]] [[guzar]]ida joylashgani uchun D.m. deb nomlangan. Tashki koʻrinishi kub shaklida, usti [[gumbaz]]lar bilan yopilgan, xona ichida pishiq [[gʻisht]]dan 4 [[gula]] ([[ustun]]) ishlangan. Qolgan [[devor]]i xom gʻishtdan tiklanib, [[yuza]]si pishiq gʻisht bilan qoplangan. 4 [[rukn]]-ustun (diametri 128 [[santimetr|sm]]) [[xonaqoh]] ichini devorsiz 9 qismga ajratgan, markaziy qismi nisbatan yirikroq gumbaz bilan yopilgan, boshqa qismlarga — bir tomonidan devorga, qarshi tomonidan ustunga tayantirib yana 8 ta kichik gumbaz ishlangan. [[XX asr|20-asr]]da [[masjid]]ning [[janub|jan.]] va [[sharq]]ida xonaqohga taqab sinchkor [[ayvon]] qurilgan, jan. ayvon bir qator ustunli, sharqiysi (jan. ayvonga nisbatan [[2 (son)|ikki]] hissa keng) ikki qator ustunli. Ayvon ustunida binoning 1910-yilda [[qayta qurish|qayta qurilgani]] qayd etilgan. Keyinchalik ayvonlari vayron boʻlgan. D. m. [[islomiyat]] davrining [[Oʻrta Osiyo]]da saqlanib qolgan qad. sajdagohi sifatida meʼmoriy oʻziga xosligi va sodda salobati bilan [[diqqat]]ga sazovor.
'''Deggaron masjidi''' — [[Navoiy viloyati]] Karmana tumani g'arbida Hazora [[qishloq|qishlogʻi]]dagi [[meʼmorlik|meʼmoriy]] [[yodgorlik]]. [[VIII asr|8]]—[[IX asr|9-asr]]larda [[qurilish|qurilgan]] [[bino]] oʻrniga [[XI asr|11-asr]]da masjid bunyod etilgan. Keyinchalik [[degrezlik|degrez]] (choʻyangar) [[usta]]larning [[mahalla]] [[guzar]]ida joylashgani uchun Deggaron masjidi deb nomlangan. Inshoot Zarafshon daryosining chap qirg'og'ida, endilikda vayronaga aylangan, lekin avvallari yaxshi mustahkamlangan himoyalangan qishloq hududida barpo etilgan. Keyinchalik Deggaron qishlog'i masjiddan sal nariroqdagi hududga siljigan<ref>{{kitob manbasi |last1=I. Sulaymonov |title=Navoiy |publisher=Toshkent Ma'naviyat 2012 |isbn=978-9943-04-197-4 |page=42 |accessdate=26-iyul 2023-yil}}</ref>.
Tashki koʻrinishi kub shaklida, usti [[gumbaz]]lar bilan yopilgan, xona ichida pishiq [[gʻisht]]dan 4 [[gula]] ([[ustun]]) ishlangan. Qolgan [[devor]]i xom gʻishtdan tiklanib, [[yuza]]si pishiq gʻisht bilan qoplangan. 4 [[rukn]]-ustun (diametri 128 [[santimetr|sm]]) [[xonaqoh]] ichini devorsiz 9 qismga ajratgan, markaziy qismi nisbatan yirikroq gumbaz bilan yopilgan, boshqa qismlarga — bir tomonidan devorga, qarshi tomonidan ustunga tayantirib yana 8 ta kichik gumbaz ishlangan. [[XX asr|20-asr]]da [[masjid]]ning [[janub|jan.]] va [[sharq]]ida xonaqohga taqab sinchkor [[ayvon]] qurilgan, jan. ayvon bir qator ustunli, sharqiysi (jan. ayvonga nisbatan [[2 (son)|ikki]] hissa keng) ikki qator ustunli. Ayvon ustunida binoning 1910-yilda [[qayta qurish|qayta qurilgani]] qayd etilgan. Keyinchalik ayvonlari vayron boʻlgan. Deggaron masjidi [[islomiyat]] davrining [[Oʻrta Osiyo]]da saqlanib qolgan qad. sajdagohi sifatida meʼmoriy oʻziga xosligi va sodda salobati bilan [[diqqat]]ga sazovor.

Masjid haqida tarixchilar va arxeologlar turli xil fikr bildiradilar. Rus arxeologi [[Vasiliy Shishkin]] Deggaron masjidi VIII—IX asrlarda avvaldan maxsus tayyorlab qo'yilgan pishiq g'ishtdan barpo etilgan degan ma'lumot beradi. Shishkinning qo'shimcha qilishicha, masjid Ermitaj hamda O'zkomtaris ekspeditsiyasi vakillari tomonidan 1934-yilning may oyida ochilgan<ref>{{Kitob manbasi |title=Архитектурные памятники Бухары |author=Василий Шишкин |publisher=Изд-во Ком. наук УзССР, Ташкент 1936 |page=32}}</ref>. Keyinchalik arxeolog [[Aleksandr Yakubovskiy]] 1939-yilda Deggaron masjidi tarixini o'rganishga kirishgan. A.Yakubovskiy ma'lumotlariga ko'ra, Deggaron masjidi Buxoroda joylashgan Ismoil Somoniy maqbarasidan ham qadimiyroqdir. Adabiyotshunos olim Natan Mallayev Deggaron masjidi XI asrda barpo etilgan deb ma'lumot bergan<ref>{{Kitob manbasi |title=Buxoro xonligida Karmananing tutgan o'rni (XVI asr) |author=A.Qandaharov |page=50 |publisher=Toshkent 2016 |isbn=978-9943-4648-9-6}}</ref>. Uning aytishicha Qoraxoniylar va Xorazmshohlar hukmronligi davrlarida bir qancha binolar qurilgan va ularning ba'zilari saqlanib qolgan. Ulardan biri Hazora qishlog'ida joylashgan XI asrda barpo etilgan Deggaron masjididir<ref>{{Kitob manbasi |title=Karmana tarixi |author=O.Hayitova, X.Qurbonov |publisher=Toshkent "Mashhur-press" 2018 |page=151 |isbn=978-9943-51-63-5-9}}</ref>. Tarixiy obida zardushtiylik dini an'analari bo'yicha qurilgan.

Deggaron masjidi sovetlar hukmronligi yillarida ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan edi. 1975-yilda masjidni ta'mirlash ishlari olib borilgan. Rekonstruksiya ishlarida hazoralik ustalar ishtirok etgan. Ular masjidning old qismiga peshayvon o'rnatib, uning asl ko'rinishiga olib kelishga harakat qilganlar. Keyinchalik masjid ichida muzey tashkil qilingan. Mezeyga qadimiy jihozlar va ashyolardan iborat eksponatlar qo'yilgan. Deggaron masjidining qurilishi bu davrda Hazora hududida hunarmandchilik, savdo ishlari rivojlanganligi bilan bog'liqdir.


== Adabiyot ==
== Adabiyot ==

26-Iyul 2023, 12:48 dagi koʻrinishi

Deggaron masjidi — Navoiy viloyati Karmana tumani g'arbida Hazora qishlogʻidagi meʼmoriy yodgorlik. 89-asrlarda qurilgan bino oʻrniga 11-asrda masjid bunyod etilgan. Keyinchalik degrez (choʻyangar) ustalarning mahalla guzarida joylashgani uchun Deggaron masjidi deb nomlangan. Inshoot Zarafshon daryosining chap qirg'og'ida, endilikda vayronaga aylangan, lekin avvallari yaxshi mustahkamlangan himoyalangan qishloq hududida barpo etilgan. Keyinchalik Deggaron qishlog'i masjiddan sal nariroqdagi hududga siljigan[1].

Tashki koʻrinishi kub shaklida, usti gumbazlar bilan yopilgan, xona ichida pishiq gʻishtdan 4 gula (ustun) ishlangan. Qolgan devori xom gʻishtdan tiklanib, yuzasi pishiq gʻisht bilan qoplangan. 4 rukn-ustun (diametri 128 sm) xonaqoh ichini devorsiz 9 qismga ajratgan, markaziy qismi nisbatan yirikroq gumbaz bilan yopilgan, boshqa qismlarga — bir tomonidan devorga, qarshi tomonidan ustunga tayantirib yana 8 ta kichik gumbaz ishlangan. 20-asrda masjidning jan. va sharqida xonaqohga taqab sinchkor ayvon qurilgan, jan. ayvon bir qator ustunli, sharqiysi (jan. ayvonga nisbatan ikki hissa keng) ikki qator ustunli. Ayvon ustunida binoning 1910-yilda qayta qurilgani qayd etilgan. Keyinchalik ayvonlari vayron boʻlgan. Deggaron masjidi islomiyat davrining Oʻrta Osiyoda saqlanib qolgan qad. sajdagohi sifatida meʼmoriy oʻziga xosligi va sodda salobati bilan diqqatga sazovor.

Masjid haqida tarixchilar va arxeologlar turli xil fikr bildiradilar. Rus arxeologi Vasiliy Shishkin Deggaron masjidi VIII—IX asrlarda avvaldan maxsus tayyorlab qo'yilgan pishiq g'ishtdan barpo etilgan degan ma'lumot beradi. Shishkinning qo'shimcha qilishicha, masjid Ermitaj hamda O'zkomtaris ekspeditsiyasi vakillari tomonidan 1934-yilning may oyida ochilgan[2]. Keyinchalik arxeolog Aleksandr Yakubovskiy 1939-yilda Deggaron masjidi tarixini o'rganishga kirishgan. A.Yakubovskiy ma'lumotlariga ko'ra, Deggaron masjidi Buxoroda joylashgan Ismoil Somoniy maqbarasidan ham qadimiyroqdir. Adabiyotshunos olim Natan Mallayev Deggaron masjidi XI asrda barpo etilgan deb ma'lumot bergan[3]. Uning aytishicha Qoraxoniylar va Xorazmshohlar hukmronligi davrlarida bir qancha binolar qurilgan va ularning ba'zilari saqlanib qolgan. Ulardan biri Hazora qishlog'ida joylashgan XI asrda barpo etilgan Deggaron masjididir[4]. Tarixiy obida zardushtiylik dini an'analari bo'yicha qurilgan.

Deggaron masjidi sovetlar hukmronligi yillarida ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan edi. 1975-yilda masjidni ta'mirlash ishlari olib borilgan. Rekonstruksiya ishlarida hazoralik ustalar ishtirok etgan. Ular masjidning old qismiga peshayvon o'rnatib, uning asl ko'rinishiga olib kelishga harakat qilganlar. Keyinchalik masjid ichida muzey tashkil qilingan. Mezeyga qadimiy jihozlar va ashyolardan iborat eksponatlar qo'yilgan. Deggaron masjidining qurilishi bu davrda Hazora hududida hunarmandchilik, savdo ishlari rivojlanganligi bilan bog'liqdir.

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  1. I. Sulaymonov. Navoiy. Toshkent Ma'naviyat 2012 — 42 bet. ISBN 978-9943-04-197-4. 
  2. Василий Шишкин. Архитектурные памятники Бухары. Изд-во Ком. наук УзССР, Ташкент 1936 — 32 bet. 
  3. A.Qandaharov. Buxoro xonligida Karmananing tutgan o'rni (XVI asr). Toshkent 2016 — 50 bet. ISBN 978-9943-4648-9-6. 
  4. O.Hayitova, X.Qurbonov. Karmana tarixi. Toshkent "Mashhur-press" 2018 — 151 bet. ISBN 978-9943-51-63-5-9.