Xolesistit: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cholecystitis“ sahifasi tarjima qilib yaratildi
(Farq yoʻq)

6-May 2023, 10:54 dagi koʻrinishi

Xoletsistit - bu o't pufagining yallig'lanishi [1]. Simptomlari orasida qorinni o'ng yuqori sohasida og'riqlar, o'ng yelkadagi og'riqlar, ko'ngil aynishi, qusish va vaqti-vaqti bilan isitma bor[2]. Ko'pincha o't pufagi xurujlari o'tkir xoletsistitdan oldin sodir bo'ladi[2]. Og'riq xoletsistitda odatdagi o't pufagi xurujiga qaraganda uzoqroq davom etadi[2]. O'tkir xoletsistitning asoratlari orasida o't pufagidagi tosh pankreatit, umumiy o't yo'llarida toshlar yoki umumiy o't yo'llarining yallig'lanishi kiradi[2].

O'tkir xoletsistitning 90% dan ko'prog'i o't pufagidagi tosh bilan kista kanalining tiqilib qolishi natijasida yuzaga keladi[2]. O't pufagida tosh paydo bo'lishining xavf omillari orasida homiladorlikda ichilgan tabletkalari, homiladorlik, nasliy o't pufagida tosh kasalligi bo'lganda, semirish, diabet, jigar kasalligi yoki tez vazn yo'qotish kiradi[3]. O'tkir xoletsistit vaskulit yoki kimyoterapiya natijasida yoki jiddiy travma yoki kuyishdan tiklanish paytida yuzaga keladi[4]. Simptomlar va laboratoriya tekshiruvlari asosida xoletsistitga shubha qilish mumkin[5]. Tashxisni tasdiqlash uchun qorin bo'shlig'ini ultratovush tekshiruvi qo'llaniladi[5].

Davolash o't pufagini laparoskopik olib tashlash bilan, iloji bo'lsa 24 soat ichida amalga oshiriladi[6][7]. Jarrohlik paytida o't yo'llarini suratga olish tavsiya etiladi[6]. Antibiotiklarni muntazam ravishda qo'llash xavfli[5]. Agar operatsiya o'z vaqtida amalga oshirilmasa ular tavsiya etiladi[5]. Umumiy o't yo'lidagi toshlar operatsiyadan oldin endoskopik retrograd xolangiopankreatografiya (ERCP) yoki jarrohlik paytida olib tashlanishi mumkin[6]. Jarrohlikdan keyin asoratlar kam uchraydi. Jarrohlikni o'tkazib bo'lmasa bemorda o't pufagi drenajlanishi mumkin.

Rivojlangan mamlakatlardagi kattalarning 10-15 foizida o't pufagida toshlar borligi aniqlangan[5]. Ayollarda toshlar erkaklarnikiga qaraganda tez-tez uchraydi va ular 40 yoshdan keyin paydo bo'la boshlaydi. Ba'zi etnik guruhlar ko'proq ta'sir qiladi; masalan, Amerika hindularining 48 foizida o't pufagida tosh bor. Toshli barcha odamlarning 1-4 foizida har yili o't pufagi og'rig'i bor[5]. Agar davolanmasa, jigar og'riqlari bilan og'rigan odamlarning taxminan 20% o'tkir xoletsistit rivojlanadi[5]. O't pufagi olib tashlanganidan keyin natijalar odatda yaxshi bo'ladi. [3] Davolash kechiktirilsa surunkali xoletsistit paydo bo'lishi mumkin.[8]. Bu so'z yunoncha, xoletsis - "o't pufagi" va -itis "yallig'lanish" degan ma'noni anglatadi[9].

Belgilari va simptomlari

O't pufagining joylashishi

O't pufagida tosh bo'lgan ko'pchilik odamlarda alomatlar bo'lmaydi. Biroq, o't pufagidagi tosh vaqtincha o't pufagi nayida joylashganida, ular safro sanchig'ini boshdan kechiradilar[2]. Biliar kolik (jigar og'rig'i) - o'ng yuqori kvadrat yoki epigastral sohada qorin og'rig'i yog'li ovqatlarni iste'mol qilgandan keyin paydo bo'ladi va ko'ngil aynishi va qayt qilishga olib keladi[10]. Xoletsistit bilan og'rigan odamlarda ko'pincha xoletsistit rivojlanishidan oldin jigar og'rig'i belgilari mavjud. Xoletsistitda og'riq kuchli va doimiy bo'ladi. Ko'ngil aynishi tez-tez uchraydi va qusish xoletsistit bilan og'rigan odamlarning 75% da uchraydi.[11]. Qorin og'rig'idan tashqari, o'ng elka og'rig'i ham bo'lishi mumkin.[10].

Asoratlari

Erta aniqlanmasa yoki to'g'ri davolanmasa, xoletsistitdan bir qator asoratlar paydo bo'ladi.. Asoratlari belgilari orasida yuqori isitma va sariqlik mavjud, yana asoratlariga quyidagilardan iborat[10]:

  • Gangrena
  • O't pufagining yorilishi
  • Empiema
  • Fistula hosil bo'lishi va o't pufagida tosh paydo bo'lishi
  • Rokitanskiy-Aschoff sinuslari

Sabablari

Xoletsistit o't pufagi yallig'langanda paydo bo'ladi[10]. O't pufagidagi toshlar o't pufagi yallig'lanishining eng ko'p uchraydigan sababi, ammo u o'simta tiqilib qolishi yoki o't yo'llarining chandiqlari tufayli ham paydo bo'lishi mumkin[10][12]. Xoletsistit uchun eng katta xavf omili o't pufagidagi toshlar[12].. O't pufagidagi toshlar uchun xavf omillari orasida ayol jinsi, o'sib borayotgan yosh, homiladorlik, og'iz kontratseptivlar, semizlik, etnik kelib chiqishi Shimoliy Amerika mahalliy aholisi, tez vazn yo'qotish kiradi[10].

Mexanizm

O't pufagidagi tosh bilan o't yo'lining berkilishi o't pufagida safro to'planishiga va o't pufagi ichidagi bosimning oshishiga olib keladi. Konsentrlangan safro, bosim va ba'zan bakterial infektsiya o't pufagi devorini shikastlaydi, o't pufagining yallig'lanishi va shishishiga olib keladi[2]. O't pufagining yallig'lanishi va shishishi o't pufagining joylariga normal qon oqimini kamaytiradi, bu kislorod yetishmasligi tufayli hujayralar o'limiga olib kelishi mumkin[10].

Diagnostika

Xoletsistit tashxisi laboratoriya va ultratovush tekshiruvidan tashqari anamnez qorin og'rig'i, ko'ngil aynishi, qusish, isitma va fizik tekshiruvlar tavsiya etiladi. Boas belgisi, ya'ni o'ng kurak ostidagi sohada og'riq, o'tkir xoletsistitning alomati bo'lishi mumkin[13].

Qon testlari

Xoletsistitga shubha qilingan odamda yallig'lanish belgilari masalan, umumiy qon taxlili, C-reaktiv oqsil, o't yo'llarining bekilishi aniqlash uchun qon testlari o'tkaziladi[11]. Umumiy qon taxlili oq qon tanachalari miqdorining ko'payishini ko'rsatadi (12 000-15 000 / mcL)[11]. C-reaktiv oqsil odatda ko'tariladi, ammo Qo'shma Shtatlarda odatda o'lchanmaydi[2], Bilirubin darajasi ko'pincha biroz ko'tariladi (1-4mg/dL)[11]. Agar bilirubin darajasi sezilarli darajada oshsa, umumiy o't yo'lini to'sib qo'yadigan o't pufagi toshlari ( umumiy o't yo'lidagi tosh ) bor yo'qligini tekshirish kerak[2]. Qonda aminotransferazalar ko'tariladi[10]. Ushbu laboratoriya qiymatlarining ko'tarilish darajasi o't pufagining yallig'lanish darajasiga bog'liq bo'lishi mumkin[14].

Gistopatologiya

Operatsiyadan oldingi ko'rish va umumiy tekshiruv o't pufagi saratoniga shubha tug'dirsa, gistapatologiya ko'rsatiladi[15].

Differensial diagnostika

Ko'pgina boshqa tashxislar xoletsistitga o'xshash belgilarga ega bo'lishi mumkin. Surunkali xoletsistitning belgilari aniq emas, uni boshqa kasalliklar bilan adashtirish mumkin[11]:

Davolash

Jarrohlik

O'tkir xoletsistit bilan og'rigan odamlarning ko'pchiligi uchun davolash o't pufagini jarrohlik yo'li bilan olib tashlash, laparoskopik xoletsistektomiya hisoblanadi[17]. Laparoskopik xoletsistektomiya qorin bo'shlig'ining turli nuqtalarida joylashgan bir nechta kichik kesmalar yordamida qilinadi. Bir qator tadqiqotlar ochiq xoletsistektomiya bilan solishtirganda laparoskopik xoletsistektomiyaning ustunligini ko'rsatdi (qorinning o'ng yuqori qismida qovurg'alar ostidagi katta kesma olish yordamida). Laparoskopik jarrohlik amaliyotidan o'tadigan odamlar operatsiyadan keyin kamroq og'riqlardan shikoyat qiladi, operatsiyadan keyin kamroq uzoq muddatli asoratlar va kamroq nuqsonlar kelib chiqadi[18][19]. Bundan tashqari, laparoskopik jarrohlik jarrohlik joyi infektsiyasining past darajasi bilan bog'liq[20].

Laparoskopik jarrohlikdan bir kun oldin o'tkazilganda, o't pufagi erta olib tashlanganidan keyin, yaxshisi birinchi haftada natijalar yaxshi bo'ladi[21]. Erta laparoskopik xoletsistektomiya (alomatlar bilan shifokorga tashrif buyurganidan keyin 7 kun ichida) kechiktirilgan davolanish bilan solishtirganda (6 haftadan ortiq) kasalxonada qolish muddatini qisqartirishi va shoshilinch muolajani talab qilish xavfini kamaytirishi mumkin[22]. Erta xoletsistektomiya uchun ochiq operatsiyaga o'tishning eng keng tarqalgan sababi bu Kalot uchburchagini yashiradigan yallig'lanishdir. Kechiktirilgan jarrohlik uchun eng asosiy sabab fibrotik yopishqoqlik ekanligi aniqlangan[22].

Boshqa

Teri orqali drenaj kateterining rentgenografiyasi (sariq o'q). Ushbu nazoratda tomizilgan radiokontrast o't pufagini to'ldiradi (qizil o'q), bu erda to'ldirish nuqsonlari o't toshlari hisoblanadi. Kistik yo'l (ko'k o'q) burama, umumiy o't yo'li (yashil strelka) biroz kengaygan, ammo ochiq, ampulla Vateri (oq o'q), lekin to'siqsiz. Kontrast o'n ikki barmoqli ichakka cho'zilgan (to'q sariq o'qlar), o't yo'llari orqali ochiq o'tishni ko'rsatdi[23].

Og'riqni kamaytirish uchun tomir ichiga opioidlardan foydalanish mumkin[24].

Antibiotiklardan ko'p foydalanmasligimiz kerak[25]. Agar foydalanilsa, ular ichagimizni normal mikroflorasini kamaytiradi. Masalan, Ichak tayoqchasi (E. coli) . Bunda keng spektrli antibiotikdan masalan, piperatsillin-tazobaktam, ampitsillin-sulbaktam, tikarsillin - klavulanat (Timentin), uchinchi avlod sefalosporinlari (masalan, seftriakson ), xinolon antibiotiklari (masalan, siprofloksatsin) va metronidazol kabi anaerob bakteriyalarni. Penitsillinga allergiyasi bo'lgan odamlar uchun aztreonam yoki metronidazol bilan xinolon kabilarni qo'llasak bo'ladi. 

Og'ir yallig'lanish, shok holatlarida yoki odamda umumiy behushlik xavfi yuqori bo'lsa ( xoletsistektomiya qilish zarur), interventsion rentgenolog o't pufagiga teri ostiga drenaj kateterini kiritishi mumkin (teri orqali xoletsistostomiya nayi) va kuchli antibiotiklar bilan davolash mumkin va yallig'lanish yo'qoladi. Agar odamning ahvoli yaxshilangan bo'lsa, xoletsistektomiya talab qilinishi mumkin[26].

Epidemiologiya

Xoletsistit butun dunyo bo'ylab qorin sohasi og'rig'i holatlarini 3-10 foizini tashkil qiladi[27]. 2012-yilda AQShda xoletsistit 651 829 nafar tez tibbiy yordam bo'limiga tashrif buyurgan va 389 180 kasalxonaga yotqizilgan[28]. 2012-yilda AQShda o'lim darajasi 100 000 kishiga 0,7 ni tashkil etdi[28]. Xoletsistit 50-69 yoshdagi odamlarda ko'p uchraydi[27].

Manbalar

  1. Internal Clinical Guidelines Team (October 2014). Gallstone Disease: Diagnosis and Management of Cholelithiasis, Cholecystitis and Choledocholithiasis. Clinical Guideline 188. p. 101. PMID 25473723. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 2,8 Strasberg, SM (26 June 2008). "Clinical practice. Acute calculous cholecystitis.". The New England Journal of Medicine 358 (26): 2804–11. doi:10.1056/nejmcp0800929. PMID 18579815.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "NEJM2008" defined multiple times with different content
  3. 3,0 3,1 „Gallstones“. NIDDK (2013-yil noyabr). 2016-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyul.
  4. Section VIII“,Sleisenger and Fordtran's Gastrointestinal and Liver Disease: Pathophysiology, Diagnosis, Management, 10, Elsevier Health Sciences, 2015 — 1154 bet. ISBN 9781455749898. 
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 5,6 Ansaloni, L (2016). "2016 WSES guidelines on acute calculous cholecystitis.". World Journal of Emergency Surgery 11: 25. doi:10.1186/s13017-016-0082-5. PMID 27307785. PMC 4908702. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4908702.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "WS2016" defined multiple times with different content
  6. 6,0 6,1 6,2 Patel, PP; Daly, SC; Velasco, JM (18 October 2015). "Training vs practice: A tale of opposition in acute cholecystitis.". World Journal of Hepatology 7 (23): 2470–3. doi:10.4254/wjh.v7.i23.2470. PMID 26483868. PMC 4606202. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4606202. 
  7. Schuld, J; Glanemann, M (June 2015). "Acute Cholecystitis.". Viszeralmedizin 31 (3): 163–5. doi:10.1159/000431275. PMID 26468309. PMC 4569253. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4569253. 
  8. Feldman, Mark. Sleisenger & Fordtran's Gastrointestinal and liver disease pathophysiology, diagnosis, management, 9, [S.l.]: MD Consult, 2010 — 1065 bet. ISBN 9781437727678. 
  9. Collins, Edwards. A Short Course in Medical Terminology. Lippincott Williams & Wilkins, 2013 — 246 bet. ISBN 9781469835785. 
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 10,5 10,6 10,7 Greenberger N.J., Paumgartner G (2012). Chapter 311. Diseases of the Gallbladder and Bile Ducts. In Longo D.L., Fauci A.S., Kasper D.L., Hauser S.L., Jameson J, Loscalzo J (Eds), Harrison's Principles of Internal Medicine, 18e
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 Friedman L.S. (2015). Liver, Biliary Tract, & Pancreas Disorders. In Papadakis M.A., McPhee S.J., Rabow M.W. (Eds), Current Medical Diagnosis & Treatment 2015
  12. 12,0 12,1 „Cholecystitis“. Mayo Clinic. Mayo Clinic (2014-yil 28-avgust). 2014-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-noyabr.
  13. „Boas' sign“ (web). GPnotebook. 2007-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 21-yanvar.
  14. Vroon, D. H.. Aminotransferases. Butterworths, 1990. ISBN 9780409900774. 2021-yil 27-iyunda qaraldi. 
  15. Talreja, Vikash; Ali, Aun; Khawaja, Rabel; Rani, Kiran; Samnani, Sunil Sadruddin; Farid, Farah Naz (2016). "Surgically Resected Gall Bladder: Is Histopathology Needed for All?". Surgery Research and Practice 2016: 1–4. doi:10.1155/2016/9319147. ISSN 2356-7759. PMID 27123469. PMC 4829732. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4829732. 
  16. Kuzu, MA; Oztürk, Y; Ozbek, H; Soran, A (October 1996). "Acalculous cholecystitis: ascariasis as an unusual cause.". Journal of Gastroenterology 31 (5): 747–9. doi:10.1007/bf02347629. PMID 8887047. 
  17. Strasberg SM (2008). "Acute Calculous Cholecystitis". New England Journal of Medicine 358 (26): 2804–2811. doi:10.1056/NEJMcp0800929. PMID 18579815. 
  18. Velanovich V (2000). "Laparoscopic vs open surgery: A preliminary comparison of quality-of-life outcomes". Surgical Endoscopy 14 (1): 16–21. doi:10.1007/s004649900003. PMID 10653229. 
  19. "Patients' quality of life after laparoscopic or open cholecystectomy". Journal of Zhejiang University Science 6B (7): 678–681. 2005. doi:10.1631/jzus.2005.B0678. PMID 15973772. PMC 1389804. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1389804. 
  20. "Does Using a Laparoscopic Approach to Cholecystectomy Decrease the Risk of Surgical Site Infection?". Annals of Surgery 237 (3): 358–362. 2003. doi:10.1097/01.SLA.0000055221.50062.7A. PMID 12616119. PMC 1514308. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1514308. 
  21. "Population-Based Analysis of 4113 Patients with Acute Cholecystitis". Annals of Surgery 254 (6): 964–970. 2011. doi:10.1097/SLA.0b013e318228d31c. PMID 21817893. 
  22. 22,0 22,1 Gurusamy, Kurinchi Selvan; Davidson, Christopher; Gluud, Christian; Davidson, Brian R. (2013-06-30). "Early versus delayed laparoscopic cholecystectomy for people with acute cholecystitis". The Cochrane Database of Systematic Reviews (6): CD005440. doi:10.1002/14651858.CD005440.pub3. ISSN 1469-493X. PMID 23813477. 
  23. Padilla, Rebekah M; Hulsberg, Paul C; Soule, Erik; Harmon, Taylor S; Eadie, Erik; Hood, Preston; Shabandi, Michael; Matteo, Jerry (2018). "Against the Odds: A Novel Technique to Perform Cholangiography from a Percutaneous Approach through the Cystic Duct". Cureus 10 (11): e3577. doi:10.7759/cureus.3577. ISSN 2168-8184. PMID 30656081. PMC 6333255. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6333255. 
  24. „Cholecystitis“. The Lecturio Medical Concept Library. Qaraldi: 2021-yil 8-iyul.
  25. van Dijk, AH; de Reuver, PR; Tasma, TN; van Dieren, S; Hugh, TJ; Boermeester, MA (30 March 2016). "Systematic review of antibiotic treatment for acute calculous cholecystitis.". The British Journal of Surgery 103 (7): 797–811. doi:10.1002/bjs.10146. PMID 27027851. 
  26. „Acute Cholangitis“. The Lecturio Medical Concept Library. Qaraldi: 2021-yil 27-iyun.
  27. 27,0 27,1 Kimura, Yasutoshi; Takada, Tadahiro; Kawarada, Yoshifumi; Nimura, Yuji; Hirata, Koichi; Sekimoto, Miho; Yoshida, Masahiro; Mayumi, Toshihiko et al. (2016-12-12). "Definitions, pathophysiology, and epidemiology of acute cholangitis and cholecystitis: Tokyo Guidelines". Journal of Hepato-Biliary-Pancreatic Surgery 14 (1): 15–26. doi:10.1007/s00534-006-1152-y. ISSN 0944-1166. PMID 17252293. PMC 2784509. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2784509. 
  28. 28,0 28,1 Peery, Anne F.; Crockett, Seth D.; Barritt, Alfred S.; Dellon, Evan S.; Eluri, Swathi; Gangarosa, Lisa M.; Jensen, Elizabeth T.; Lund, Jennifer L. et al. (2015). "Burden of Gastrointestinal, Liver, and Pancreatic Diseases in the United States". Gastroenterology 149 (7): 1731–1741.e3. doi:10.1053/j.gastro.2015.08.045. PMID 26327134. PMC 4663148. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4663148. 

Havolalar

Andoza:Gastroenterology