Kuyish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kuyish (tibbiyotda) — yuqori harorat, kimyoviy moddalar (ishqor, kislota, ogʻir metallarning tuzlari va boshqalar), elektr toki va radioaktiv nurlar taʼ-sirida toʻqimalarning shikastlanishi. Shunga koʻra, termik K., kimyoviy moddalar va nurlar taʼsirida K. farq qilinadi. Turmush va ishlab chiqarishda yuqori temperatura taʼsirida K., yaʼni termik K. koʻp uchraydi.

Toʻqimalarning zararlanishiga qarab K. ning 4 darajasi farqlanadi: I dara j a da — teri qizarib, bir oz shi-shadi, 4—5 kundan soʻng tuzala boshlaydi. II darajada — qizargan teri yuzasida tiniq, sargʻish, suyuqlik bilan toʻla pufakchalar paydo boʻladi, ular yorilganda terining yuza qavati ochilib, bezillab turadi. Yaraga infeksiya tush-masa, 10—15 kunda chandiqsiz tuzaladi. III darajada — terining hamma qanati oʻladi (teri usti qorayib keta-di — nekroz). IV darajada — teri va teri osti toʻqimalari (pay, muskullar va hatto suyaklar) kuyib koʻmirga aylanadi. Odatda, kuygan joy juda sekin tuzaladi, koʻpincha oʻsha joyda chu-qur chandiqlar paydo boʻladi. Ayniqsa, kishi yuzidagi chandiqlar husnni bu-zadi. Boʻyin va boʻgʻim atrofidagi chan-diklar (ogʻir turlari) ular harakatini cheklab qoʻyishi mumkin (qarang Kontraktura).

K.ning ogʻir-yengilligi faqat K. darajasiga qarab emas, balki qancha joy kuyganligiga, yaʼni shikastlangan kishining butun gavda yuzasiga qarab (% hisobida) aniqlanadi.

K.da beriladigan birinchi yordam tutayotgan, yongan yoki kimyoviy moddalartoʻkilgan kiyimni yechib yoki qirqib olish, kuygan joyga aseptik bogʻlov qoʻyishdan iborat. I darajali K.da kuygan joyga 79° li spirt, arak,, odekolon, margansovkaning nimrang erit-masi surtiladi. Gavdaning koʻp qismi kuyganda bemorni tezlik bilan davolash muassasasiga olib borish kerak. Birinchi yordam koʻrsatishda kuygan joydagi pufakchalarni yorish, har xil malhamlar qoʻyish, xususan, siydik bogʻlash yaramaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil