Antibiotiklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Antibiotiklar (anti ... va yun. bios — hayot) — ba’zi mikroorga-nizmlar (zamburug‘lar, bakteriyalar), hayvon to‘qimalari va ayrim yuksak o‘simliklar hayot faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan va turli xil mikro-blarning o‘sishi hamda rivojlanishi-ni to‘xtatadigan organik moddalar. A. terminini Amerika olimi 3. Vaksman mikroblarda hosil bo‘lib, boshqa mikro-blarga qarshi ta’sir etadigan modda-larga nisbatan taklif etgan. A. kasal-lantiruvchi (patogen) mikroblardagi moddalar almashinuvini buzib, ularni o‘ldiradi yoki o‘sishini to‘xtatadi. A. turli mikroblarga turlicha ta’sir eta-di. Mas, bir antibiotik ma’lum bir mikrobga kuchli ta’sir etgani holda, boshqa mikrobga kuchsiz ta’sir qiladi yoki butunlay ta’sir qilmaydi; A.ning ko‘pchiligi faqat mikroblarni emas, bal-ki odam, hayvon va o‘simlik organizmini (to‘qima va hujayralarini) ham yemira-di. Shuning uchun tibbiyot, veterinariya va o‘simlikshunoslikda uning faqat za-rarli mikroblarni o‘ldiradigan, ammo odam, hayvon va o‘simlik organizmini yemirmaydigan turlarigina ishlatiladi. Birinchi antibiotik preparat (tirotri-sin)ni 1939 y.da Dyubo tuproqda yashovchi Bacillus brevis nomli bakteriyadan oddi. 5471941 y.da ingliz olimi X. Flori b-n A. Fleming mog‘or zamburug‘i (Penicilium poshit)ning bulon filtratidan pe-nitsillin, G. F. Gauze va M. G. Brajni-kova 1942 y.da tuproq bakteriyalaridan gramitsidin, 3. A. Vaksman 1944 y.da Streptomyces griseus nomli zamburug‘dan streptomitsin olishga muyassar bo‘ldi. Hozirgacha A.ning 2000 dan ortiq turi aniqlandi va bu ish davom ettirilmoqda. Amaliyotda faqat 10 — 20 tasi (penitsil-lin, streptomitsin, oksitetratsiklin, sefaloridin, eritromitsin, levomi-setin va b.) ko‘llanilmoqda. A. turli mikroorganizmlarga bir qadar o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi. Mac, penitsil-lin grammusbat mikroorganizmlarga, streptomitsin esa, aksincha, grammanfiy mikroorganizmlarga kuchliroq ta’sir etadi. Ta’sir doirasi keng A., mas, te-tratsiklinlar bir qancha bakteriyalarga qarshi ta’sir qiladi. Penitsillinning ta’siri mikrob hujayrasi devori-ning sintezini tormoz qilishga bog‘liq ekanligi ma’lum. Boshka bir kagor A. mikrob hujayrasida oqsillar va nukle-in kislotalar biosintezining maxsus bosqichlariga aralashadi. A. stafilo-kokk va streptokokklar paydo qiladigan septik kasalliklar, zotiljam, ich ter-lama, toshmali terlama, vabo, sil kabi turli yukumli kasalliklarni davolash va oddini olish uchun kuchli vositadir. Ular ayniqsa nafas yo‘llari, me’da, ichak, siy-dik yo‘li va jinsiy a’zolar kasallikla-rini davolashda yaxshi naf beradi. Ba’zi A. parranda, cho‘chqa va buzoqlar o‘sishini tezlatish, ovqatning o‘zlashtirilishini orttirish maqsadida ularning asosiy ovqatiga qo‘shimcha qilib beriladi. A. hujayraga tanlab tormozlovchi ta’sir ko‘rsatganidan biokimyoviy jarayonlar-ning ayrim bosqichlarini, hujayra o‘sishini ta’minlaydigan DNK, RNK, oqsillar va hujayra devori sintezi hamda funksiyasi orasidagi munosabat-larni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Ulardan oziq-ovqat sanoatida (konserva-lash) ham keng foydalaniladi.Qishloq xo‘jaligida — o‘simliklarni zamburug‘li va bakterial kasalliklar-dan himoya qilish uchun ishlatiladi (q. Mikrobiologik himoya usuli). Kasallik qo‘zg‘atuvchilarga ta’sir qilish tarzi-ga qarab A. bevosita ta’sir etuvchi A.; kasallik qo‘zg‘atuvchilar ajratgan tok-sinlarni neytrallovchi A.; xo‘jayin o‘simlikka ta’sir etuvchi A.; o‘simlik tanasida yuqori faol moddalarga aylana-digan va o‘simliklarning kasalliklarga chidamliligini oshiradigan (bilvosita ta’sirga ega) A.ga bo‘linadi. Strepto-mitsin, terramitsin, digidrostreptomi-sin, grizeofulvin (grizovin), ani-zo-mitsin, omfoterpsin, filitsin va b. sa-marali A.ga kiradi. Trixodermin g‘o‘zaning vertitsillyoz vilti va q.x. ekin-larining kasalliklari: himoyalangan tuproqsa bodring , pomidor ildiz chiri-shi, kartoshka rizoktoniozi, bug‘doy gel-mintosporiozi, makkajo‘xori qorakuyasi va b. qarshi kurashda ishlatiladi. Tri-xodermaning Toshkent shtammi asosida trixodermin olish texnologiya si ish-lab chiqilgan. Adan dustlar b-n upalash va ko‘chat materiallari (ko‘chat, qalamcha, tuganak, urug‘)ni eritmalarda ho‘llash b-n foydalaniladi. A. o‘simlik tana-siga oson o‘tadi va tarqaladi, kuchsiz (0,1 — 0,01 — 0,001 va undan kam) kon-sentratsiyalarda ta’sir etadi. A. purkab ishlatilganda barglarga so‘rilishini ku-chaytirish maqsadida eritmaga glitserin, sorbiton, dietilenglikol qo‘shiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • Antibiotiki i antibioz v sel-skom xozyaystve, M., 1981.

O‘zuv Zokirov, Abdurahim Hakimov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil