Anaeroblar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anaeroblar, anaerob organizm-lar — erkin kislorod bo‘lmaydigan sharoitda yashash va rivojlanish qobiliyatiga ega bo‘lgan organizmlar. A. terminini 1861 y.da yog kislotali bakte-rial bijg‘ishni ixtiro qilgan L. Paster taklif etgan. A. asosan prokariot orga-nizmlar orasida keng tarqalgan. Euka-riotlardan achitqilar hamda hayvonlar organizmida parazitlik qiladigan, ya’ni ikkilamchi tarzda kislorodsiz muhitda yashashga moslashgan, bir hujayralilar haqiqiy A. hisoblanadi. Ko‘p hujayrali A. anaerobioz hayvonlarning ichagi va tana bo‘shlig‘i hamda to‘qimalarida pa-razitlik qiladigan yassi to‘garak chu-valchanglar orasida uchraydi. Anaerob organizmlarda metabolizm kisloroddan boshqa oksidlovchilardan foydalanish-ga asoslangan. Organik moddalardan foydalanadigan anaerob organizmlar (glikoliz natijasida hosil bo‘ladigan energiyadan foydalanadigan barcha eu-kari-otlar) spirtlar va yog‘ kislotalar qaytarilishi orqali boradigan har xil tipdagi bijg‘ishni amalga oshiradi. Boshqa A., mas, denitrifikatorlar, te-mir bakteriyalari, oltingugurt bakteri-yalar, metan hosil qiluvchi bakteriyalar esa anorganik oksidlovchilar (nitratlar, oltingugurt birikmalari, karbonat an-gidrid va b.)dan foydalanadi. Almashi-nuv mahsulotlariningxiliga qarab anae-rob bakteriyalar yog‘ kislotali, sut kislo-tali, propion kislotali guruhlarga aj-ratiladi. Fototrof bakteriyalar A.ning boshqa maxsus guruhini tashkil etadi. Kislorodga bo‘lgan talabiga ko‘ra A.ning obligat va fakultativ guruhlari farq qilinadi. Obligat A.da metabolizm kis-lorod ishtirokisiz boradi, fakultativ A. (mas, denitrifikatorlar) anaerobioz holatdan kislorodli muhitda yashashga utishi mumkin. Anaerob muhitda ok-sidlanish energiyasi kam bo‘lganidan A. faoliyati tufayli juda ko‘p qaytarilish mahsulotlari — spirtlar, yog‘ kislota-lari va b. hosil bo‘ladi. A. muhitdagi kislorod aerob organizmlar tomonidan batamom o‘zlashtiriladigan sharoitda (mas, suv tubidagi balchiqda, ifloslan-gan oqova suvlarda) rivojlanadi. A.dan mikrobiologiya sanoatida spirtlar va organik kislotalar i.ch., oqova suvlar-ni tozalashda keng foydalaniladi. Ay-rim A. og‘ir infeksion kasalliklar (qoqshol, gazli gangrena va b.)ni kel-tirib chiqaradi. Haqiqiy A. bilan birga ayrim umurtqasizlar orasida kislorod tanqisligiga vaqtincha moslashgan tur-lari ham bor. Ayrim obligat A. kislo-rodga juda sezgir bo‘lganidan kislo-rodli muhitda juda tez halok bo‘ladi. Issiq suvli havzalardan va suvning chuqur qatlamlaridan topilgan A. Yer yuzida paydo bo‘lgan eng qad. organizmlar bo‘lishi mumkin.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil