Malay ayigʻi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Sun bear“ sahifasi tarjima qilib yaratildi
(Farq yoʻq)

2-Oktyabr 2022, 07:54 dagi koʻrinishi

Quyosh ayig'i (Helarctos malayanus) - Janubi-Sharqiy Osiyoning tropik o'rmonlarida uchraydigan Ursidae oilasiga mansub tur hisoblanadi. Bu balandligi taxminan 70 centimetr (28 in) va og'irligi 25–65 kilogram (55–143 lb) bo'lgan eng kichik ayiq turidir. U katta panjalari, kuchli qayrilgan tirnoqlari, kichik yumaloq quloqlari va uzun bo'lmagan tumshug'i bilan boshqa ayiqlardan ajralib turadi. Mo'ynasi odatda qop-qora, lekin kulrangdan qizil ranggacha farqlanishi mumkin. Quyosh ayiqlari o'z nomini ko'krak qafasidagi to'q sariq rangdan krem ranggacha bo'lgan dog'lari sabbali olgan. Uning noyob morfologiyasi - ichkariga qayrilgan old oyoqlari, ko'krak qafasining bunday o'zgachaligi, katta tirnoqli kuchli old oyoqlari - toqqa chiqishga moslashishganligidan dalolat beradi.

Barcha ayiqlar ichida eng ko'p vaqtini daraxtda o'tkazuvchi (daraxtda yashovchi) quyosh ayig'i ajoyib alpinist bo'lib, yerdan 2 to 7 metr (7 to 23 ft) balandlikdagi daraxtlarga chiqa oladi hamda quyosh botish vaqtidanoq uyquga ketadi. U asosan kun davomida faol bo'ladi, lekin tungi hayot tarziga ko'ra faolligi odamlar gavjum bo'ladigan joylarda ko'proq uchraydi. Quyosh ayiqlari odatda yolg'iz yashaydilar, lekin ba'zida juft holatda ham uchraydilar (masalan, ona va bolasi birgalikda). Ularda boshqa jonivorlar singari qishki uyqu amalga oshmaydi, chunki oziq-ovqat resurslari butun yil davomida mavjud bo'ladi. Quyosh ayiqlari hamma narsani istemol qila oluvchi hayvonlar bo'lganligi sababli, chumolilar, asalarilar, qo'ng'izlar, asal, termitlar va urug'lar va turli xil mevalar kabi o'simliklarini o'z ichiga olgan keng ovqatlanish ratsioniga ega; qushlar va kiyiklar singari umurtqali hayvonlar bilan ham oziqlanishi mumkin. Ular yil davomida ko'payadi; ayiqlar ikki yoshdan to'rt yoshgacha jinsiy yetuk bo'ladi. Urg'ochi ayiq bir yoki ikkita bola ko'rishi mumkin, ayiqchalar taxminan uch yil davomida onalari bilan qoladilar.

Quyosh ayig'ining yashash diapazoni shimolda Hindistonning shimoli-sharqiy qismi bilan chegaralangan hamda janubdan janubi-sharqga tomon Bangladesh, Kambodja, Myanma, Laos, Tailand va Vetnam orqali Osiyoda materigidagi Bruney, Indoneziya va Malayziyaga qadar cho'zilgan. Bu ayiqlar o'rmonlarning doimiy kesilishi, oziq-ovqat va yovvoyi hayvonlar savdosi sabablinoqonuniy ov qilinishi tufayli kamayib bormoqda; shuningdek, ular qishloq xo'jaligi yerlariga, plantatsiyalarga va bog'larga ovqat qidirib kirganda odamlar tomonidan o'ldirilish holatlari kuzatilgan. So'nggi 30 yil ichida dunyodagi barcha shu tur ayiqlari soni 35 foizga kamaygan. IUCN ushbu turni himoyaga olingan jonzotlar ro'yxatiga kiritgan.

Etimologiya

Bu jonzot ko'krak qafasidagi o'ziga xos to'q sariqdan krem ranggacha bo'lgan, yarim oyga o'xshash dog'i sababli ham quyosh ayig'i deb nomlangan[1]. Ilmiy umumiy nomi Helarktos ikkita yunoncha so'z birikishidan kelib chiqqan: khēlios (hēlios, 'quyosh bilan bog'liq') va arktos (arctos, 'ayiq')[2]. Yana bir nomi - "asal ayig'i", malay va indonez tillarida beruang madu, bu asal qoliplaridagi asal bilan oziqlanish odati bilan bog'liq nom hisoblanadi[3][4]. "Asal ayig'i" kinkajou ham istemol qilishi mumkin[5].

Taksonomiya va filogeniya

Ayiqlarning ilmiy nomi - Ursus malayanus 1821-yilda Sumatradan quyosh ayig'ini birinchi marta tasvirlagan Stamford Raffles tomonidan taklif qilingan[6]. 1825-yilda Thomas Horsfield Borneodan kelgan quyosh ayig'ini tasvirlashda turni o'ziga xos Helarctos jinsiga mansub deya baholagan[7].

O'lchamdagi o'zgarishlar asosida ikkita kichik tur nomi taklif qilingan[8][9]:

  • Malaya quyosh ayigʻi ( H. m. malayanus ) Osiyo materigida va Sumatrada uchraydi[10].
  • Bornean quyosh ayig'i ( H. m. euryspilus ) faqat Borneoda uchraydi[11]. Uning bosh suyagi Malaya quyosh ayig'inikidan kichikroq[4].

1901-yilda annamlik Pierre Marie Heude tomonidan tasniflangan H. anmamiticus alohida tur hisoblanmaydi, lekin H. m. malayanus ga kichik sinonim sifatida keltiriladi[10]. 1906-yilda Richard Lydekker H. m.wardii nomi bilan ataluvchi boshqa bir kichik turni taklif qildi, chunki quyoshli ayiqning bosh suyagi, uning qalinroq mo'ynaga ega Tibetdan kelgan turining bosh suyagiga o'xshashligini ta'kidladi; ammo Tibet namunasi keyinchalik osiyo qora ayig'i (Ursus thibetanus) ekanligi aniqlandi[12][13]. Ikki kichik tur o'rtasidagi genetik farqlar juda noaniq[14]. Bu monotipik takson deya baholanadi.

Filogeniya

Ursid turlari o'rtasidagi filogenetik munosabatlar yillar davomida noaniq bo'lib kelgan[15]. Quyosh ayiqlari va yalqov ayiqlar (Melursus ursinus) o'rtasida duragaylar ishlab chiqarilishini qayd etib, Helarctosni Melursusning sinonimi sifatida ko'rib chiqish taklif qilingan[16][17]. Biroq, tadqiqotlar ikki turning yaqin munosabatda bo'lishida farqlar kuzatilishini aniqladi[18][19]. 2007-yilda o'tkazilgan filogenetik tadqiqot quyosh ayig'ining Ursidaening boshqa turlari bilan munosabatlarini quyidagi kladogrammada ko'rsatilganidek, to'liq mitoxondriyal DNK ketma-ketligiga asoslangan holda borishini kuzatdi. Qo'ng'ir ayiq/oq ayiqning genetik nasli aslida ikkita qora ayiq/quyosh ayig'i avlodidan genetik jihatdan ajralib chiqqanligi taxmin qilingan, bu taxminan 6.72dan 5,54 million yil avval (mya); quyosh ayig'i 6,26-5,09 mya[20] va 5,89–3,51 mya[21] oralig'ida dosir bo'lgan bo'lishi mumkinligi taxmin qilinadi. Ayiq turlarining yadro genlari ketma-ketligi shuni ko'rsatdiki, yalqov ayiq va quyoshli ayiqlar avvalo Ursinae ayiqlari bo'lib, ular monofiletik Ursus guruhiga kirmaydi; bundan tashqari, ayiqlar o'rtasidagi barcha munosabatlar ijobiy natija beradi[22].  

Xususiyatlari

Bosh suyagidagi kalta tumshug'i

Quyosh ayig'i barcha ayiq turlarining orasidagi eng kichigi hisoblanadi[4][23]. U katta panjalari, kuchli qayrilgan tirnoqlari, kichik yumaloq quloqlari va kalta tumshug'i bilan ajralib turadi. Bosh va tana uzunligi 100 and 140 centimetr (39 and 55 in), yelkasining balandligi deyarli 70 centimetr (28 in) ga yetadi. Voyaga yetgan ayiqning vazni 25–65 kilogram (55–143 lb) bo'ladi. Burni kulrang, kumush yoki to'q sariq rangga ega. Mo'ynasi odatda qop-qora, lekin kulrangdan qizil raggacha farqlanishi mumkin. Yunglari ipakdek nozik bo'lib, barcha ayiq turlari orasida yungi eng kalta ayiq turi hisoblanadi, bu ularning issiq tropik yashash joylariga xos ravishda shu holatga kelgan[24]. Ko'krak qafasida sabzirang yoki sarg'imtirdan qaymoqranggacha bo'lgan odatda U shaklida ba'zan esan yarim aylana yo doira shaklidagi dog'i bo'ladi. Ba'zi turlarda bunday dog'lar bo'lmasligi ham mumkin[23]. Quyosh ayiqlari orqa oyoqlarida turib, dushmanlarga qarshi tahdid sifatida ko'krak qafasidagi dog'ini namoyish etishi mumkin[4]. Ayiqchalar kulrang-qora tusda, och jigarrang yoki oq rangli tumshug'i va ko'krak qafasidagi xira oq rangli dog'iga ega; katta yoshdagi o'smir ayiqlarning mo'ynasi quyuq jigarrang bo'lishi mumkin. Ayniqsa, kattalardagi teri qalin va qora rangda, qorovul tuklari esa yengilroq bo'ladi. Yelkada ikkita aylanma dog' paydo bo'ladi, bu yerdan yunglar har tomonga tarqaladi. Bo'yinning yon tomonlaridan uning baland yelkasi turtib chiqadi va ko'krak qismining markazida aylana dog' paydo bo'ladi[25]. Panjalarining qirralari sarg'ish yoki jigarrang, patki qismi esa mo'ynasiz bo'lib, bu daraxtlarga oson chiqish uchun moslashgan bo'lishi mumkin deya baholanadi[23][26]. Tirnoqlari o'roqsimon; oldingi tirnoqlari uzun va og'ir. Dumi 3–7 centimetr (1.2–2.8 in) ga yetadi[27]. Osiyo qora ayig'i quyoshli ayiqlarnikiga o'xshash qaymoqrangli ko'krak dog'iga ega; 2008-yilda o'tkazilgan tadqiqotda ikkala ayiqning tirnoqlaridagi farqlar ularni bir-biridan ajratish vositasi sifatida muhokama qilindi[1][28]. Ayiq tilining uzunligi 10 dyuymdan oshishi mumkin.

Oziqlanish paytida quyosh ayig'i hasharotlar va asal olish uchun juda uzun tilini yanada uzaytirishi mumkin[24][29]. Tishlari juda katta, ayniqsa so'yloqtishlari va oldingi uzib oluvchi tishlari ayrim sabablarga ko'ra tanasining kattaligiga nisbatan yirikroq bo'ladi; buning sababi, hasharotlar, lichinkalar yoki asalni yeyish uchun kuchli jag'lari bo'lishi kerakligi va tirnoqlari va so'yloqtishlari bilan tropik qattiq daraxtlar po'stloqlarining tez ochilishiga xizmat qilish bo'lishi mumkin[30]. Boshi tanaga mutanosib ravishda katta, keng va og'ir, ammo quloqlari nomutanosib tarzda kichikroq; tanglay bosh suyagiga mutanosib ravishda keng bo'ladi[1][23]. Ushbu ayiqning umumiy o'ziga xos morfologiyasi - ichkariga qayrilgan old oyoqlari, ko'krak qafasining bunday o'zgachaligi, katta tirnoqli kuchli old oyoqlari - toqqa chiqishga moslashishganligidan dalolat beradi[23].

Ekologiya va xulq-atvor

Quyoshli ayiqlar eng daraxtli ayiqlar qatoriga kiradi.

Barcha ayiqlar ichida eng ko'p vaqtini daraxtda o'tkazuvchi (daraxtda yashovchi) quyosh ayig'i ajoyib alpinist bo'lib, yerdan 2 to 7 metr (7 to 23 ft) balandlikdagi daraxtlarga chiqa oladi hamda quyosh botish vaqtidanoq uyquga ketadi. U asosan kun davomida faol bo'ladi, lekin tungi hayot tarziga ko'ra faolligi odamlar gavjum bo'ladigan joylarda ko'proq uchraydi[4][31][32]. Uxlaydigan joylari asosan qulagan ichi bo'sh xodalar hisoblanadi, lekin ular shuningdek, bo'shliqlari bo'lgan tik turgan daraxtlarda, yiqilgan baquvvat shoxlar yoki daraxt ildizlari ostidagi bo'shliqlarda va yerdan baland daraxt shoxlarida ham uxlaydilar[4][33][34]. Bundan tashqari, u mihur suzuvchi hisoblanadi[1]. Quyosh ayiqlari aql- zakovatliligi bilan ajralib turadi; tutqun ayiq shkafda shakar saqlanayotganini kuzatgan, keyin kalit bilan qulflangan shkaf qulfni ochish uchun o'z panjasidan foydalangan[33]. 2019-yilda chop etilgan tadqiqotda quyosh ayiqlarining yuz ifodalarini mohirona taqlid qilishi tasvirlangan, bu aniqlik baʼzi primatlarda (gorillalar va odamlarda) kuzatilgan tadqiqiotlarga oʻxshab ketadi[35].

Quyosh ayiqlari uyatchan va yolg'iz yashovchi hayvonlardir va odatda odamlarga ularning o'zlari hujum qilmasa va yaralamasa yoki bolalari bilan birga bo'lgan vaqtida hujum qilmaydi; ularning qo'rqoq tabiati bu ayiqlarni oson qo'lga tushishiga va o'tmishda uy hayvonlari sifatida boqilganligini isbotlaydi[24]. Biroq, boshqa manbalarda aytilishicha, quyosh ayiqlari o'rmondagi xavfli hayvonlar sifatida tanilgan[36]. Ularni odatda yolg'iz, lekin ba'zida juft holatda uchratish mumkin (masalan, onasi bolalari bilan)[4][33]. Quyosh ayiqlari atrofni kengroq ko'rish yoki uzoqdagi narsalarni hidlash uchun orqa oyoqlarida turadi; agar ularga tahdid qilinsa, ko'krak qafasini ko'rsatib, dushmanlarini qo'rqitishga harakat qiladilar[4]. Ovozli tovushlari xilma-xil bo'lib, hasharotlar izlashda xirillash va irilish singari, ko'payish davridagi erkak orangutannikiga o'xshash bo'kirish singari tovushlarni chiqarishi mumkin[4]. Quyosh ayiqlari qish uyqusiga ketmaydilar, chunki oziq-ovqat resurslari butun yil davomida yetarli bo'ladi. Ular turli hududlarda, turli o'lchamdagi yashash diapazoniga ega bo'lib, Borneo va Malayziya yarim orolida 7 to 27 square kilometre (2.7 to 10.4 mi²)ga yetadi; Sabah (Malayziya) shahridagi Ulu Segama o'rmon qo'riqxonasida o'tkazilgan tadqiqot diapazonlarning o'lchamlar .8.7–20.9 square kilometre (3.4–8.1 mi²) ekanligini ko'rsatdi[37]. Yo'lbarslar ularga tahdid soluvchi asosiy yirtqichlardir; osiyo yovvoyi itlari va qoplonlarning ham quyosh ayiqlarini ovlashi qayd etilgan, ammo ular nisbatan kamroq holatda ayiqlarga hujum qiladi[38]. Shunday voqealardan birida yo'lbars va ayiqning o'zaro uzoq davom etgan janjali va ikkala hayvonning o'limi bilan yakunlangan[39]. Boshqa bir hodisada Sharqiy Kalimantanda yovvoyi urg'ochi quyosh ayig'ini katta to'rsimon piton yutib yubordi[40].

Ovqatlanishi

Quyosh ayiqlari ovqatlanish ratsioni asosan o'zimliklardan iborat bo'lgan yagona yiq turidir

Quyosh ayiqlari hamma narsani istemol qila oluvchi hayvonlar bo'lganligi sababli, chumolilar, asalarilar, qo'ng'izlar, asal, termitlar va urug'lar va turli xil mevalar kabi o'simliklarini o'z ichiga olgan keng ovqatlanish ratsioniga ega[4][41]. Qushlar, kiyiklar va sudraluvchilar kabi umurtqali hayvonlarni vaqti-vaqti bilan iste'mol qilish mumkin[42]. Ular asosan tunda ovqatlanadilar. Quyosh ayiqlari yovvoyi asalarilar tayyorlaydigan asalni izlab, uzun, o'tkir tirnoqlari va tishlari bilan ichi bo'sh daraxt po'stloqlarni yirtib tashlaydi. Ular, shuningdek, termit tepaliklarini buzib, oldingi panjalari bilan buzilgan tepalikning bo'laklarini yalab, undagi termitlarni istemol qiladilar[4][33]. Ayiqlar anjirni ko'p miqdorda iste'mol qiladilar va ularni butunligicha yeyishni yoqtirishadi[43]. Kalimantan o'rmonlarida o'tkazilgan tadqiqotda, Moraceae, Burseraceae va Myrtaceae turlarining mevalari quyosh ayig'i istemol qiladigan umumiy meva miqdorining 50% dan ko'prog'ini tashkil etishi aniqlandi; meva tanqisligi davrida quyosh ayiqlari ko'proq hasharot istemoliga o'tadilar[44]. Markaziy Borneoda o'tkazilgan tadqiqot shuni ko'rsatdiki, quyosh ayiqlari Canarium pilosum (Burseraceae oilasiga mansub daraxt) urug'ining tarqalishida muhim rol o'ynaydi[45]. Quyosh ayiqlari hindiston yong'og'i palmalarining o'rtasini yeyishadi va moyga boy urug'larni, masalan, boshoqlarni maydalab istemol qiladilar[33]. Yog'li palmalar ham to'yimli ozuqa hisoblanadi, ammo ularning miqdori ayiqlarning istemolini to'liq qoplay oomaydi[46].

Ko'paytirish

Quyosh ayiqlari polioestrdir; ularda tug'ilish yil davomida sodir bo'ladi[47][48]. Urug'lanish besh dan yetti kungacha davom etadi. Quyosh ayiqlari ikki yoshdan to'rt yoshgacha bo'lgan davrda jinsiy yetuklikka erishadilar[49]. Homiladorlik muddati 95 dan 240 kungacha bo'lishi mumkin; Mo'tadil iqlimdagi hayvonot bog'larida homiladorlik davri uzoqroq davom etadi, ehtimol buimplantatsiya yoki urug'lantirishning kechikishi tufayli sodir bo'lishi mumkin[49]. Tug'ilish ichi bo'sh daraxt bo'shliqlarida amalga oshiriladi. Tug'ilgan ayqchalarning har biri 325 gram (11.5 oz) atrofida bo'ladi[33]. Bolalar ko'zlari yopiq holda va kar bo'lib tug'iladi. Ko'zlar deyarli 25 kun ichida ochiladi, lekin tug'ilgandan keyin 50 kungacha ko'r bo'lib hayot kechiradi; birinchi 50 kun ichida eshitish hissi yaxshilanadi. Ikki oydan kichik ayiq bolalarining yashab ketishi tashqi muhitdan himoya qilinilishiga bog'liq. Ayiqchalar to'g'ri yurish va toqqa chiqishni o'rganmaguncha, daraxtlar tagidagi tayanch ildizlarda boqiladi. Onalar o'z bolalarini tajovuzkorlik bilan himoya qiladilar. Farzandlar hayotining dastlabki uch yilida onalari bilan qoladilar. Asirlikda umr ko'rish muddati odatda 20 yildan ortiq; tabiiy sharoitda esa qariyb 31 yil yashadi[33].

Tarqalishi va yashash joylari

Quyosh ayig'i Bornea quyosh ayig'ini saqlash markazida (Malayziya)

Quyosh ayig'ining vatani Janubi-Sharqiy Osiyoning tropik o'rmonlari hisoblanadi Quyosh ayig'ining yashash diapazoni shimolda Hindistonning shimoli-sharqiy qismi bilan chegaralangan hamda janubdan janubi-sharqga tomon Bangladesh, Kambodja, Myanma, Laos, Tailand va Vetnam orqali Osiyoda materigidagi Bruney, Indoneziya va Malayziyaga qadar cho'zilgan. 2017-yilda Xitoyning Yunnan provinsiyasi Yingjiang okrugida bu turning uchrashi tasdiqlangan[50]. Singapurda yo'q bo'lib ketgan.

Bu ayiqlar asosan ikkita asosiy turdagi o'rmonlarda yashaydi: Kra Isthmus shimolidagi bargli va mavsumiy doimiy yashil o'rmonlarda hamda Indoneziya va Malayziyadagi mavsumiy bo'lmagan doim yashil o'rmonlarda. Ular odatda pasttekisliklarda, masalan, 1,200 m (3,900 ft) pastda joylashgan g'arbiy Tailand va Malayziya yarim orolida uchraydi. Ular Hindistonning shimoli-sharqidagi tog'li hududlarda ham uchraydi, ammo shimoldagi noqulay va sovuqroq Himoloy mintaqasida kuzatilmasligi mumkin; Yalqov ayiqlar bilan raqobat tufayli ularning tarqalishi shimoli-g'arbda cheklangan. Quyosh ayig'i materikning qolgan hududlarida uchrovchi mavsumiy o'rmon turlaridan biri bo'lib, oylik yog'ingarchilik miqdori 100 mm (3.9 in) kam bo'lganhududlarda uch oydan etti oygacha bo'lgan uzoq vaqt davomida Osiyo qora ayig'i bilan yashashi mumkin.Tog'li hududlarda Osiyo qora ayiqlari quyoshli ayiqlarga qaraganda ko'proq uchraydi, bu ehtimol umurtqasiz hayvonlarning yetishmasligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Tailand janubidagi va Malayziya yarimorolidagi asosiy yashash joylari namlikdagi doimiy yashil o'rmonlar bo'lib, ko'p ham o'zgarmaydigan iqlim va yil davomida kuchli yog'ingarchilik kuzatiladigan, past yoki tog'li dipterokarp o'rmonlari ayiqlarning doimiy manzilgohi hisoblanadi.

Quyosh ayig'i a odamlar yashash joylariga yaqin hududlardan qochishga harakat qiladi[51][52][53]. Biroq, quyosh ayiqlari qishloq xo'jaligi yerlari, plantatsiyalar va bog'larga ozuqa izlab kirishi kuzatilgan, shu sababli ular zararkunanda deb hisoblanishi mumkin[54][55]. Quyi Kinabatangan Segama botqoqlarida o'tkazilgan so'rov shuni ko'rsatdiki, quyosh ayiqlaridan himoya choralari qo'llanilgan, ammo yog'li palma plantatsiyalariga ko'plab hujumlar amalga oshirilmagan; Bornean soqolli cho'chqalar, fillar va makakalar ekinlarga ko'proq zarar yetkazgan[46]. Quyosh ayiqlari parranda va chorva mollarini ovlagani haqida ham xabar qilingan[56].

Toshga aylangan qoldiqlari Pleystotsen davrida shimoldan uzoqroqda ham yashaganini ko'rsatadi; Oxirgi Pleystotsenning o'rtalarida Yava kabi janubiy orolda ham uchraganini taxmin qilish mumkin. Bugungi kunda, u o'zining doimiy yashash hududlarining aksariyat qismida, ayniqsa Tailandda butkul yo'q qilingan; ko'pgina mamlakatlarda quyosh ayig'i soni kamayib bormoqda. U 1800 va 1900-yillarda Singapurda umuman uchramay qo'ygan, ehtimol o'rmonlarning keng miqyozisda kesilishi bunga sabab bo'lgan bo'lishi mumkin. Quyosh ayiqlarining populyatsiyalari Sundalenddan shimolga qarab kamayib ketgan va ularning soni ayniqsa diapazonning shimoliy va g'arbiy chekkalarida juda kam. Bu, ehtimol, miloddan avvalgi davrlardan beri sodir bo'lib kelgan va inson aralashuvi natijasi hisoblanmaydi. Mazkur tur janubiy Sumatradagi Xarapan yomg'irli o'rmonida joylashgan Khao Yai milliy bog'ida ko'paytiriladi[57].

Tahdidlar

IUCN Bear Specialist Group ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi o'ttiz yillikda quyoshli ayiqlar populyatsiyasi taxminan 35% ga kamaydi. Bangladesh va Xitoyda raqamlar ayniqsa past va Vyetnamdagi ayiqlar soni keyingi 30 yil ichida 50-80 foizga keskin kamayib ketishidan xavotirda. Tezkorlikda o'rmonlarning kesilishi (qishloq xo'jaligi, daraxt kesish va o'rmon yong'inlari tufayli) va yovvoyi hayvonlar savdosi uchun ov qilish quyosh ayig'i uchraydigan barcha hududdagi jiddiy tahdidlar hisoblanadi; odam-ayiq mojarolari nisbatan kichik xavf tug'diruvchi omildir[23]. Boshqa qit'alar bilan solishtirganda, janubi-sharqiy Osiyoda so'nggi bir necha o'n yilliklarda o'rmon qoplami keskin kamayib ketdi (1990 va 2010-yillarda deyarli 12% ga); bu quyosh ayiqlari kabi o'rmonga bog'liq turlarning yashash joylarining sezilarli darajada yo'qolishiga olib keldi.[58][59]. 2007-yilda Sharqiy Borneoda o'tkazilgan tadqiqot El Nino tomonidan olib kelingan qurg'oqchilik va o'rmon yong'inlari tufayli yashash joylari va oziq-ovqat resurslarining jiddiy kamayishiga sabab bo'ldi[60]. Yirtqichlar hujumlari bo'yicha tadqiqotlar yo'qligi sababli, juda kam sonli yirtqich hodisalarini hujjatlashtirgan. Borneo orolida quyosh ayiqlari eng zaif holatda piton tomonidan ovlangani aniqlandi[61]. Pitonlar quyosh ayiqlari uxlayotgan yoki bolasini emizayotgan tungi vaqtdan foydalanib, muvaffaqiyatli hujum qilishlari mumkin. Janubi-Sharqiy Osiyoda Panthera pardus (erkak leopard) tomog'idan ushlab turgan quyoshli ayiq bolasi bilan suratga olingan. Xabar qilinishicha, bu holat 2019-yilda tasdiqlangan ikkinchi yirtqich hujumi hisoblanadi[62]. 1994-1997-yillar oralig'ida Kalimantanda o'tkazilgan so'rovlar davomida ovchilar quyosh ayiqlarini ovlaganliklarini tan olishdi va quyosh ayig'i go'shtini Kalimantanning bir qancha hududlarida mahalliy aholi iste'mol qilishi tasdiqlandi. Tadqiqotlarga ko'ra Sabah va Saravakdagi an'anaviy xitoy tibbiyoti (TCM) do'konlarida uy hayvonlari savdosi va o't pufagi kabi quyosh ayig'i qismlarini sotilishi aniqlandi[63]. 2018 va 2019-yillarda Sabah va Saravakdagi 24 ta joyda jami 128 ta TCM savdo nuqtalari oʻrganildi va soʻrovda qatnashgan savdo nuqtalarining 25 foizida ayiq qismlari va hosilalari sotilishi qayd etildi, ularning aksariyati mahalliy quyosh ayiqlaridan olingan edi[64]. Quyosh ayiqlari Sharqiy Kalimantandagi kokos va ilon mevasi plantatsiyalarini himoya qilish maqsadida otish yoki zahar berish usullari bilan o'ldirilgan[65]. 2011-yilda TRAFFIC tomonidan chop etilgan hisobot shuni ko'rsatdiki, quyosh ayiqlari Osiyo qora ayiqlari va qo'ng'ir ayiqlari bilan birga janubi-sharqiy Osiyoda ayiq safro savdosi uchun mo'ljallangan, Laos, Vetnam va Myanmadagi ayiq fermalarida saqlanadi. Mintaqadagi bir qancha mamlakatlarda brakonerlik keng tarqalgan[66]. Ba'zi qo'riqlanadigan hududlarda ham ov qilish holatlari kuzatilmoqda; Laosdagi Nam Ha milliy qo'riqlanadigan hududda ayiqlarni nishonga oladigan ovchi tuzoqlari topilgan[67]. Nagalandda (Hindistonning shimoli-sharqida) o'tkazilgan tadqiqot Fakim va Ntangki milliy bog'larida quyosh ayiqlarining siyrak tarqalganligini ko'rsatdi va ayiq a'zolarini oziq-ovqat va savdosi uchun noqonuniy ovlarning amalga oshirilganligi haqida xabarlar aniqlandi[68][66][69].

Saqlash choralari

Quyosh ayig'i IUCN Qizil ro'yxatida xavf ostidagi turlar ro'yxatiga kiritilgan va CITES ilovasidan ham o'rin egallagan. Saravak (Malayziya) va Kambodja davlatlari bundan mustasno, quyosh ayigʻini ovlash qonun tomonidan man etilgan. 2014-yil hisobotida Malayziyaning boshqa joylaridan ko'ra Saravakda brakonerlik va quyosh ayiqlari a'zolari savdosi ko'proq hujjatlashtirilgan; tadqiqotchilar mahalliy quyosh ayiqlarini himoya qilish uchun shtatda qat'iyroq qonunlar ijrosini amalga oshirishni tavsiya qilishgan[70].

2008-yilda Sabah (Malayziya) shahrida Wong Siew Te tomonidan asos solingan Bornean quyosh ayiqlarini saqlash markazi yomon sharoitda yashayotgan ayiqlarni himoya qilish va ularni ko'paytirish maqsadida tashkil etilgan[71]. Malaya quyosh ayiqlari 1994-yil oxiridan buyon xalqaro hayvonot bog'lari va akvariumlar assotsiatsiyasi qoshidagi asirlikda ko'paytirish dasturi va Turlarning omon qolish rejasining bir qismiga aylantirilgan[72]. O'sha yildan beri quyoshli ayiqlarining Yevropa zotlari Germaniyaning Cologne hayvonot bog'ida saqlanib kelinadi[73].

Manbalar

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Kemmerer, L. „[[[:Andoza:Google Books]] Bear basics]“,. Bear Necessities: Rescue, Rehabilitation, Sanctuary, and Advocacy Kemmerer: . Boston: Brill, 2015 — 17–34 bet. ISBN 978-90-04-29309-0.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "kemmerer" defined multiple times with different content
  2. Liddell, H. G.. An Intermediate Greek–English Lexicon. Oxford: Clarendon Press, 1889 — 117, 350 bet. 
  3. Lai, F.. [[[:Andoza:Google Books]] A Visual Celebration of Borneo's Wildlife]. Singapore: Bjorn Olesen Wildlife Photography, 2016 — 323 bet. ISBN 978-0-7946-0787-6. 
  4. 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 4,10 Phillipps, Q. „[[[:Andoza:Google Books]] Sun bear]“,. Phillipps' Field guide to the Mammals of Borneo: Sabah, Sarawak, Brunei, and Kalimantan. Princeton: Princeton University Press, 2016 — 246–249 bet. ISBN 978-0-691-16941-5.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "phil" defined multiple times with different content
  5. de la Rosa, C. L. „[[[:Andoza:Google Books]] Kinkajou Potos flavus]“,. A Guide to the Carnivores of Central America: Natural History, Ecology, and Conservation. Texas: University of Texas Press, 2000 — 100–109 bet. ISBN 0-292-71605-2. 
  6. Raffles, T. S. (1821). "XVII. Descriptive catalogue of a zoological collection, made on account of the honourable East India Company, in the island of Sumatra and its vicinity, under the direction of Sir Thomas Stamford Raffles, Lieutenant-Governor of Fort Marlborough; with additional notices illustrative of the natural history of those countries". Transactions of the Linnean Society of London 13 (1): 239–274. doi:10.1111/j.1095-8339.1821.tb00064.x. https://archive.org/details/mobot31753002433594/page/254/mode/1up. 
  7. Horsfield, T. (1825). "Description of the Helarctos euryspilus exhibiting in the bear from the island of Borneo, the type of a subgenus of Ursus". The Zoological Journal 2 (6): 221–234. https://archive.org/details/zoologicaljourna02lond/page/n269/mode/2up. 
  8. Santiapillai, A.; Santiapillai, C. (1996). "The status, distribution and conservation of the Malayan sun bear (Helarctos malayanus) in Indonesia". Tigerpaper 23 (1): 11–16. 
  9. Chasen, F. N. (1940). "A handlist of Malaysian mammals: A systematic list of the mammals of the Malay Peninsula, Sumatra, Borneo and Java, including the adjacent small islands". Bulletin of the Raffles Museum 15: 89–90. 
  10. 10,0 10,1 Ellerman, J. R. „Genus Helarctos Horsfield, 1825“,. Checklist of Palaearctic and Indian mammals 1758 to 1946, 2nd, London: British Museum of Natural History, 1966 — 241 bet. 
  11. Meijaard, E. (2004). "Craniometric differences among Malayan sun bears (Ursus malayanus); evolutionary and taxonomic implications". Raffles Bulletin of Zoology 52 (2): 665–672. http://rmbr.nus.edu.sg/rbz/biblio/52/52rbz665-672.pdf. 
  12. Lydekker, R. (1906). "On the occurrence of the bruang in the Tibetan Province". Proceedings of the Zoological Society of London 66: 997–999. 
  13. Pocock, R. I. (1932). "The black and brown bears of Europe and Asia". Journal of the Bombay Natural History Society 36: 101–138. 
  14. Zhang, Y.-P. (1996). "Genetic variability and conservation relevance of the sun bear as revealed by DNA sequences". Zoological Research 17 (4): 459–468. 
  15. Waits, L. „[[[:Andoza:Google Books]] Genetics of the bears of the world]“,. Bears: Status Survey and Conservation Action Plan Servheen: . Gland: IUCN/SSC Bear and Polar Bear Specialist Groups, 1999 — 25–32 bet. ISBN 2-8317-0462-6. 
  16. Asakura, S. (1969). "A note on a bear hybrid Melursus ursinus × Helarctos malayanus at Tama Zoo, Tokyo". International Zoo Yearbook 9 (1): 88. doi:10.1111/j.1748-1090.1969.tb02631.x. 
  17. Van Gelder, R. G. (1977). "Mammalian hybrids and generic limits". American Museum Novitates (2635): 1–25. http://www.digitallibrary.amnh.org/bitstream/handle/2246/5474/N2635.pdf?sequence=1#page=3. 
  18. Goldman, D.; Giri, P. R.; O'Brien, S. J. (1989). "Molecular genetic-distance estimates among the Ursidae as indicated by one- and two-dimensional protein electrophoresis". Evolution 43 (2): 282–295. doi:10.1111/j.1558-5646.1989.tb04228.x. PMID 28568545. 
  19. Bininda-Emonds, O. R. P.; Gittleman, J. L.; Purvis, A. (1999). "Building large trees by combining phylogenetic information: a complete phylogeny of the extant Carnivora (Mammalia)". Biological Reviews of the Cambridge Philosophical Society 74 (2): 143–175. doi:10.1017/s0006323199005307. PMID 10396181. 
  20. Yu, L.; Li, Y.-W.; Ryder, O. A.; Zhang, Y.-P. (2007). "Analysis of complete mitochondrial genome sequences increases phylogenetic resolution of bears (Ursidae), a mammalian family that experienced rapid speciation". BMC Evolutionary Biology 7 (198): 198. doi:10.1186/1471-2148-7-198. PMID 17956639. PMC 2151078. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2151078. 
  21. Krause, J.; Unger, T.; Noçon, A.; Malaspinas, A. S.; Kolokotronis, S. O.; Stiller, M.; Soibelzon, L.; Spriggs, H. et al. (2008). "Mitochondrial genomes reveal an explosive radiation of extinct and extant bears near the Miocene-Pliocene boundary". BMC Evolutionary Biology 8 (220): 220. doi:10.1186/1471-2148-8-220. PMID 18662376. PMC 2518930. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2518930. 
  22. Pagès, M.; Calvignac, S.; Klein, C.; Paris, M.; Hughes, S.; Hänni, C. (2008). "Combined analysis of fourteen nuclear genes refines the Ursidae phylogeny". Molecular Phylogenetics and Evolution 47 (1): 73–83. doi:10.1016/j.ympev.2007.10.019. PMID 18328735. https://www.academia.edu/19518245. 
  23. 23,0 23,1 23,2 23,3 23,4 23,5 Servheen, C. „[[[:Andoza:Google Books]] Sun bear conservation action plan]“,. Bears: Status Survey and Conservation Action Plan Servheen: . Gland: IUCN/SSC Bear and Polar Bear Specialist Groups, 1999 — 219–224 bet. ISBN 2-8317-0462-6.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "servheen2" defined multiple times with different content
  24. 24,0 24,1 24,2 Woods, J. G. „[[[:Andoza:Google Books]] Sun bears]“,. Animate Creation: Popular Edition of "Our Living World", a Natural History. New York: Selmar Press, 1885 — 324–325 bet. 
  25. Pocock, R. I. „Helarctos malayanus“,. The Fauna of British India, including Ceylon and Burma. Mammalia. London: Taylor and Francis, 1941 — 224–232 bet. 
  26. Servheen, C „The Sun Bear“,. Bears, Majestic Creatures of the Wild Stirling, I.: . Pennsylvania: Rodale Press, 1993 — 124 bet. 
  27. Brown, G.. Great Bear Almanac. The Lyons Press, 1996 — 340 bet. ISBN 978-1-55821-474-3. 
  28. Steinmetz, R.; Garshelis, D. L. (2008). "Distinguishing Asiatic black bears and sun bears by claw marks on climbed trees". Journal of Wildlife Management 72 (3): 814–821. doi:10.2193/2007-098. 
  29. Meijaard, E. (1997). The Malayan sun bear on Borneo, with special emphasis on its conservation status in Kalimantan, Indonesia (Report). International Ministry of Forestry – Tropendos Kalimantan Project and World Society for the Protection of Animals, London. pp. 1–51. 
  30. Christiansen, P (2007). "Evolutionary implications of bite mechanics and feeding ecology in bears". Journal of Zoology 272 (4): 423–443. doi:10.1111/j.1469-7998.2006.00286.x. 
  31. Griffiths, M.; Schaik, C. P. (1993). "The impact of human traffic on the abundance and activity periods of Sumatran rain forest wildlife". Conservation Biology 7 (3): 623–626. doi:10.1046/j.1523-1739.1993.07030623.x. 
  32. Guharajan, R.; Arnold, T. W.; Bolongon, G.; Dibden, G. H.; Abram, N. K.; Teoh, S. W.; Magguna, M. A.; Goossens, B. et al. (2018). "Survival strategies of a frugivore, the sun bear, in a forest-oil palm landscape". Biodiversity and Conservation 27 (14): 3657–3677. doi:10.1007/s10531-018-1619-6. http://orca.cf.ac.uk/114621/1/Guharajan_Sun%20bear%20habitat%20use_06-18.pdf. 
  33. 33,0 33,1 33,2 33,3 33,4 33,5 33,6 Nowak, R. M. „Ursus malayanus Malayan sun bear“,. Walker's Carnivores of the World. Baltimore: Johns Hopkins University Press, 2005 — 127-128 bet. ISBN 0-8018-8032-7. 
  34. Wong, S. T.; Servheen, C. W.; Ambu, L. (2004). "Home range, movement and activity patterns, and bedding sites of Malayan sun bears Helarctos malayanus in the Rainforest of Borneo". Biological Conservation 119 (2): 169–181. doi:10.1016/j.biocon.2003.10.029. Archived from the original on 11 May 2013. https://web.archive.org/web/20130511153207/http://www.cfc.umt.edu/grizzlybearrecovery/pdfs/Wong%20et%20al.%20%202004.pdf. Qaraldi: 2013-02-07. Malay ayigʻi]]
  35. Taylor, D.; Hartmann, D.; Dezecache, G.; Te Wong, S.; Davila-Ross, M. (2019). "Facial complexity in sun bears: Exact facial mimicry and social sensitivity". Scientific Reports 9 (1): 4961. doi:10.1038/s41598-019-39932-6. PMID 30899046. PMC 6428817. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6428817. 
  36. Servheen, C. „Chapter 11: Sun Bear Conservation Action Plan“,. Bears: Status Survey and Conservation Action Plan Servheen, C.: . Gland: International Union for Conservation of Nature, 1999 — 219–224 bet. 
  37. Wong, S. T.; Servheen, C. W.; Ambu, L. (2004). "Home range, movement and activity patterns, and bedding sites of Malayan sun bears Helarctos malayanus in the Rainforest of Borneo". Biological Conservation 119 (2): 169–181. doi:10.1016/j.biocon.2003.10.029. Archived from the original on 2013-05-11. https://web.archive.org/web/20130511153207/http://www.cfc.umt.edu/grizzlybearrecovery/pdfs/Wong%20et%20al.%20%202004.pdf. Qaraldi: 2013-02-07. Malay ayigʻi]]
  38. Naing, H.; Htun, S.; Kamler, J. F.; Burnham, D.; Macdonald, D. W. (2020). "Large carnivores as potential predators of sun bears". Ursus 2019 (30e4): 51. doi:10.2192/URSU-D-18-0022.2. 
  39. Bickmore, A.S. „April 27th“,. Travels in the East Asian Archipelago. London: John Murray, 1868 — 510 bet. 
  40. Fredriksson, G. M. (2005). "Predation on sun bears by reticulated python in East Kalimantan, Indonesian Borneo". Raffles Bulletin of Zoology 53 (1): 165–168. Archived from the original on 2007-08-11. https://web.archive.org/web/20070811101110/http://rmbr.nus.edu.sg/rbz/biblio/53/53rbz165-168.pdf. 
  41. Sethy, J.; Chauhan, N. P. S. (2018). "Dietary preference of Malayan sun bear Helarctos malayanus in Namdapha Tiger Reserve, Arunachal Pradesh, India". Wildlife Biology 2018 (1): 1–10. doi:10.2981/wlb.00351. 
  42. Wong, S. T.; Servheen C.; Ambu, L. (2002). "Food habits of Malayan Sun Bears in lowland tropical forests of Borneo". Ursus 13: 127–136. http://www.bearbiology.com/fileadmin/tpl/Downloads/URSUS/Vol_13/Wong_13.pdf. 
  43. Wong, S. T.; Servheen C.; Ambu, L. (2002). "Food habits of Malayan sun bears in lowland tropical forests of Borneo". Ursus 13: 127–136. http://www.bearbiology.com/fileadmin/tpl/Downloads/URSUS/Vol_13/Wong_13.pdf. 
  44. Fredriksson, G. M.; Trisno, S. A. W. (2006). "Frugivory in sun bears (Helarctos malayanus) is linked to El Niño-related fluctuations in fruiting phenology, East Kalimantan, Indonesia". Biological Journal of the Linnean Society 89 (3): 489–508. doi:10.1111/j.1095-8312.2006.00688.x. 
  45. McConkey, K.; Galetti, M. (1999). "Seed dispersal by the sun bear Helarctos malayanus in Central Borneo". Journal of Tropical Ecology 15 (2): 237–241. doi:10.1017/S0266467499000784. 
  46. 46,0 46,1 Guharajan, R.; Abram, N. K.; Magguna, M. A.; Goossens, B.; Wong, S. T.; Nathan, S. K. S. S.; Garshelis, D. L. (2017). "Does the vulnerable sun bear Helarctos malayanus damage crops and threaten people in oil palm plantations?". Oryx 53 (4): 611–619. doi:10.1017/S0030605317001089. http://orca.cf.ac.uk/107822/1/Oryx-16-A-0295_Guharajan_final.pdf. 
  47. Frederick, C.; Hunt, K. E.; Kyes, R.; Collins, D.; Wasser, S. K. (2012). "Reproductive timing and aseasonality in the sun bear (Helarctos malayanus)". Journal of Mammalogy 93 (2): 522–531. doi:10.1644/11-MAMM-A-108.1. 
  48. Schwarzenberger, F.; Fredriksson, G.; Schaller, K.; Kolter, L. (2004). "Fecal steroid analysis for monitoring reproduction in the sun bear (Helarctos malayanus)". Theriogenology 62 (9): 1677–1692. doi:10.1016/j.theriogenology.2004.03.007. PMID 15511554. 
  49. 49,0 49,1 Humphrey, S. R. „[[[:Andoza:Google Books]] Malayan sun bear]“,. Endangered Animals of Thailand. Florida: Sandhill Crane Press, 1990 — 313–315 bet. ISBN 1-877743-07-0. 
  50. Li, F.; Zheng, X.; Jiang, X. L.; Chan, B. P. L. (2017). "Rediscovery of the sun bear (Helarctos malayanus) in Yingjiang County, Yunnan Province, China.". Zoological Research 38 (4): 206–207. doi:10.24272/j.issn.2095-8137.2017.044. PMID 28825452. PMC 5571478. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5571478. 
  51. Nazeri, M.; Kumar, L.; Jusoff, K.; Bahaman, A. R. (2014). "Modeling the potential distribution of sun bear in Krau Wildlife Reserve, Malaysia". Ecological Informatics 20: 27–32. doi:10.1016/j.ecoinf.2014.01.006. 
  52. Wong, W.-M.; Linkie, M. (2013). "Managing sun bears in a changing tropical landscape". Diversity and Distributions 19 (7): 700–709. doi:10.1111/ddi.12020. 
  53. Nazeri, M.; Jusoff, K.; Madani, N.; Mahmud, A. R.; Bahman, A. R. (2012). "Predictive modeling and mapping of Malayan sun bear (Helarctos malayanus) distribution using maximum entropy". PLOS ONE 7 (10): e48104. doi:10.1371/journal.pone.0048104. PMID 23110182. PMC 3480464. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3480464. 
  54. Nomura, F.; Higashi, S.; Ambu, L.; Mohamed, M. (2004). "Notes on oil palm plantation use and seasonal spatial relationships of sun bears in Sabah, Malaysia". Ursus 15 (2): 227–231. doi:10.2192/1537-6176(2004)015<0227:NOOPPU>2.0.CO;2. 
  55. Te Wong, S.; Servheen, C.; Ambu, L.; Norhayati, A. (2005). "Impacts of fruit production cycles on Malayan sun bears and bearded pigs in lowland tropical forest of Sabah, Malaysian Borneo". Journal of Tropical Ecology 21 (6): 627–639. doi:10.1017/S0266467405002622. 
  56. Fredriksson, G. (2005). "Human-sun bear conflicts in East Kalimantan, Indonesian Borneo". Ursus 16 (1): 130–137. doi:10.2192/1537-6176(2005)016[0130:HBCIEK]2.0.CO;2. 
  57. Ngoprasert, D.; Reed, D. H.; Steinmetz, R.; Gale, G. A. (2012). "Density estimation of Asian bears using photographic capture–recapture sampling based on chest marks". Ursus 23 (2): 117–133. doi:10.2192/URSUS-D-11-00009.1. 
  58. Sodhi, N. S.; Koh, L. P.; Brook, B. W.; Ng, P. K.L. (2004). "Southeast Asian biodiversity: an impending disaster". Trends in Ecology & Evolution 19 (12): 654–660. doi:10.1016/j.tree.2004.09.006. PMID 16701328. 
  59. Stibig, H.-J.; Achard, F.; Carboni, S.; Raši, R.; Miettinen, J. (2014). "Change in tropical forest cover of Southeast Asia from 1990 to 2010". Biogeosciences 11 (2): 247–258. doi:10.5194/bg-11-247-2014. 
  60. Fredriksson, G. M.; Danielsen, L. S.; Swenson, J. E. (2006). "Impacts of El Niño related drought and forest fires on sun bear fruit resources in lowland dipterocarp forest of East Borneo". Biodiversity and Conservation 16 (6): 1823–1838. doi:10.1007/s10531-006-9075-0. 
  61. Fredriksson, GM (2005). "Predation on Sun Bears by Reticulated Python in East Kalimantan, Indonesian Borneo.". Raffles Bulletin of Zoology 53 (1): 165,168. 
  62. Naing, Hla; Htun, Saw; Kamler, Jan F.; Burnham, Dawn; Macdonald, David W.. Large carnivores as potential predators of sun bears. Ursus. 30. pp. 51,57. doi:10.2192/URSU-D-18-0022.2. 
  63. Gomez, L; Shepherd, C. R.; Khoo, M (2020-03-12). "Illegal trade of sun bear parts in the Malaysian states of Sabah and Sarawak" (en). Endangered Species Research 41: 279–287. doi:10.3354/esr01028. ISSN 1863-5407. https://www.int-res.com/abstracts/esr/v41/p279-287/. 
  64. Gomez, Lalita; Shepherd, Chris R.; Khoo, Min Sheng (2020-03-12). "Illegal trade of sun bear parts in the Malaysian states of Sabah and Sarawak" (en). Endangered Species Research 41: 279–287. doi:10.3354/esr01028. ISSN 1863-5407. https://www.int-res.com/abstracts/esr/v41/p279-287/. 
  65. Meijaard, E. (1999). "Human imposed threats to sun bears in Borneo". Ursus 11 (A Selection of Papers from the Eleventh International Conference on Bear Research and Management, Graz, Austria, September 1997, and Gatlinburg, Tennessee, April 1998): 185–192. http://www.bearbiology.com/fileadmin/tpl/Downloads/URSUS/Vol_11/Meijaard_Vol_11.pdf. 
  66. 66,0 66,1 Foley, K. E.; Stengel, C. J.; Shepherd, C. R. (2011). Pills, powders, vials and flakes: the bear bile trade in Asia (Report). TRAFFIC Southeast Asia, Petaling Jaya, Selangor, Malaysia. pp. 1–79. https://www.traffic.org/site/assets/files/2704/pills_powders_vials_and_flakes_report.pdf. 
  67. Scotson, L.; Hunt, M. (2012). "Dismantling the "wall of death": emergency bear snare-line patrol in the Nam Kan National Protected Area, Lao PDR". International Bear News 21 (4): 17–19. https://www.researchgate.net/publication/318988031. 
  68. Sethy, J.; Chauhan, N. P. S. (2012). "Conservation status of sun bear (Helarctos malayanus) in Nagaland state, north-east India". Asian Journal of Conservation Biology 1 (2): 103–109. http://ajcb.in/journals/full_papers_dec_12/8_Sethy_Chauhan%20_AJCB_1_2_103-109.pdf. 
  69. Asher, C.. „Malayan sun bear: bile trade threatens the world's smallest bear“. Mongabay (2016-yil 1-avgust). Qaraldi: 2020-yil 5-may.
  70. Krishnasamy, K.; Shepherd, C. R. (2014). "A review of the sun bear trade in Sarawak, Malaysia". TRAFFIC Bulletin 26 (1): 37–40. https://www.traffic.org/site/assets/files/3004/traffic_pub_bulletin_26_1_sun_bear_trade_sarawak_malaysia.pdf. 
  71. Li, T. C.. „Sun bears: At home in the forest“. The Star (2014-yil 5-may). Qaraldi: 2020-yil 5-may.
  72. Ball, J. (2000). Sun bear fact sheet (Report). Association of Zoos and Aquariums. pp. 1–2. Archived from the original on 27 August 2008. https://web.archive.org/web/20080827194607/https://nagonline.net/Fact%20Sheet%20pdf/AZA%20-%20Sun%20Bear%20Fact%20Sheet.pdf. 
  73. Kok, J., ed (2008). EAZA Bear TAG Annual Report 2007–2008 (Report). European Association of Zoos and Aquaria. 

Havolalar