Boybuloq: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
PJakopin (munozara | hissa)
Yangi maqola
(Farq yoʻq)

21-Aprel 2021, 09:55 dagi koʻrinishi

Boybuloq

G'orga kirish
Mintaqa Boysun
Chuqurlik 1415 m
Uzunlik 14800 m
Balandligi 2647 m
Mezbon jinslar ohaktosh
Kirishlar soni 2
38°23′45″N 67°31′47″E / 38.39583°N 67.52972°E / 38.39583; 67.52972 G OKoordinatalari: 38°23′45″N 67°31′47″E / 38.39583°N 67.52972°E / 38.39583; 67.52972 G O
Boybuloq xaritada
Boybuloq
Boybuloq

Boybuloq (Бойбулоқ) — O‘zbekistonning ohaktoshli tog‘larida karst jarayonlari natijasida paydo bo‘lgan g'or, u Markaziy Osiyodagi eng chuqur g'or hisoblanadi. Chuqurligi 1415 m, uzunligi 14800 m. Asosiy kirish joyi dengiz sathidan 2647 m balandda, Surxontog‘ tizmasi platosida, Hisor tizmasining janubiy yonbag'rida joylashgan. G'or mamlakatning janubi-sharqida, eng yaqin qishloq - Dehibolo, Boysun shimolida.[1][2][3][4][5]

G‘or yuqori va o‘rta yura davriga tegishli ohaktoshli tog‘larning yopiq karstida, monoklinal qatlamda, anti-klinalning saqlanib qolgan qanotida rivojlanmoqda. Ohaktoshli qatlamlarning quvvati 200 dan 350 metrgacha. Aksariyat ohaktoshli g‘orlardan farqli o‘laroq, u suvning sirtdan kirishi natijasida hosil bo‘lmagan, uning kelib chiqishi kondensasion xarakterga ega, chunki eruvchan jins erimaydigan qatlamlar bilan qoplangan.[6] Binobarin, g‘or asosan juda tor, qatlamlarning tushish burchagi bo‘yicha pasayib boruvchi meandrlardan iborat, qatlamlar vaqti-vaqti bilan 30 metrdan chuqur bo‘lmagan vertikal quduqlar bilan kesishadi va o‘tib bo‘lmaydigan sifon bilan tugaydi.[4] Rus speleologlari Boybuloqni 1985 yildan beri o‘rgana boshladilar. Ekspeditsiya Yekaterinburg Speleoklubi (SGS) tomonidan Ural speleologlari birlashmasi (ASU) va Rossiyadagi boshqa klublar bilan birgalikda Italiya, Buyuk Britaniya, Slovakiya, Frantsiya va Shveysariya (xronologik tartibda) speleologlari ishtirokida o‘tkazilmoqda.[7][8]

Nomlanishi

G‘orga kirish joyidan ushbu qurg‘oq joylar uchun noyob bo‘lgan kichik jilg‘a oqadi, g‘orga mana shu jilg‘adan kelib chiqib nom berilgan. “Boy” va “buloq” so‘zlaridan yasalgan bu nom yaqin atrofdagi qishloqlar aholisi tomonidan berilgan.[9][10]

Tarix

G‘orning birinchi tadqiqotchisi Mustafoqulning chirog‘i

G‘or mahalliy aholiga qadim zamonlardan beri ma'lum bo‘lgan, chunki uning kirish joyidan boshlab tog‘ yonbag‘ri bo‘ylab jilg‘a oqadi. Yanvar-aprel oylarida 1800 m balandlikda joylashgan Dehibolo qishlog‘i (uning nomi tojik tilidan "eng baland qishloq” deb tarjima qilinadi) qalin qor sababli dunyodan uzilib qoladi, yozda esa aholiga suv beradigan bir nechta buloqlar qurib qolishi mumkin.[11] 1971 yil may oyida kuchli qurg‘oqchilik paytida, sakkiz farzandning otasi Dehibolo qishloq maktabi o‘qituvchisi Mustafoqul Zokirov o‘spirin o‘g‘li bilan eshaklarga minib suv olib kelish uchun to‘rt soat yo‘l yurib g‘orga (6 km)[12] borishdi. G‘or unga ma’lum, u avvallari bir necha bor u yerga borgan edi. Ular g‘orga yetib kelishdi, kiraverishda jilg‘a yo‘qligi sababli, Mustafoqul suv izlab g‘orga kirib ketdi. Taxminan bir soat o‘tgach, u emaklab, birinchi quduq yaqiniga yetib bordi, o‘sha yerda uning kerosinli chirog‘i o‘chdi. Qorong‘ida u kirish yo‘lini adashtirib qo‘yib, jarga yiqilib, halok bo‘ldi. O‘g‘li tong otishini kutib, qishloqqa yolg‘iz qaytib keldi.[13][9][14]

Dehibolo erkaklari o‘sha yil yozda, keyingi yillarda Mustafoqulni g‘ordan topishga bir necha bor urinishgan, ammo natija bo‘lmagan. Uning jasadi faqat 1985-yilda g‘orda o‘tkazilgan birinchi speleologik tadqiqot paytida topilgan.[14]

Tadqiqot

Boybuloqqa olib boruvchi kanyonda topilgan 40x40 sm kattalikdagi toshga aylangan dinozavr izlari.

1972-yilda O‘zbekistondagi Qirqtog‘ platosida dengiz sathidan 2340 m balandlikda Kiev g‘ori kashf etilib, 990 m chuqurlikkacha bo‘lgan qismi o‘rganilgach, u sobiq Ittifoqdagi eng chuqur g‘or deb tan olingan edi. U 1977-1978-yilgacha shu maqomda qoldi,[15] Sverdlovsk (SGS) speleologlari 1970-yillarning oxiri va 1980-yillarning boshlarida Markaziy Osiyoda yangi chuqur g‘orlarni qidira boshladilar.[16] 1981-yil may oyida ular dengiz sathidan 3 100 m balandda, Ketmonchopti tizmasida Zindon g‘orini topdilar, keyinchalik bu g‘or Ural-Zenkov (Zindon) deb nomlandi. Uning 1 300 m balandligida buloq mavjud bo‘lib, bu g‘orning juda chuqur bo‘lishi mumkinligini bildirardi. 1983-yil yanvargacha uning 565 m chuqurligiga tusha olishdi, chunki yanada pastroq tushish uchun sifon juda tor edi.[16][17] 1983-yil yozida o‘tkazilgan bir nechta qidiruv ekspeditsiyalari muvaffaqiyatsiz tugadi, 1984-yilda SGS speleologlarining kichik guruhi Xo‘ja G‘urg‘urota massiviga borib, u yerda bir nechta istiqbolli kirish yo‘llarini topdilar.[14]

1985-yildagi katta ekspeditsiya davomida besh kishidan iborat guruh platoda yangi g‘orlarni qidirish uchun Surxontog‘ tizmasiga jo‘natildi. Yo‘lda, dengiz sathidan 1 455 metr balandda joylashgan Qo‘rg‘oncha qishlog‘ida[18] ularga platoda yuqoriroqda joylashgan Boybuloq nomli g‘or haqida hikoya qilishdi. U yerga Dehibolo qishlog‘ida yashovchi kishi 1971-yilda suv qidirish uchun borib, qaytib kelmagan.[9][10] Ular jilg‘a o‘zani bo‘ylab yurib, 2650 m balandlikda g‘orga kiradigan pastak joyni topdilar. G‘or 30 metrli yarim sifondan boshlandi, unda suyuq loyga bo‘ynigacha botib, to tik turish mumkin bo‘lgan joygacha emaklab borish kerak edi.[6] U yog‘iga 600 m keladigan tor meandr cho‘zilib yotadi, u 90 m gacha balandlashib borib, keyin pastga tushadi.[11] Ko‘p o‘tmay, meandr 27 metrlik quduqqa yetib boradi, uning tubida odam jasadining qoldiqlari topilgan. Ular Mustafoqul Zokirovga tegishli edi.[9]

Nafaqat Boybuloq, balki bu yerdagi boshqa g‘orlarning aksariyati uzun va tor meandrlandan iborat, ulardan o‘tish qiyin, favqulodda vaziyatlarda yordam berish juda murakkab,[6] ekspeditsiya a'zosi Sergey Kuklev yozganidek:

Men Il’yadan iloji boricha muloyim tarzda to‘siqlardan qanday qilib o‘tish qulayroq, tepasidanmi yoki pastidanmi, deb so‘radim. Il’ya o‘ylab turib, shubhasiz, pastdan o‘tish qulayroq bo‘ladi, deb javob berdi. Shunday qilib, men qalqonbaliqdek yalpayib olib, toshlar tagidagi bosh arang sig‘adigan yoriqqa kirdim. Va tiqilib qoldim. Egnimdagi kombinezon ilma-teshik bo‘lib yirtilganidan orqaga qaytishga imkon bermasdi, shuning uchun biroz dam olish uchun to‘xtashga majbur bo‘ldim... Boybuloq g‘orida tiqilib qolgan odamga faqat Xudo yoki uning o‘zi yordam berishi mumkin - tor yo‘laklarga ikki kishi sig‘maydi. Oldingi ekspeditsiyalarda speleologlardan biri quduq ichiga qoqilgan ilgakdan tushib ketib, 17 metr pastga yiqilib, ikkala oyog‘ini sindirib olgan. O‘sha paytda ular qila oladigan yagona ish unga og‘riq qoldiruvchi dorilarni uzluksiz uzatib turish bo‘ldi, xolos. Oyoqlari singan odam Boybuloqdan ikki kun davomida emaklab chiqib keldi...[6]

Boybuloq – g‘or profilining SW dan NW-SE yuzasi bilan birgalikda ko‘rinishi

Keyingi yillarda quyidagi ekspeditsiyalar o‘tkazildi: 1986-yilda g‘orning 400 m joyidan o‘tildi; 1987-yilda 500 m gacha o‘tilib, Zokirov jasadining qoldiqlari uning oilasiga topshirildi; 1988-yilda sifonning 600 m joyini akvalangsiz (fridayving) suzib o‘tishdi, sifonning narigi tomonidagi to‘siqni buzib tashlab, uning balandligini yarim sifon darajasiga tushirishdi va g‘orning yangi qismini topib, uning 900 m gacha bo‘lgan qismidan o‘tishdi. 1989-yilda Sovet-Italiya qo‘shma ekspeditsiyasi 1154 m chuqurlikdagi yakuniy sifonga yetib bordi va +156 m gacha yuqoriga ko‘tarildi, bu g‘orning umumiy amplitudasi – 1310 m ni tashkil qildi.[4] 1990-yilda Sovet-Britaniya ekspeditsiyasi g‘orning Yangi qismini +222 m (umumiy amplituda – 1376 m) tadqiq etishga muvaffaq bo‘ldi.[19] Yuqoridagi xaritadan ko‘rinib turibdiki, xalqaro ekspeditsiyalar g‘orning yangi qismlarining nomlarida “Italyan” va “Ingliz” galereyalari bo‘lib aks etgan.

Asosiy lager, 1992 yil
Ekspeditsiya a'zolari Sodiq Djo'raevni tinglashadi, Boysun 2013 yil

1991-yilda Yangi qismning pastki davomi topildi, 1992-yilda +257 m nuqtagacha ko‘tarilib boruvchi quduqdan o‘tildi, bu g‘orning yakuniy amplitudasini (1415 m) hosil qildi.[14][2] 1995-yilda, Ko‘chki zalidagi o‘pirilishdan hosil bo‘lgan to‘siqni qazish ishlari olib borildi, 1998-yilda esa Rus tunnelida lager o‘rnatildi, 560 m chuqurlikdagi sifonga tushishga urinishdi, lekin bu harakat muvaffaqiyatsiz tugadi, Boybuloq g‘ori kelib tushadigan Xoltan Chashma bulog‘i tubiga tushish ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi.[14] Buloq g‘orning oxirgi sifonidan 130 m pastda joylashgan, masofa esa gorizontaliga 7 km ni tashkil etadi, shuning uchun ulanish joyini suv bosgan bo‘lishi mumkin.[9] Keyingi yillarda SSSRning qulashi bilan bog‘liq bo‘lgan beqaror vaziyat speleologik ekspeditsiyalar o‘tkazish imkonini bermadi, SGS speleologlari Boybuloqqa faqat 2007-yilda qaytib kelishdi, keyin ekspeditsiyalar doimiy ravishda davom etdi.[20] Boybuloqda yangi kirish yo‘llari kashf qilindi, o‘rganildi, ammo g‘orning chuqurligi o‘zgarmadi.[21] 2014- va 2015-yillarda 170 m masofada va 18 m chuqurlikda linzasimon, o‘tish imkoni bo‘lmagan tor grotga yetishgandan keyin Xoltan Chashma bulog‘i tubiga tushish ishlari amalga oshirildi.[22]

Vishnyovskiy g'ori

Cho‘lbayir tog‘ tizmasidagi Vishnyovskiy g‘origa kirish joyi.

2015 1988-1992-yillarda va 1995-2008-yillarda Boybuloqqa SGS ekspeditsiyalariga rahbarlik qilgan Aleksandr Sergeevich Vishnyovskiy vafot etgan 2015-yili,[23] Vasiliy Samsonov boshchiligidagi 7 kishidan iborat qidiruv guruhi Orenburgdan kelib, SGS va ASU ekspeditsiyasi doirasida Boybuloq tepasidagi balandligi 150-200 m keladigan devorning 3 kilometrlik uchastkasini sinchiklab tadqiq etdi. Ular g‘orga kirish mumkin bo‘lgan bir nechta joylarni topdilar, ularning barchasi devor chetidan 30-50 m pastda joylashgan bo‘lib, ChB-15 deb nomlangan kirish joyi eng istiqbolli bo‘lib chiqdi. Kirish joyi 3522 m balandlikda joylashgan bo‘lib, u plato chetidan 25 metr pastda, balandligi sakkiz metr bo‘lgan va faqat vertikal ilgak bilan tushish mumkin bo‘lgan grotdir. G‘or tor meandrlar bilan bog‘langan kichik quduqlar kaskadi bilan boshlanadi. Kirish joyidan 400 metr narida 70 metr chuqurlikda jamoa juda tor, shifti baquvvat yo‘lak oldida to‘xtadi. 4 soatlik urinishdan so‘ng ular o‘tish joyini kengaytirdilar, uning ortidan chuqur quduq ochildi, uni o‘rganish keyingi yilga qoldirildi.[5][24]

2016 Boysuntog‘-2016” ekspeditsiyasi doirasida ChB-15 g‘orida 7 kishidan iborat guruh ishladi: Rossiyadan 4 va Italiyadan 3 kishi (La Venta speleoklubi). Asosiy lagerdan g‘orgacha bo‘lgan masofa uzun (3 soat) bo‘lgani uchun lagerning bir qismini tizmaning tepasiga ko‘chirishga qaror qilindi. Suv yo‘qligi, shamolning kuchliligi va tunda havoning sovib ketishi tufayli vaziyat murakkablashdi. G‘orda o‘tish qiyin bo‘lgan tor joy kengaytirildi va ekspeditsiya a'zolari 15 metr pastga – Kunitsa zaliga tushishdi, zal balandligi 3 dan 30 m gacha bo‘lgan juda tor meandr bilan davom etdi, shundan so‘ng 2-3 soatdan keyin pastga enib ketgan sirpanchiq yo‘l keldi. U kirish joyidan 4-5 soatlik masofadagi 40 metrlik quduqqa olib bordi. Bu joydan sal naridagi kichkina grotda kelasi yili yerosti baza lazeri “Lager -168" o‘rnatildi. Kashfiyotchilar kengaytirish taqozo etiluvchi qator vertikal va gorizontal tor joylardan keyin tubida kichkina jilg‘a oqib yotgan anchagina keng meandrga tushishdi. 300 m dan keyin ular 12 m chuqurlikdagi quduqni topishdi va yangi – yanada kengroq va balandroq meandrga tushishdi. Bir soatdan keyin hujumkor juftlik navbatdagi 8 metrlik quduqqa yetib bordi, lekin vaqt yetishmasligi ularni qaytishga majbur qildi. G‘orning suratga olingan qismining chuqurligi 234 m, uzunligi 1089 m edi. ChB-15 g‘ori Aleksandr Vishnyovskiy nomidagi g‘or deb nomlandi va asta-sekin Boybuloq tomon cho‘zilib bordi.[25][5]

Georgiy Sapojnikov ChB-17 da meandrni kengaytirmoqda. 2017-yil.

2017 SGS va ASU dan 10 kishilik guruh g‘orning tepasida, 3500 m balandlikda lager qurdilar. Qisqa iqlimga moslashuvdan so‘ng Lager-168 tashkil etildi, Sergey Teryoxin va Artur Abdiushev o‘sha yerdan har kuni yo‘lga chiqib, 735 m chuqurlikdagi sifonga yetib borishdi. Keyin pastki qismini yanada batafsil o‘rganish uchun yana bir lager, bu safar gamak tipidagi lager o‘rnatildi. Yangi qism kengligi o‘rtacha 50 sm bo‘lgan galereya bo‘lib, unga 4 irmoq (hali o‘rganilmagan) kelib quyiladigan jilg‘a oqadi. Topografik suratga olish ishlari 2 800 m uzunlikkacha va 586 m chuqurlikkacha olib borildi, bu shuni ko‘rsatdiki, g‘or Boybuloqning yangi qismiga tomon bir tekis, xuddi plato yuzasi kabi 19 daraja burchak ostida, sathdan 70-100 m pastda tushib boradi. Shuningdek, g‘orning 3D modelini yaratish uchun ushbu hududning yuzasini aniq suratga olish ishlari amalga oshirildi. Jamoaning bir qismi g‘orga tushadigan mashaqqatli yo‘lni qisqartirish maqsadida platoda ham, devorda ham Vishnyovskiy g‘origa kiruvchi qo‘shimcha yo‘llarni izladi. Bir nechta qiziqarli g‘orlar topildi, masalan, Lunnaya (Oydin), U istochnika (Buloq yonida), Logovo (Uya). Ish ChB-17 g‘orida ham olib borildi. Ammo topilgan g‘orlarning birontasi ham Vishnyovskiy g‘ori bilan birlashmadi.[5]

Cho‘lbayir-2018 ekspeditsiya jamoasi

2018 25 kishidan iborat xalqaro guruh: Rossiyadan 14 kishi, Fransiyadan 8 kishi va Shveysariyadan 3 kishi - nafaqat Vishnyovskiy, balki Boybuloq, Lunnaya va ChB-5 g‘orlarida ham ishladilar. Yer usti lageri 3000 m balandlikda, Vishnyovskiy g‘origa kirishdan piyoda bir soatlik va Boybuloqdan bir yarim soatlik masofada joylashgan edi. G‘orda ikkita – biri 350 m, ikkinchisi 600 m balandlikda gamak tipidagi ikkita lager o‘rnatildi. Sifonni aylanib o‘tadigan yo‘lni topib bo‘lmadi, lekin pastki lagerdan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda, qarama-qarshi (ko‘tarma) yo‘nalishda cho‘zilib ketgan yonlama oqimda qiziqarli uzun galereya topildi, u Boybuloqning yuqori qismiga qarab ketgan edi. Tekshirilgan boshqa ikkita irmoqlardan birida balandligi 80 m bo‘lgan katta quduq topildi, u yer yuzasiga yaqinlashib, 20 m pastda to‘xtagan. Boybuloqning yangi qismida ikki g‘orning ehtimoliy ulanish nuqtasini qidirish ishlari amalga oshirildi. Vishnyovskiy va Lunnaya g‘orlaridagi 2500 m yangi yo‘llar xaritaga tushirildi. Boybuloqqa olib boradigan kanyonda dinozavrlarning izlari topildi.[5][3][26][27][28]

Aleksey Seryogin va Yekaterina Bazarova Vishnyovskiy g‘origa kirishdan oldin, 2019-yil

2019 Ekspeditsiyani to‘plash qiyin bo‘ldi, chunki g‘or tubida ishni davom ettirishning aniq istiqbollari yo‘q edi, shunday bo‘lsa-da, Ural, Moskva va Irkutskdan 15 kishidan iborat guruh yig‘ildi. Yer usti lageri Lunnaya g‘ori yaqinida, tekshirilgan joyda o‘rnatildi, to‘rt kishidan iborat guruhga: Yevgeniy Sakulin, Pyotr Koveshnikov, Anastasiya Yanina va Andrey Minogin “Sifonniy” nomli lager o‘rnatish, -600 m chuqurlikdagi irmoqning davomini topish, pastki sifonni yana bir marta tekshirib ko‘rish va eski yo‘lni qazib ko‘rishga urinish uchun g‘or tubiga tushishdi. Ammo birinchi kunning o‘zidayoq Yevgeniy va Anastasiya tor, yarmigacha suv bosgan yo‘ldan emaklab borib, sifon ortidagi meandrga yetib borishga muvaffaq bo‘lishdi. U yog‘iga g‘or pastga qarab tushib borardi. Ushbu yangilik telefon orqali yer yuzida qolganlarga uzatildi. Qolgan ish rejalari bekor qilindi va Yevgeniy Ribka, Vasiliy Samsonov va Vadim Loginov bilan kuchaytirilgan guruh yangi qismga yo‘l oldi. Qidiruv guruhi Belota tizmasidan qaytib kelgandan so‘ng, Vishnyovskiy g‘oridagi tadqiqotga Yevgeniy Tsurixin, Aleksey Seryogin va Yekaterina Bazarova[5] ham qo‘shilishdi. Sifondan keyin g‘or keng meandr bo‘lib davom etdi, uning tubida jilg‘a bo‘lib, 1-5 m o‘yiqlari (kamarlari) bor edi. Bir muncha vaqt o‘tgach, jilg‘a xalqob tagidagi tor tuynukka kirib g‘oyib bo‘ldi va “Katta galereya” boshlandi. Avvaliga past shiftli quruq yo‘lakdan o‘tildi, bir nechta halqa yo‘lakdan keyin tunnel emaklab yuradigan darajada pasayib, ho‘l bo‘lib ketdi, keyin qattiq yer loyga aylandi. Bu uchastkani bosib o‘tishga 2 soat sarf bo‘ldi. Yo‘lka yangi meandr bilan kesildi, u yerda shift ostida "Katta ko‘chki zali" topildi. Keyingi meandr keng emas, tubida kichik jilg‘a bo‘lib, ba’zi joylarini xalqob bosgan edi. Chapdan yana bir boshqa irmoq oqib kelardi.[5]

Vasiliy Samsonov va Sergey Teryoxin, Lager -168, 2019 yil
Lager "Uya", 1049 m chuqurlikda, 2019 yil

Yo‘l ilgakli bir nechta o‘yiqlar (kamarlar) bilan davom etdi. Ko‘plab xalqoblar yig‘ilib qolgani uchun chiroyli rangli meandr “Qahrabo daryosi” degan nom oldi. U yog‘iga o‘ng tomonda kuchli irmoq o‘tardi, ehtimol, u Katta galereya boshlanishi oldidan oyoq ostida g‘oyib bo‘luvchi suvning asosiy oqimi edi. Ulanish joyini “Akvapark” deb nomlashdi, chunki uni dushdagidek sharros quyilib turgan suv ostida yugurib o‘tish kerak edi. Chapda, “Akvapark"dan keyin, kichkina tokchada “Uya” chodirli baza lageri o‘rnatildi. Undan naryog‘ida katta meandr cho‘zilgan, unda suv oqimi taxminan l L/s bo‘lgan suv oqimi bor edi. Bu hudud uchun suvning bunday sarfi katta hisoblanadi. Keyin suv yaxshigina dushdek sharillab oqayotgan 12 metrli “Friroup” qudug‘i, uning ketidan 10, 8 va 12 metrlik quduqlar keladi. Guruh “50 m kordos” deb nomlangan chuqurligi 20 metr keladigan quduqning tepasida to‘xtadi, uning ortidan yana bitta tushish yo‘li ko‘rinib turardi. Vaqt kam, arqonlar va anker yetarli emas. G‘or Boybuloqning yangi qismidagi quduqlar kaskadi tomonga qarab borardi. Uzunligi 8004 m keladigan Vishnyovskiy g‘orining -1158 m gacha bo‘lgan qismi o‘tildi. 2019-yilda 168 m, 614 m va 1049 m chuqurlikda uchta yerosti lageri o‘rnatildi, g‘or 438 m chuqurlikda va 2628 m uzunlikda o‘rganib chiqildi.[5][29][24][30][31]

Vishnyovskiy g‘oridagi eng chuqur joy Boybuloqdan vertikaliga 50 m balandlikda va gorizontaliga 200 m masofada joylashgan. Ularning ulanishi umumiy chuqurligi 2033 m bo‘lgan tizimning paydo bo‘lishiga olib kelgan bo‘lardi.[5] Bu keyingi ekspeditsiya paytida yoki undan keyin sodir bo‘lishi mumkin. Vishnyovskiy g‘orining asosiy yo‘lagi balki Boybuloq yonidan o‘tib, u bilan dengiz sathidan 2300 m balandlikda bog‘lanmasligi, o‘zining nazariy ikki kilometrlik chuqurligida davom etishi ham mumkin.[7]

Boybuloq va Vishnyovskiy g‘orining profili yuzasi bilan

2020 COVID-19 pandemiyasi tufayli Cho‘lbayir tizmasining g‘orlariga, ayniqsa, Vishnyovskiy g‘origa katta ekspeditsiya tashkil qilish rejalari kechiktirildi.[32]

G'or va dunyo

2019-yil ekspeditsiyasi davomida Vishnyovskiy g‘orida qilingan kashfiyotlar Cho‘lbayir tizmasida juda chuqur, murakkab va birlashgan yuksak tog‘li g‘or tizimi mavjudligi haqidagi taxminlarni tasdiqladi.[5]

Dunyoda balandligi 8000 metrdan yuqori bo‘lgan 14 ta tog‘ bor, birinchi tog‘ 1950-yilda, oxirgisi 1964-yilda zabt etilgan, ammo 2000 metrdan chuqur bo‘lgan 2 ta g‘or mavjud, xolos.[33][34] Ikkalasini ham super g‘or[35] deyish mumkin, sayyoramizning zabt etilmagan so‘nggi qismlari bu maqomga yarim asr avval ega bo‘lishdi. Kruber-Voronya (chuqurligi 2197 m) 44 yillik izlanishlardan so‘ng, 2004 yilda, Veryovkin g‘ori (chuqurligi 2212 m) kashf etilgandan 49 yil o‘tib, 2017 yilda 2000 m dan oshdi.[36][37] Boybuloq va Vishnyovskiy g‘orining qo‘shilishi mana shunday uchinchi g‘orning paydo bo‘lishiga olib kelgan bo‘lardi.[5] 2001 yilda dunyodagi eng chuqur g‘or Markaziy yevropadan G‘arbiy Kavkazdagi Abxaziyaga ko‘chirildi, u yerda 2020 yil holatiga to‘rtta eng chuqur g‘orlar[38] joylashgan. Chuqurlik bo‘yicha oshish istiqbollari Arabika va Bzib ohaktoshli tog‘ massivlaridagi g‘orlarning kirish yo‘llarilarining balandligi bilan cheklangan. Va u kamdan-kam hollarda 2300 m dan oshadi (Arabikaning yuqori nuqtalari – 2656 m, Napraning eng baland nuqtasi – 2684 m).[39] Chuqur g‘orlar uchrashi uchun katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan ohaktoshli tog‘larning yana ikkita hududi – Meksika janubidagi Oaxaka shtatida hududidagi Serra-de-Xuares tog‘ tizmalari bo‘lib, CHeve g‘ori mavjud, u yerda ohaktosh qatlami 2500 m dan oshadi, shuningdek, Turkiyaning Aladag‘lar massivi, u yerda Quzg‘un g‘ori mavjud, ohaktosh qatlami 4000 m ni tashkil qiladi. Katta sa'y-harakatlarga qaramay, Serra-de-Xuaresdagi ishlar 40 yildan ortiq, Aladag‘dagi ishlar 20 yildan ziyod davom etdi, lekin 1524 m va 1400 m dan ortiq chuqurlikka etib borishnng iloji bo‘lmadi.[35][40][41][42]

Bu faktlar speleologiya olamida Boybuloqqa, O‘zbekistonga va Markaziy Osiyoga bo‘lgan e'tiborni sezilarli darajada oshirdi. Boysuntau Karst va G'orlarni o'rganish, 2020-2021,[43] Karst, dunyo tomida (Pomir, Tojikiston), 2020-2021,[44] Markaziy Osiyo transchegaraviy speleoloyiha,[45] "Tuyamo‘yin" speleologik ekspeditsiyasi. (Oloy tog 'tizmasining yonbag‘irlari, Qirg'iziston) kabi bir qator mintaqaviy loyihalar tashabbusi bilan chiqildi.[46] Boybuloq va CHo‘lbayir ham O‘zbekistonning diqqatga sazovor ob’yektlari ro‘yxatiga qo‘shildi.[47]

Boybuloq 1992 yilda italiyalik speleologlarning kitobida tasvirlangan,[48] u Bi-Bi-Si hisobotida taqdim etilgan.[13] G'or haqidagi bir nechta sahifalar ekspeditsiya tashkilotchisining kitobida mavjud: SGS. Kadrning markazida,[49] shuningdek, g‘or, ekspeditsiya a'zolaridan birining romani –Mening boshimda qipiq.. (V golove moyey opilki…) romaniga asosiy syujet bo‘lib xizmat qilgan.[50]

Manbalar

  1. Gulden, Bob „Worlds deepest caves“ (en). Geo2 Committee on Long and Deep Caves. National Speleological Society (NSS) (2020 yil 22-yanvar). Qaraldi: 2021 yil 16-fevral.
  2. 2,0 2,1 Curihin, Evgenij „Бой-Булок (Бай-Булак)“ [Boybuloq] (ru). speleoatlas.ru - Caving atlas of Russia and the Commonwealth of Independent States (CIS). Русское географическое общество / Russian Geographic Society (2017 yil 1-aprel). Qaraldi: 2020 yil 18-may.
  3. 3,0 3,1 Loginov, Vadim „Бой-Булок 2018“ [Boybuloq 2018] (ru). SGS - Ekaterinburg speleo club (2018 yil 11 mart). Qaraldi: 2021 yil 6-fevral.
  4. 4,0 4,1 4,2 Curihin, Evgenij; Loginov, Vadim; Sauro, Francesco; Breitenbach, Sebastian (2014 yil). "Exploration of High Altitude Caves in the Baisun-Tau Mountain Range, Uzbekistan" (en). p. 147-152. https://www.researchgate.net/publication/259646057. Qaraldi: 2020 yil 28-may. 
  5. 5,00 5,01 5,02 5,03 5,04 5,05 5,06 5,07 5,08 5,09 Samsonov, Vasilij; Loginov, Vadim „История исследования пещеры им. А.С. Вишневского“ [History of the exploration of A. S. Višnevskij cave] (ru). SGS - Ekaterinburg Speleo Club (2020 yil 12-aprel). Qaraldi: 2021 yil 9-fevral.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 Kuklev, Sergej „Азия: туда и обратно“ [Asia: round trip] (ru) (1999 yil). 2006-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020 yil 1-may.
  7. 7,0 7,1 „Who are we?“ (en). SGS - Ekaterinburg speleo club (2020 yil dekabr). Qaraldi: 2021 yil 7-fevral.
  8. „Boy Bulok 2018“ [Boybuloq 2018] (fr, en) (2018 yil dekabr). Qaraldi: 2021 yil 9-mart.
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 Kuklev, Sergej „История исследования пещеры Бой-Булок (Александр Вишневский)“ [History of exploration of Boy Bulok cave (Aleksandr Višnevskij)] (ru). Комиссия спелеологии и карстоведения / Speleology and Karst Studies Commission (1999 yil). Qaraldi: 2020 yil 1-may.
  10. 10,0 10,1 Kuklev, Sergej „Средневековье Средней Азии“ [Middle Ages of Central Asia] (ru). Сетевое издание "МК - Урал" (Московский Комсомолец) / Network Edition of "MK-Ural" (Moskovskij Komsomolec) (2011 yil 9 mart). Qaraldi: 2020 yil 27-may.
  11. 11,0 11,1 „Бой-Булок пещера“ [Boybuloq cave] (ru). Meros.uz Культурное наследие Узбекистана / Cultural Heritage of Uzbekistan (2015 yil). Qaraldi: 2020 yil 26-may.
  12. Curihin, Evgenij; Russkih, Ivan; Samsonov, Vasilij; Loginov, Vadim „БАЙСУНТАУ-2015 / Baysun-Tau-2015“,. Журнал АСУ 27 (ru). The Assoсiation of Ural Speleologists, 2016 yil — 4-6 bet. 2021 yil 11-fevralda qaraldi. 
  13. 13,0 13,1 Qobil, Rustam „Lost in Asia's deepest cave“ (en). British Broadcasting Corporation (2018 yil 27-dekabr). Qaraldi: 2020 yil 4-may.
  14. 14,0 14,1 14,2 14,3 14,4 Višnevskij, Aleksandr „История исследования пещеры Бой-Булок / Boy Bulok cave - History of exploration“,. СГС - Первые полвека. Пещеры. События. Люди. (ru) SGS - Ekaterinburg speleo club: . Azimuth Publishing, SGS - Ekaterinburg speleo club, 2011 yil — 65-66 bet. 2020 yil 1-mayda qaraldi. 
  15. Snetkov, Evgenij „Киевская (КиЛСИ)“ [Kiev Cave (KiLSI)] (ru). speleoatlas.ru - Caving atlas of Russia and the Commonwealth of Independent States (CIS). Русское географическое общество / Russian Geographic Society (2018 yil 8-fevral). Qaraldi: 2020 yil 24-may.
  16. 16,0 16,1 Višnevskij, Aleksandr; Zotov, Vladimir „Наша Азия / Our Asia“,. СГС - 40 лет (ru). The Assoсiation of Ural Speleologists, 2001 yil — 40-42 bet. 2020 yil 5-mayda qaraldi. 
  17. Curihin, Evgenij „Уральская им. Зенкова (Зиндан)“ [Urals-Zenkov (Zindan) cave] (ru). speleoatlas.ru - Caving atlas of Russia and the Commonwealth of Independent States (CIS). Русское географическое общество / Russian Geographic Society (2017 yil 10-aprel). Qaraldi: 2020 yil 24-may.
  18. Višnevskij, Aleksandr; Mal'cev, Vladimir; Dubljanskij, Viktor; Dubljanskij, Jurij „Крупнейшие пещеры Средней Азии“ [The largest caves of Central Asia] (ru). Комиссия спелеологии и карстоведения / Speleology and Karst Studies Commission (2004 yil). Qaraldi: 2021 yil 6-fevral.
  19. Vale, Paz; Wallis, Rob (1991 yil). "Aspex '90" (en). Caves and Caving (British Cave Research Association) (52): 20-23. 
  20. Čerepanova, Ol'ga „Стартовала экспедиция в Бой-Булок“ [Expedition to Boy-Bulok started] (ru) (2008 yil 4-avgust). Qaraldi: 2020 yil 2-may.
  21. Potapov, Valentin; Jacucenko, Ekaterina „Часть 2 Камни на склоне“ [Part 2 Stones on a Slope] (ru). Спелеоклуб Самарского университета / Samara University Speleoclub (2012 yil avgust). Qaraldi: 2020 yil 26-may.
  22. Sapožnikov, Georgij (2016 yil). "Бой-Булок - исследования последних лет (2014-2016 гг)." (ru). Журнал АСУ / ASU Journal (ASU - The Assoсiation of Ural Speleologists) 29: 5-6. https://viv-asu.ru/index.php/component/phocadownload/category/1-files?download=185:zhurnal-asu-29-32-1-mb-pdf&lang=ru. Qaraldi: 2020 yil 23-may. 
  23. „Скончался основатель Ассоциации спелеологов Урала Александр Вишневский“ [The founder of the Association of Speleologists of the Urals Alexander Vishnevsky died] (ru). obltv.ru / Sverdlovsk region TV (2015 yil 16-iyun). Qaraldi: 2020 yil 5-may.
  24. 24,0 24,1 „The cave named Alexander Vishnevskiy“ (en). Tashkent: Asia adventures (2019 yil). Qaraldi: 2020 yil 7-may.
  25. Loginov, Vadim; Samsonov, Vasilij; Curihin, Evgenij (2016 yil). "Результаты Байсунской экспедиции - 2016." (ru). Журнал АСУ / ASU Journal (ASU - The Assoсiation of Ural Speleologists) 29: 3-4. https://viv-asu.ru/index.php/component/phocadownload/category/1-files?download=185:zhurnal-asu-29-32-1-mb-pdf&lang=ru. Qaraldi: 2020 yil 23-may. 
  26. Nadjibayev, Marat „Boy-Bulok - deepest cave in Uzbekistan explored“ (en). kun.uz / News of Uzbekistan and the World (2018 yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2020 yil 4-may.
  27. „Russian cavers explored more than 30 caves in 2018“ (en). Russian Geographical Society (2018 yil 18-dekabr). Qaraldi: 2020 yil 4-may.
  28. „Спелеологи обнаружили следы динозавров при изучении глубоких карстовых пещер в Узбекистане“ (ru). TASS (2018 yil 31-avgust). Qaraldi: 2021 yil 5-fevral.
  29. Curihin, Evgenij „Имени Александра Вишневского (ЧБ-15)“ [Aleksandr Višnevskij Cave (ČB-15)] (ru). speleoatlas.ru - Caving atlas of Russia and the Commonwealth of Independent States (CIS). Русское географическое общество / Russian Geographic Society (2019 yil 18-noyabr). Qaraldi: 2020 yil 18-may.
  30. „Sensational result of a speleological expedition in Uzbekistan“ (en). Tashkent: Pravda Vostoka (2019 yil 29-avgust). Qaraldi: 2020 yil 4-may.
  31. „Struggle for the underground "Everest" continues: Speleological expedition in Surkhandarya region ended with a sensational result“ (en). Uzbekistan National News Agency (2019 yil 29-avgust). Qaraldi: 2020 yil 4-may.
  32. „История клуба“ (ru). SGS - Ekaterinburg Speleo Club (2021 yil). Qaraldi: 2021 yil 24-fevral.
  33. Herzog, Maurice. Annapurna: First Conquest of an 8000-meter Peak, Translated from the French by Nea Morin and Janet Adam Smith (en), New York: E.P Dutton & Co., 1951 yil — 257 bet. 
  34. „Shishapangma - Northeast Face - 1964“ (en). Himalaya Masala (2013 yil). Qaraldi: 2021 yil 11-fevral.
  35. 35,0 35,1 Ornes, Stephen (2015 yil 12-dekabr). "The hunt is on for the deepest cave" (en). New Scientist (3051). https://www.newscientist.com/article/mg22830515-100-the-hunt-is-on-for-the-worlds-deepest-cave-in-mexico/. Qaraldi: 2021 yil 11-fevral. 
  36. Klimchouk, Alexander „Krubera (Voronya) Cave“,. Encyclopedia of Caves, 2nd (en), Cambridge, MA: Academic Press, 2012 yil — 423-450 bet. ISBN 9780123838322. 
  37. Demidov, Pavel „По данным топосъемки глубина пещеры Верёвкина от входа составила 2204 метра.“ (ru). incave.org (2017 yil 11 sentyabr). Qaraldi: 2021 yil 10-fevral.
  38. Provalov, Denis; Grišina, Evgenija; Skljarenko, Dmitrij „Экспедиция "Крубера-Воронья - 2001" / (7.01.2001) Рекорд Мира!“ (ru). Mountain.RU (2001 yil 24 mart). Qaraldi: 2021 yil 11-fevral.
  39. „Natural Heritage of Abkhazia“ (en). Abkhaz World (2010 yil 24-avgust). Qaraldi: 2021 yil 11-fevral.
  40. Stone, Bill „2021 Sistema Cheve Expedition“ (en). U.S. Deep Caving Team (2020 yil). Qaraldi: 2021 yil 10-fevral.
  41. Klimchouk, Alexander; Nazik, Lutfi; Bayari, Serdar; Tork, Koray; Kasyan, Yury „Kuzgun Cave and its Context: the first super-deep cave in the Aladaglar Massif, Turkey“ (en) (2004 yil). Qaraldi: 2021 yil 11-fevral.
  42. Yamaç, Ali „45 Interesting Caves of Turkey“,. Caves and Karst of Turkey - Vol. 1 / History, Archaeology nd Caves (en). Springer International Publishing, 2021 yil — 41-104 bet. ISBN 978-3-030-65501-3. 
  43. „Special project - Research of karst and the caves of mountain Baysun-Tau. 2020-2021“ (en). Foundation for the Preservation and Exploration of Caves (2020 yil). Qaraldi: 2020 yil 2-iyun.
  44. „Проект — «Карст на Крыше мира» (Памир, Таджикистан). 2020-2021“ [Project - "Karst on the Roof of the World" (Pamir, Tajikistan). 2020-2021] (ru). Foundation for the Preservation and Exploration of Caves (2020 yil). Qaraldi: 2021 yil 6-fevral.
  45. „Центрально-Азиатский трансграничный спелеопроект“ [Central Asian transboundary speleoproject] (ru). Foundation for the Preservation and Exploration of Caves (2020 yil). Qaraldi: 2021 yil 6-fevral.
  46. „Speleological expedition “Tuya-Muyun - 2021” (Foothills of the Alai ridge, Kyrgyzstan) August, 2021“ (en). Foundation for the Preservation and Exploration of Caves (2020 yil). Qaraldi: 2021 yil 16-fevral.
  47. „Boy-Bulok cave“ (en). Asia Adventures (2020 yil). Qaraldi: 2021 yil 16-fevral.
  48. Grotte e storie dell'Asia Centrale. Le esplorazioni geografiche del Progetto Samarcanda (it). Centro Editoriale Veneto, 1992 yil — 307 bet. 
  49. СГС - В центре кадра (ru, en) SGS - Ekaterinburg speleo club: . SGS - Ekaterinburg speleo club, Azimuth Publishing, 2016 yil — 58-67 bet. 2019 yil 1-mayda qaraldi. 
  50. Kuklev, Sergej Gennad'evič. В голове моей опилки... (ru). Aegitas, 2016 yil — 239 bet.