Kontent qismiga oʻtish

„Varshavani ozod qilganlik uchun“ medali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Varshavani ozod qilganlik uchun“ medali
Mamlakat SSSR bayrogʻi SSSR
Turi medal
Holati qoʻllanilmaydi
Statistika
Koʻrsatkichlari

diametri-32mm

lenta kengligi-24mm
Taʼsis sanasi 1945-yil 9-iyun
Mukofotlash soni taxminan
Navbat
Toʻngʻich mukofot „Belgrad ozodligi uchun“ medali
Kenja mukofot „Praga ozodligi uchun“ medali
"Varshavani ozod qilganlik uchun" medalining orqa tomoni

"Varshavani ozod qilganlik uchun" medali SSSR Qurolli Kuchlari Prezidiumining 1945-yil 9-iyundagi farmoni asosida taʼsis etilgan[1]. Medal loyihasi muallifi rassom Kuritsyna.

Medal toʻgʻrisidagi nizom

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Varshavani ozod qilganlik uchun“ medali Qizil Armiya, Harbiy-dengiz floti va NKVD qoʻshinlarining harbiy xizmatchilariga 1945-yil 14-17-yanvarda qahramonlarcha hujum oʻtgan va Varshavani ozod qilishda  bevosita ishtirok etganlarga shuningdek shaharni ozod qilish paytidagi harbiy harakatlar tashkilotchilarg va rahbarlariga beriladi[2]. Medal SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi nomidan Varshavani ozod qilishda haqiqiy ishtirok etganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida, qism komandirlari va harbiy tibbiyot muassasalari rahbarlari tomonidan taqdim etiladi. Qizil Armiya va Harbiy dengiz flotining harbiy qismlarida boʻlgan shaxslar  harbiy qismlarning komandirlari, armiya va flotdan isteʼfoga chiqqan shaxslar taqdirlanganlarning yashash joyidagi viloyat, shahar va tuman harbiy komissarlari yetqazib beriladi[1]. „Varshavani ozod qilganlik uchun“ medali koʻkrakning chap tomoniga taqilgan va SSSRning boshqa medallari boʻlgan taqdirda „Belgradni ozod qilgani uchun“ medalidan keyin joylashgan.

Medalning tavsifi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Varshavani ozod qilganlik uchun" medali tompakdan (guruchdan) yasalgan va diametri 32 mm boʻlgan muntazam doira shakliga ega. Old tomonda aylana boʻylab tepada „OZODLIK UCHUN“ yozuvi oʻrtada „VARSHAVA“ lentasidagi yozuv, yozuvning pastki qismida besh qirrali yulduz undan uzoqlashgan nurlar tasvirlangan. Medalning old tomoni hoshiya bilan chegaralangan. Medalning orqa tomonida Varshavaning ozod qilingan sanasi „1945-yil 17-yanvar“ yozuvi tushurilgan, tepasida besh qirrali yulduzcha tasvirlangan. Medaldagi barcha yozuvlar va tasvirlar qavariq[1]. Medal koʻz va halqa yordamida kengligi 24 mm boʻlgan koʻk rangli ipak muare lentasi bilan qoplangan beshburchak blokga bogʻlangan. Lentaning oʻrtasida 8 mm kenglikdagi qizil chiziq bor. Lentaning chetlari tor sariq chiziqlar bilan chegaralangan[1].

Qabul qiluvchilar (qisman roʻyxati)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi shaxslar „Varshavani ozod qilganlik uchun“ medali bilan taqdirlanganlar.