Kontent qismiga oʻtish

Аbdushukur Xamzayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Аbdushukur Xamzayev
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-dekabr 1973-yil (1973-12-10) (50 yosh)
Uzun tumani, Surxondaryo viloyati
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston ekologik partiyasi
Bolalari uch bola
Taʼlim Samarqand qishloq xoʻjalik institutini
Davlat boshqaruvi akademiyasi

Abdushukur Xudoyqulovich Xamzayev (1973-yil 10-dekabr, Uzun tumani, Surxondaryo viloyati) — 2022-yil 19-dekabrdan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi.

Abdushukur Xamzayev 1973-yil 10-dekabrda Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1995-yilda Samarqand qishloq xo‘jalik institutini, 2013-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasini tamomlagan. Qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor[1].

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991-1995-yillar Samarqand qishloq xoʻjalik instituti talabasi. 1995-1996-yillar Surxondaryo viloyati Uzun tumani “Namuna” jamoa xoʻjaligida boʻlim agronomi. 1996-1999-yillar Samarqand qishloq xoʻjalik instituti aspiranti. 1999-2002-yillar Samarqand qishloq xoʻjalik instituti “Oʻsimlikshunoslik” kafedrasi assistenti. 2002-2003-yiilar Oʻzbekiston – Britaniya qoʻshma korxonasi “British Amerikan Tabako” kompaniyasi ilmiy tadqiqot boʻlimi boshligʻi. 2003-2008-yillar Samarqand qishloq xoʻjalik instituti “Oʻsimlikshunoslik” kafedrasi katta oʻqituvchisi, dotsenti. 2008-2011-yillar Samarqand qishloq xoʻjalik instituti agronomiya fakulteti oʻquv ishlar boʻyicha dekan muovini. 2011-2017-yillar Samarqand qishloq xoʻjalik institutining maʼnaviyat va maʼrifat masalalari boʻyicha prorektori.

2017-2021-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari - Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti direktori. 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti direktori (oʻrindoshlik asosida Toshkent davlat agrar universiteti professori).

2022-yil 19-dekabrda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi.

А.X.Xamzaev rahbarligida 2017-2022 yillar davomida oʼrmon xoʼjaligi sohasida ilmiy salohiyat sezilarli oshdi. Yangidan 4 ta ilmiy markaz, 5 ta tajriba stantsiyasi tashkil etildi, shuningdek u 20 ga yaqin qishloq xoʼjaligi ekin navlari va 16 ta ixtiro muallifi hisoblanadi.

А.X.Xamzaev partiya yetakchisi sifatida partiya aʼzolari va boshlangʼich partiya tashkilotlari sonini sezilarli oshirishga, partiyaning dasturiy maqsadlarini keng targʼib qilishga munosib hissa qoʼshdi.

А.X.Xamzaev qishloq, oʼrmon va ekologiya sohasida bir qator xorijiy davlatlarda malaka oshirgan. Uning tashabbusiga koʼra bugungi kunda sohaga oid 10 dan ziyod yetakchi xorijiy oʼquv va ilmiy tashkilotlar bilan ilmiy hamkorlik yoʼlga qoʼyilgan.

А.X.Xamzaev qonun ijodkorligi jarayonida ham faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, u “Urugʼchilik toʼgʼrisida”gi, “Oʼrmon toʼgʼrisida”gi, “Yaylovlar toʼgʼrisida”gi Qonunlarni tayyorlashda bevosita ishtirok etgan.

Shu bilan birga, Oʼrmon xoʼjaligi davlat qoʼmitasida Ekspert kengashi raisi sifatida 20 ga yaqin qonunosti hujjatlar loyihalarini tayyorlashda qatnashgan.