İsmail Dümbüllü
İsmail Hakkı Dümbüllü | |
---|---|
Tavalludi |
İsmail Hakkı 1897-yil |
Vafoti |
1973-yil 5-noyabr Istanbul, Turkiya |
Fuqaroligi | Turkiya va Usmonli imperiyasi |
Kasbi | Aktyor |
İsmail Hakkı Dümbüllü 1897-yil Istanbul shahrida tugʻilgan. Turk komediya (hajviy) aktyori. U anʼanaviy turk teatridagi orta oyunu (oʻrta tomosha) anʼanasining soʻnggi vakili[1]. Turk kinosining mashhur komediya aktyori.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]İsmail Dümbüllü 1897-yilda Istanbulning Uskudar Süleymanağa mahallasida tugʻilgan. U Abdülhamid Ining yonidagi qo'riqchilaridan Zaynel Obidin afandi va Fatma Azize xonimning oʻgʻli[2] . Dümbüllü İsmail 1917-1926-yillarda turk teatrida komediya ustasi boʻlgan Hasan Efendi bilan birga ishlagan. Hasan Efendidan „tulûat“ (anʼanaviy improvizatsion teatr) sanʼatini oʻrgangan. Dümbüllü İsmaildan keyin ustoz-shogird o'rtasida tulûat ijro etgan boshqa aktyor yoki shogirdi boʻlmadi[3]. 1928-yilda İsmail Hakkı Dümbüllü Tevfik İnce bilan Istanbulda oʻz guruhlarini tuzishib va 1922-yilda Anadolu boʻylab ilk gastrol safarini boshladilar[2]. İsmail Dümbüllü 1947-yilda filmlarda rol oʻynashni boshlagan[4]. „Xalq komediyachisi“ sifatida kino olamida yulduzga aylandi. Oʻzi oʻynagan filmlardagi asosan Xoʻja Nasriddin obrazi bilan gavdalangan. Bir qator komediyalarda bosh rol ijro etgan: „Dümbüllü Macera Peşinde“ (Dumbüllü sarguzasht izlashda, Şadan Kamil, 1948), „Dümbüllü Sporcu“ (Dumbüllü sportchi, Seyf Havaeri, 1952) va Dümbüllü Tarzan (Dümbüllü Tarzan, Muharrem Gürses, 1954)[5][6]. Film suratga olishni boshlashdan oldin TRT Istanbul radiosida orta oyunu va tulûat ijro etgan. Uning orta oyununi spektakllarini radio va kinoga koʻchirish borasidagi saʼy-harakatlari anʼanaviy turk teatri sanʼatini koʻproq odamlarga tanitish va orta oyunu anʼanasining davom etishini taʼminlashda oʻz samarasini berdi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://www.acarindex.com/pdfs/738717
- ↑ 2,0 2,1 Uştuk, Hilal. „Orta oyunu ve tuluatın ustası: İsmail Dümbüllü“. Anatolian Agency (2022-yil 4-noyabr).
- ↑ „Dümbüllü İsmail Efendi“. Biyografya.com.
- ↑ Karavar, Hilal (2022). "Folk Theater “Tuluat” Under the Influence of Westernization". Milli Folklor. 34 (134): 119-130. https://www.acarindex.com/pdfs/738717.
- ↑ Özge Güven, Akdoğan (2016). "Comedy and Women:The Problem of Gender in Hokkabaz". sinecine: Journal of Film Studies 7 (2): 171-197. doi:10.32001/sinecine.537797. https://dergipark.org.tr/tr/download/article-file/667034.
- ↑ Örsler M. Mert; Kennedy-Karpat, Colleen „Cem Yılmaz and Genre Parody in Turkish National Cinema“. Journal of Popular Film and Television (2020-yil 16-mart). DOI:10.1080/01956051.2019.1657060.