Kontent qismiga oʻtish

Daryo.uz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Daryo.uz
Slogani “Yangiliklar daryosidan chetda qolmang”
Muassisi Simple Networking Solutions MChJ
Ochilgan sanasi 2013-yil
URL https://www.daryo.uz

Daryo.uz — 2013-yil yanvar oyidan buyon faoliyat yuritayotgan oʻzbek tilidagi axborot internet-nashri. Bosh muharrir — Ahmad Yusupov. Oʻzbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi roʻyxatidan OAV sifatida oʻtgan.[1]

“Daryo” — bu jahonda va O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan eng so‘nggi yangiliklarni o‘quvchilarga sodda va tushunarli tilda hamda tezkor yetkazib berishga mo‘ljallangan internet-nashr.[2]

Internet-nashri O‘zbekistondagi yetakchi ommaviy axborot vositalaridan biri hisoblanadi.

“Daryo” 2013-yilda Uz Milliy domeni internet-festivalida “Yil yangiligi” nominatsiyasi bo‘yicha 3-oʻrinni egallagan. 2014-yilda Uz domeni internet-festivalining eng ommabop OAV sayti yoʻnalishida birinchi oʻringa loyiq topilgan.

Nashr yangiliklarini 1 oyda 4 milliondan ortiq kishi o‘qiydi. Saytdagi ko‘rishlar soni esa 1 oyda 21 milliondan oshadi.

Bugungi kunda nashrda 50 dan ortiq tajribali, taniqli yosh jurnalistlar, shuningdek, muharrir hamda musahhihlar faoliyat olib boradi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
  2. „Internet-nashr“.