Zunnun Qodiriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zunnun qodiriy (1912.17.6 -Shinjon — 1989.22.9) — uygʻur yozuvchisi, dramaturg , yangi davr uygʻur adabiyoti asoschisi. "Jaholatning jafosi" (1937), "Gʻuncham" (1939), "Kuchukka hujum" (1946), "Ikki barmogim" (1947), "Mador ketganda" (1948), "Shafqat hamshirasi" (1948) kabi hikoyalarida Gomindon davridagi uygʻur xa-lqining achinarli hayoti ifodalangan boʻlsa, "Chiniqish" (1956), "Gumon" (1957), "Rahmat" (1958), "Baxtixonning hayoti" (1960), "Qizil gul" (1962) kabi hikoyalarida Gomindon zulmidan qutulgandan keyingi hayot tasvirlanadi. "Jaholatning jafosi" (1937), "Uch-rashganda" (1942), "Gulniso" (1946), "Toʻy" (1956) kabi dramalari, "Koʻshchi bilan sichqon", "Bulbul bilan sinchalak", "Kapalak bilan ari" kabi masallarida ijtimoiy hayotdagi ziddiyatlar, yoshlarning yangilik sari intilishlari aks etgan.

Asarlari xitoy, rus, ingliz, nemis, yapon, fransuz tillariga tarjima qilingan. 3. Q. Osiyo va Afrika yozuvchilari Toshkent konferensiyasi (1958) qatnashchisi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil