Zuluklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zuluklar (Hirudinea) — halqali chu-valchanglar tipining sinfi. Tanasining uz. bir necha sm dan 15 sm gacha, baʼzan undan ham uzunroq. Tanasi orqa va qorin tomondan yassilashgan, baʼzan silindrsimon, 33 ta tashqi hal-qadan iborat. 3. tanasining tashki hal-qalari soni ichki halqalari soniga teng boʻlmaydi, odatda, har bir ichki halqaga 3—5 ta tashqi (ikkilamchi) halqa toʻgʻri keladi. 400 ga yaqin turi chuchuk suv havzalari va dengizlarda tar-qalgan. Koʻpchilik 3. ning 2 soʻrgʻichi boʻlib, ulardan biri tanasining ol-dingi, ikkinchisi keyingi qismida joylashgan. Ogʻiz teshigi soʻrgʻich yoki Hartum bilan oʻralgan. 3. yirtqich (hartumli 3.) yoki parazit (jagʻli 3.) hayot kechiradi. Yirtqich 3. mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziklanadi, parazit 3. turli umurtqali hayvonlar va odam qonini soʻradi. Jagʻli 3. ichagining yon tomonidagi juda keng xaltalariga koʻp qon soʻrib oladi. 3. soʻlagi tarkibidagi girudin qonni ivitmaydi. 3. terisi orqali nafas oladi. Ayirish sistema-si — metanefridiylar. Jagʻli 3. ning qon aylanish sistemasi kon tomirlari devori epiteliysi boʻlmasligi bilan boshqa halqali chuvalchanglardan farq qiladi, qon tomiri tana boʻshligʻi qol-digʻidan hosil boʻladi. 3. germafrodit, urugʻlangan tuxumlarini pilla ichiga qoʻyadi. Lichinkasi pilla ichida oʻzga-rishsiz rivojlanadi. 2 kenja sinf: qad. (Archihirudinea) va haqiqiy 3. (Euhiru-dinea) ga boʻlinadi. Haqiqiy 3. hartumli (Rhynchobdellida) va jagʻli 3. (Gna-tobdellida) turkumlariga boʻlinadi. Tibbiyot 3. (Hiruda medicinalis) dan tromb hosil boʻlishi bilan bogʻliq qon tomirlari kasalliklari (gipertoniya, sklerozning boshlangʻich davrlari, insult va b.) ni davolashda foydalaniladi. Tibbiyot 3. maxsus zavodlarda koʻpaytiriladi. Ayrim 3. baliklarga jiddiy zarar yetkazadi. Oʻrta Osiyo suv xavzalarida chigʻanokli 3.(Glossiphoniacomplanata), soxta ot 3. (Haemopis sanguisida), turkiston 3. i (Limnatus turkistanica) uchraydi. Seylon va Zond arxipelagi tropik oʻrmonlarida quruklikda yashov-chi 3.(Haemodipsaceylomca) odam va sut emizuvchilar qonini soʻradi.

Adabiyot[tahrir]

  • Mavlonov O., Xurramov Sh., Umurtqasizlar zoologiyasi, T., 1995.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil