Kontent qismiga oʻtish

Zufo

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Zufo (Nepeta cataria) — yalpizdoshlar (labguldoshlar) oilasiga mansub koʻp yillik serpoya oʻt. Boʻyi 80 sm cha. Barglari tuxumsimon, orqasi tukli, qaramaqarshi joylashgan. Gullari och binafsha poya va shoxlari uchida yarim soyabon holida toʻplangan. Mevasi 4 ta yongʻoqcha. 3. tarkibida efir moyi va b. moddalar bor. Barg qaynatmasi xalq tabobatida ishtaha ochish, yoʻtalni bosish uchun, shuningdek, nafas yoʻllari va meʼda kasalliklarini davolashda qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil