Zubaira Tukhugov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zubayra Alixanovich Tuxugov 1991-yil 15-yanvarda Grozniyda tavallud topgan. Zubayra Tuxugov rossiyalik aralash uslubdagi jangchi, yengil vazn toifasi vakili. U 2010-yildan buyon professional darajadagi sport musobaqalarida ishtirok etib, UFC, Cage Warriors, ProFC, Fight Nights Global jangovar tashkilotlari turnirlarida ishtirok etishi bilan tanilgan.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil fevral oyida Amerikaning USADA antidoping agentligi Tuxugov va Ruslan Magomedovni ostarin isteʼmol qilishda aybdor deb topgan va ularni 2017-yil 26-sentabrda doping isteʼmol qilganlikda gumon qilingan paytdan boshlab, 2 yil diskvalifikatsiya qilgan va ikki kishi uchun 10 ming dollar jarima berilgan.

UFC 229 musobaqasida Xabib Nurmagomedovning Konor Makgregor ustidan gʻalaba qozonganidan soʻng, Tuxugov ishtirok etgan mushtlashuv kelib chiqdi. 2019-yil yanvar oyida Nevada shtati Atletika komissiyasi (NSAC) Tuxugovni mushtlashuvda qatnashgani uchun 12 oyga diskvalifikatsiya qildi va 25 ming dollar jarimaga tortgan. Diskvalifikatsiya muddati jang boʻlgan — 2018-yil 6-oktabrdan boshlab hisoblangan[1]. 2019-yil 22-may kuni Nevada shtati Atletika komissiyasi (NSAC) diskvalifikatsiya muddatini 35 kunga qisqartirgan[2].

Ultimate Fighting Championship[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil dekabr oyida Tuxugov UFC bilan shartnoma imzolagan va15-fevral kuni UFC Fight Night promoushinidagi: Machida vs. Mousasi musobaqasida Tiago Tavaresga qarshi debyutini o'tkazishi rejalashtirilgani e'lon qilingan[3]. Biroq, Tavares noma'lum jarohati tufayli musobaqani tark etishga majbur bo'lgan va uning o'rniga UFCning yangi a'zosi Duglas Silva de Andrade kelgan[4]. Duglas Silva va Tuxugov jangida rossiyalik sportchi ustunlik qilgan hamda g'alaba qozongan[5].

Zubayra Tuxugov 4-oktyabr kuni UFC Fight Night: Nelson vs. Story musobaqasida Ernest Chaves bilan to'qnash kelgan va birinchi raunddagi zarbalari tufayli texnik nokaut bilan jangda g'alaba qozongan[6].

Tuxugov 2015-yil 6-iyun kuni UFC Fight Night 68 turnirida Tiago Tavaresga qarshi jang qilishi kutilgandi. Biroq, Tuxugovning qovurg‘asidan jarohat olgani uchun jang bekor qilingan[7].

Tuxugov 2015-yilning 10-dekabrida UFC Fight Night 80 musobaqasida Filip Nover bilan to‘qnash kelgan va bu jangda ham sportchi g'alaba qozongan[8].

Sportdagi natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yoshlar oʻrtasida qoʻl jangi boʻyicha Yevropa chempionati — 3rd bronza medali sohibi;
  • Yoshlar oʻrtasida qoʻl jangi boʻyicha jahon chempionati — 2nd kumush medali sohibi;
  • Sambo boʻyicha Moskva chempionati — 1st oltin medali sohibi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]