Zorge Rihard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zorge Rihard (1895. 22. 9, Boku - 1944. 7. 11, Tokio) — mashhur razvedkami, 2-jahon urushi qahramoni (1964 y., oʻlimidan soʻng). 30—40-y.larda nemis jurnalisti sifatida Germaniya, Xitoy va Yaponiyada boʻlib, qimmatli razvedka maʼlumotlarini qoʻlga kiritgan. SSSRga nemis-fashist qoʻshinlarining moʻljaldagi bostirib kirish vaqtini, diviziyalar soni va ularning harbiy harakatlari rejasining umumiy sxemasi haqida axborot bergan. 1941 y.da yapon politsiyasi tomonidan qoʻlga olinib, 1944 y. noyabrda qatl qilingan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil