Zooxoriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zooxoriya (zoo... va yun. choreo — tarqataman) — oʻsimliklar mevasi, urugʻi, sporasi va b.ning hayvonlar yordamida tarqalishi. 3. bir necha xilga boʻlinadi: epizooxoriya — meva va urugʻlarning hayvonlar tanasi sirtiga yopishib tarqalishi; endozooxoriya — oʻsimliklar mevasi va urugʻini hayvonlar yeganida ularning ekskrementi orqali tarqalishi; sinzooxoriya — meva va urugʻlarning qishda oziq toʻplaydigan hayvonlar orqali tarqalishi; mirmekozooxoriya — meva va urugʻlarning chumolilar orqali tarqalishi; sinzooxoriyaning bir xili. Meva va urugʻlarning tuzilishida Z.ning muayyan usuliga moslanishi paydo boʻladi. Maye, epizooxoriyada meva urugʻlar sirti yopishqoq modda yoki turli xil ilmoqchalar bilan qoplangan; endozooxoriyada mevalar etli va sersuv boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil