Zoom (dastur)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Zoom
MuallifEric Yuan
Ishlab chiqaruvchiZoom Video Communications
Operatsion sistemaWindows, macOS, Linux, Android, iOS, Chrome OS
JanrVideotelefoniya, VoIP va Instant messaging
LitsenziyaFreemium
Vebsayt:zoom.us

ZoomZoom Video Communications kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan videokonferesiyalar uyushtirish imkonini beruvchi dastur. Pullik va bepul rejimlari bor. U bepul akkauntlar uchun eng koʻpi 100 kishini qoʻshish mumkin boʻlgan vaqt rejimi 40 daqiqagacha chegaralangan videotelefoniya servisini taqdim etadi. Foydalanuvchilar pullik tariflardan birini tanlagan holda 500 kishigacha qoʻshish imkonini beruvchi va cheklanmagan vaqtga ega boʻlgan videokonferensiyalarni uyushtirishlari mumkin[1]. 2020-yilgi pandemiya vaqtida masofadan ishlovchilar va masofadan taʼlim oluvchilar[2] va internet orqali jamoaviy suhbatlar uyushtiruvchilar soni oshgani sababli Zoom dasturi dunyo boʻylab ancha ommalashdi[3].

Jarimaga tortilishi[tahrir]

2021-yilda Zoom platformasi pullik obunachilarining shaxsiy maʼlumotlarini Facebook, Google va LinkedIn platformalari bilan boʻlishganlikda ayblanib, sud tomonidan Zoom Video Communications kompaniyasi 85 million AQSh dollari miqdorida jarimaga tortildi[4].

Manbalar[tahrir]

  1. „Plans and Pricing - Zoom“. zoom.us. Qaraldi: 24-Iyun 2020-yil.
  2. „Students and teachers struggle with remote education due to coronavirus“(ingl.). TheHill (20-Aprel 2020-yil). Qaraldi: 21-Aprel 2020-yil.
  3. „We Live in Zoom Now“, The New York Times (17-Mart 2020-yil).
  4. „Zoom компанияси фойдаланувчиларига 85 млн доллар товон пули тўлайди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 2 август.