Zoogigiyena

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zoogigiyena, hayvonlar gigiyenasi — hayvonlar sogʻligʻini saq-lash toʻgʻrisidagi fan. Hayvon organiz-mi bilan tashki muhitning oʻzaro taʼsirini, hayvonlar sogʻligʻini himoya qilish, ularni boqish va parvarish etish, ulardan foydalanish, sogʻlom nasl olish sharoitlarini hamda chorva mahsuldorligini oshirish yoʻllarini oʻrganadi. Tashqi muhitning noqulay taʼsirini kamaytirish yoki yoʻqotish usullarini ishlab chiqish, yuqori sanitariya sifatlariga ega boʻlgan chorvachilik mahsulotlari olish, tashqi muhitni oqova suvlar, ferma va chor-vachilik komplekslarining i.ch. chiqindilari bilan ifloslanishidan muhofaza qilish ham 3. vazifalariga kiradi. 3. odamni zooantroponozlardan va kasb kasalliklaridan muhofaza qilishga ham bevosita aloqador. 3. kasalliklarning oldini olish toʻgʻrisidagi fan sifatida veterinariya fanlariga kiradi va hayvonlar fiziologiyasi, zootexniya, toksikologiya, mikrobiologiya, q.x. iqtisodiyoti va b. fanlar bilan bogʻliq.

3. umumiy va xususiy Z.ga boʻlinadi. U mumiy 3. havo va tuproq muhiti, suv va sugʻorish, ozuqalar va oziqlan-tirish gigiyenasi, chorvachilik binolari mikroiklimi masalalarini, shuningdek, mollarni yayratish, yoz va qishda boqish, saqlash rejimlarini oʻrganadi; chorvachilik binolari, veterinariya va veterinariya-sanitariya obʼyektlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, ferma va chorvachilik komplekslarida infeksion kasalliklar tarqalmasligi talablarini belgilaydi. Xususiy 3. umumiy 3. vazifalari va talablarini mamla-katning iqlim zonalarini hisobga olgan holda hayvonlarni saqlash va oziklantirish sharoitlari masalalarini hayvonlarning turi, yoshi, jin-si, yoʻnalishiga qarab oʻrganadi. 3. oʻz vazifalarini bajarishda statistik, sanitariya tekshiruvi, klinik fiziologiya tadqiqot usullaridan foydalanadi.

Oʻzbekistonda chorva mollarini boqish va parvarishlash, davolash va kasalliklardan himoya qilish ishlari uzoq tarixga ega boʻlsa-da, 3. fan sifatida 20-asr boshlaridan rivojlana bosh-ladi. 3. sohasida ikdim va binolar mik-roiqlimining hayvonlar organizmiga taʼsiri, fermada mollarni joy-lashtirish meʼyorlari, fermalarni sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash, sifatli ozuqa tayyorlash, turli xil moddalardan zaharlanishning oldini olish, mollarni yaylovlarda boqish va ularni turli zararli hasharotlar taʼ-siridan saklash va b. masalalar oʻrga-nildi. 3. boʻyicha i.t. ishlari Oʻzbekiston veterinariya institutipya., Samarqand qishloq xoʻjaligi institutining veterinariya fakulteti va Toshkent agrar universiteti zootexniya fakultetlari kafedralarida olib boriladi.

3. tavsiyalari va talablari barcha xoʻjaliklarda hayvonlarni parvarishlash, boqish, saqlash va koʻpaytirish boʻyicha majburiy boʻlgan zootexnika va veterinariya qoidalariga kiradi.

Adabiyot[tahrir]

  • Suvonqulov Y. A., Qishloq xoʻjaligi hayvonlari gigiyenasi, T., 1994; Shopoʻlatov J., Veterinariya asoslari, T., 1994.

Ermuhammad Toshpoʻlatov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil