Zokoniy Nizomiddin Ubaydullo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zokoniy Nizomiddin Ubaydullo (1270/1280 - Eron - taxminan 1370) -fors yozuvchisi va shoiri, fors adabiyotida hajv (satira janri) asoschisi. Zakon va Bagʻdoddagi bilim maskanlarida taʼlim olgan. Arab va fors tillarida ijod qilgan. Z.ning "Navodir ul-amsol" ("Nodir masallar"), "Axloq ul-ashrof" ("Zodagonlar axloqi"), "Sad pand" ("Yuz nasihat") kabi asarlari fors adabiyotining nodir namunalari hisoblanadi. "Mush-u-gurba" ("Mushuk ila sichqon") kichik hajmli majoziy dostoni jahon xalqlarining koʻplab tillariga, shuningdek, oʻzbek tiliga ham tarjima qilinib, 1907 —09 y.larda bir necha bor chop etilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil