Nizomiddin Ubaydullo Zokoniy
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
| Nizomiddin Ubaydullo Zokoniy | |
|---|---|
| Tavalludi | 1301 |
| Vafoti | 1371 |
Nizomiddin Ubaydullo Zokoniy (1270/1280-yil, Eron — tax. 1370-yil) — fors yozuvchisi va shoiri, fors adabiyotida hajv (satira) asoschisi. Ubayd Zokoniy (forscha: عبید زاکانی) nomi bilan ham mashhur[1][2].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zakon va Bagʻdoddagi bilim maskanlarida taʼlim olgan. Arab va fors tillarida ijod qilgan. Zokoniyning „Navodir ul-amsol“ („Nodir masallar“), „Axloq ul-ashrof“ („Zodagonlar axloqi“), „Sad pand“ („Yuz nasihat“) kabi asarlari fors adabiyotining nodir namunalari hisoblanadi. „Mush-u-gurba“ („Mushuk ila sichqon“) kichik hajmli majoziy dostoni jahon xalqlarining koʻplab tillariga, shuningdek, oʻzbek tiliga ham tarjima qilinib, 1907–1909-yillarda bir necha bor chop etilgan[3]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 66.
- ↑
„Nizomiddin Ubaydullo Zokoniy“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (N-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiiqtibosda Nizomiddin Ubaydullo Zokoniyga tegishli iqtiboslar mavjud. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Yozuvchi, shoir yoki dramaturgga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |