Zohiriylar
Zohiriylar (arab, zohir — tashqi, oshkor) — Dovud ibn Ali alIsfahoniy az-Zohiriy (883 y.v.e.) asos solgan islom huquqiy maktabi (mazhabi) izdoshlari. Dovud ibn Ali huquqiy amaliyotda Qurʼon va sunnani aynan tushunish va talqin qilishnigina tan olgan birinchi faqih edi. Uning ta-rafdorlari Qurʼon matnidagi yashirin (botiniy) maʼnoni rad etib, uni ma-joz.iy talqin etib boʻlmaydi, deb hisoblaganlar. 3. huquq uslubi masalalarida mantiqiy usullar (raʼy, istih-son va b.)dan foydalanishga keskin qarshi edilar. Keyinchalik, qiyos va ijmoni juda cheklangan darajada qoʻllashga rozi boʻlganlar. 3. mazhabi 10— XIII asrlarda musulmonlar olamida keng tarqaldi. Iroqda 3. oʻz mazhablarini oʻrganishni tashkil qildilar va bu taʼlimotni Iroqdan tashqarida ham faol targʻib qildilar. 3. XV asrdan asta yoʻq boʻla boshladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |