Zogʻora

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zogʻora, zogʻora non — makkajoʻxori, oqjoʻxori, qoʻqonjoʻxori, tariq, qoʻnoq unidan yopiladigan non. Elangan unga hamirturush bilan tuz qoʻshib, oshqovoqning selida hamir qoriladi. Buning uchun oshqovoqni qirib, seli olinadi. Hamir qorib boʻlingach, qovoq turpi mushtlab yedirib yuboriladi. Hamir oshgach, 200—250 g li zuvalalar yasaladi, urvoq uchun bugʻdoy uni ishlatiladi. Har bir zuvala yassilanib, non yasaladi (baʼzan oʻrtasini koʻrsatkich barmoq bilan bir marta chekiladi). Z.larning yuziga dasturxon yopib, 10— 15 min. tindirgach, qizigan tandirga yopib pishiriladi. Xalq tabobatida qand diabeti, qon bosimi, jigar va oʻt pufagi kasalliklarida parhez sifatida tavsiya etiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil