Zizifus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zizifus (Zizyphus) — jumrutdoshlarga mansub daraxt yoki butalar turkumi, ekiladigan meva daraxti. Osiyo, Afrika va Avstraliyaning tropik va subtropik hududlarida 100 ga yaqin turi oʻsadi. Oʻrta dengiz va Sharqiy Osiyoda Mavritaniya Z.i (Z. mauritiana) va chin yuyubu yoki unabi (Z. jujuba) ekiladi. Qurgoqchilikka, issiqqa va sovuqqa chidamli. Yengil tuproklarda yaxshi usadi. Mevasida (jiydasida) kand, S vitamini koʻp, yangiligida yeyiladi, quritiladi. Sukatlar, kompot, pastila tayyorlanadi. Oʻrta Osiyoda unabi turi oʻstiriladi (qarang Chilonjiyda).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil