Ziyoviddin Mansurov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ziyoviddin Mansurov
 44-To‘raqo‘rg‘on saylov okrugidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1954-yil 16-may
Uychi tumani, Namangan viloyati
Siyosiy partiyasi UzXDP
Mukofotlari

Ziyoviddin Mansurov — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ziyovuddin Mansurov 1954-yilda Namangan viloyati Uychi tumani Mashad qishlog‘ida tavvallud topgan. 1975-yilda Namangan davlat pedagogika institutining oʻzbek filologiyasi fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Keyinchalik Andijon paxtachilik institutida ham sirtdan tahsil olgan[1].

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehnat faoliyatini 1975-yilda Uychi tumanidagi 4-oʻrta maktabda oʻqituvchilikdan boshlagan. Shuningdek, u „Kitobxon“ jamiyati, „Bilim“ jamiyati tuman boʻlimlari maʼsul kotibi boʻlib ishlagan. Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimida bir muddat adabiy maslahatchilik qildi. Soʻngra yana tumaniga qaytib, Moʻminov nomli jamoa xoʻjaligi raisining oʻripbosari, „Mashad“ qishloq fuqarolar yigʻini raisi, tuman xokimining maʼmuriy, jamoat va diniy masalalar boʻyicha oʻrinbosari, UzXDP tuman Kengashining birinchi kotibi, Beruniy pomli jamoa xoʻjaligi boshqaruvi raisi vazifalarini bajardi.

Ziyoviddin Mansurovni elga tanitgan jihati yuksak iqtidori, soʻzamonligi va mohir voizligidir. Shuning uchun ham u 2002-yildan Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi viloyat boʻlimi rahbari hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi mas’ul kotibligida sakkiz yil faoliyat koʻrsatdi.

Deputatlik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Deputat Ziyoviddin Mansurov saylovchilarni har oyda UzXDP tuman Kengashida qabul qilishni burchi deb hisoblagan. Ularning dardini eshitib, vakolati doirasida doim koʻmaklashgan. „Saylovchilarning yutuqlari qanchalik suyuntirsa muammolari ha shunchalik kuyuntiradi“ — degan fikrni doimo olgʻa surgan[2].

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning „Qalbim parchalari“, „Hayrat saltanati“, „Dilrabolar diyori“, „Muhabbat bog‘i“, „Noyob kashfiyot“, „Xo‘rozqand“ (bolalar uchun), „To‘tiyo“ singari sheʼriy kitoblari, „Shaxmat qaʼridagi hikmatlar“, „Istiqlolnoma“, „Onaginam, onajonginam“ nomli dostonlari chop etilgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „O'zbek ziyolilari“ (2015-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.
  2. Sodiq, Sayhun. Deputatlar — 11 bet. ISBN 978-9943-328-35-8.