Kontent qismiga oʻtish

Ziyo Tabriziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ziyo Tabriziy ( Tabriz – Oʻrduobod–926 h.q./1520 m.) – zullisonayn shoir. Tahsil olish uchun Hirotga boradi va Alisher Navoiy homiyligi va madadi bilan ilm oʻrganadi. “Shafiʼiy” taxallusi bilan ijod qilgan. Muammo, lugʻz va qasidanavislikda mohir boʻlgan. Ayniqsa, Shoh Gʻarib Mirzoga bagʻishlangan “Shatranjiya” qasidasi mashhur sanalgan. Oqquyunlilar sulolasidan Yaʼqub mirzo saroyida bir muddat xizmat qilib, umrining oxirida Tabrizga qaytib keladi. Bizgacha muammo va lugʻz janridagi sheʼrlari jamlangan “Algʻoz” va “Hall ul-muammo” nomli asarlari yetib kelgan. “Hall ul-muammo” asari Mir Husayn Nishopuriyning “Dasturi muammo” asariga javob tariqasida yozilgan boʻlib, uning risolasi ham Mir Haydar risolasi kabi “Amir Alisher” muammosi bilan boshlanadi. Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”da Ziyoning kichik jussali, bilimga chanqoq, xushsuhbat va sheʼr yozishda alohida iqtidori borligini qayd qilib, ikki forsiy bayti va turkiyda yozilgan quyidagi muammosini namuna sifatida keltiradi:

Ey durdkashlar, bodadin xoli boʻlubtur durdimiz,To tutqali xumxonadin bir goʻsha siz, bir goʻsha biz[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Majolis un-nafois.