Ziviye

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ziviye — Eronning shim.gʻarbidagi qad. manzilgoh (mil. av. 8-asr oxiri — 7-asr oʻrtasi). 3. dan oltin, kumush, jezdan yasalgan buyumlar xazinasi topilgan (1947). Fransuz arxeologi R. Girshman tomonidan 1950—60-yil larda tadqiq etilgan. 341 ta buyumdan 43 tasi oltin, 71 tasi kumush, 103 tasi fil suyagidan ishlangan. 3. tepaligi ustida kichik qalʼa harobalari saqlangan (mil. av. 8-asr oxiri — 7 a. oʻrtasi). R. Girshmanning fikricha, 3. tepaligi skiflar podshosi (Partatuy) ning oʻgʻli, skiflar yoʻlboshchisi Madiyning qabri boʻlgan (mil. av. taxminan 624-yil vafot etgan). Koʻplab qurolaslaha, hokimiyat belgisi sanalgan diadema, oltin kamar, pektoral — koʻkrakka taqiladigan bezak va b. topilgan. Oltin buyumlardan birida podiyu oʻziga hamla qilayotgan sherga shamshir urayotgani, sopol buyumlarda oyoqlarini yigʻishtirib olgan shoxli bugʻu, qoplon, togʻ echkisi, grif (afsonaviy yirtqich qush), quyon va b. tasviri skiflarning "hayvoniy uslubida" ishlangan.

Koʻchmanchilarning jangovar qoʻshinlari dastlab mil. av. 8-asr ga oid Yaqin Sharq yozma manbalar (bizga maʼlum boʻlgan eng kadimiysi — ossuriyalik josuslarni Urartudan 720y. larda yozgan xabarnomasi)ida: "umman manda (manda qabilasi)", "gummaru" (kimmeriylar), "ashkuzay", "ishkuzay" (skiflar), "saka" (saklar) uchraydi. 7-asr ning 70y. lari bu qabilalar Old Osiyo tashqi siyosatida faol qatnasha boshlaydilar va keyinchalik hatto Jan. Ozarbayjonda, Mana davlatining yaqin atrofida uzoq mavjud boʻlmagan (28 yil) "skif podsholigi" ni barpo etganlar. == Adabiyot ==

  • Lukonin V. G., Drevniy i rannesrednevekoviy Iran, M., 1987.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil