Zirhlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zirhlilar (Dasypodidae) — chalatishlilar turkumi oilasi. Jan. Amerikada yuqori paleotsendan va Shim. Amerikada pleystotsendan maʼlum. Tanasining uz. 12 sm dan 100 sm, dumi 2,5 sm dan 50 sm, ogʻirligi 0,3 dan 55 kg gacha. Tanasining orqa tomoni kamar boʻlib joylashgan suya k va muguz plastinkalardan iborat zirh (qalqon) bilan qoplangan. Oldingi panjasi 4 yoki 5 panjali, oʻtkir tirnokli. Tishlari bir xilda, silindrsimon, 28 dan 100 tagacha. Ular soni bir tur individlarida ham oʻzgarib turadi. 3. hozirgi chalatishlilar orasida eng koʻp sonli hayvonlar, 9 urugi, 20—25 turi bor. AQShning jan.dan Chili va Argentinagacha boʻlgan hududlarda tarqalgan. Ochiq maydonlarda yashaydi. Ayrim turlari xavf tugʻilganida buralib, sharsimon shaklga kiradi. 2 dan 12 tagacha bolalaydi, odatda, bolalari bitta tuxumdan rivojlanadi (poliembrioniya). 3. tungi hayvon, mayda umurtqasizlar, baʼzan hayvonlar murdasi bilan oziqlanadi. Goʻshti va qalqoni uchun ovlanadi. Soni kamayib ketgan, 4 turi Xalqaro Kizil kitobga kiritilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil