Zinoviy Markovich Umanskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Umanskiy Zinoviy Markovich (1906.28.1, Litin sh., Ukraina — 1985, Toshkent) — provizor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967); farmatsevtika fanlari doktori (1948). Vinnitsa farmatsevtika institutini tugatgan (1929). Kiyev farmatsevtika instituti aspiranta, ayni vaqtda shu institut analitik kimyo kafedrasida assistent, anorganik kimyo kafedrasida dotsent (1932—35). Dnepropetrovsk farmatsevtika instituti farmatsevtik kimyo kafedrasida dotsent (1936—39), Leningrad kimyo farmatsevtika ilmiy tadqiqot institutining analitika boʻlimi rahbari (1939—41). 1941 yildan Toshkent farmatsevtika instituti dorilar texnologiyasi va galen preparatlari kafedrasining tashkilotchisi va mudiri hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti farmatsevtika kafedrasi mudiri (1959—66). Ilmiy ishlari tibbiyotfarmatsevtika sanoati mahsulotlarining texnik sharoiti va farmakopeya standartlarini oʻrganishga oid.