Zinaida Kovalevskaya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zinaida Mixaylovna Kovalevskaya (1902, Saratov viloyati — 1979.5.11, Samarqand) — Oʻzbekiston xalq rassomi (1964). Qozon rassomlik bilim yurtida taʼlim olgan (1922—27), 1943 yilda I. Repin nomidagi rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik institutida sirtdan diplom yoklagan. 1930 yildan Oʻzbekistonda. 1932—49 yillarda Samarqand rassomlik bilim yurtida pedagog. Kovalevskaya asarlarida oʻzbek diyori va uning kishilari yorqin boʻyoklarda nafis aks ettirilgan. Portretlar ("Ota portreti", 1939; "Ona portreti", 1945; rus rassomlari P. Benkov, 1945; B. M. Teplov, 1952; S. Rakova, 1961 va boshqalar), man-zaralar ("Eski shahar koʻchasi", 1945;"Hovoʻz boʻyidagi choyxona", 1945; "Urgutda", 1956 va boshqalar), oʻzbek ayollari tasvirlangan lavhalar ("Teatr lojasida", 1937; "Velosiped musobaqasining gʻolibasi", 1939; "Xalq ijodi ustalari", 1947 va boshqalar), natyurmortlar ("Natyurmort", 1955; "Qovoq", 1961) yaratgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil