Kontent qismiga oʻtish

Zinaida Afanasyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zinaida Ivanovna Afanasyeva (1907.26.9, Sankt-Peterburg — 1975.8.8, Toshkent) — balet oʻqituvchisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1955). 1919-25 yillarda Leningrad xoreografiya bilim yurtida, shuningdek uning pedagoglar tayyorlaydigan boʻlimida oʻqigan. 1942-46 yillarda Yangiyoʻl oʻzbek musiqali teatrida baletmeyster-pedagog. A. Navoiy nomidagi opera va balet teatrida mumtoz raqsdan daryo berdi (1946-53). Toshkent davlat xoreografiya bilim yurtining tashkilotchilaridan (1947) va badiiy rahbari (1948- 68). Oʻzbekistonda balet sanʼatini rivojlantirish, mumtoz raqs ustalarini tayyorlashga katta hissa qoʻshgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil