Kontent qismiga oʻtish

Zikrulla Abdullayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Zikrulla Abdullayev
Toshkent toʻqimachilik instituti rektori
Mansab davri
1955-yil – 1959-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 5-dekabr 1912-yil
Toshkent, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi
Vafoti 18-may 1982-yil(1982-05-18)
(69 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari
Xizmat yillari 1941-1945
Janglari Ulugʻ Vatan urushi

Zikrulla Abdullayevich Abdullayev – sovet iqtisodiy-ijtimoiy, davlat va siyosiy arbobi.

Abdullayev 1912-yilda Toshkent shahrida dunyoga keladi. SIKP (Sovet ittifoqi kommunistik partiyasi) aʼzosi. 1941-yilning iyulidan Bryansk va Kalinin frontlari faol armiyasi qoʻmondonlik tarkibida Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi boʻladi[1] . Polk shtab boshligʻining yordamchisi vazifasida xizmat qiladi. Urush vaqtida ogʻir yaralanadi[1] .

1942-yil 26-noyabrda Kalinin, 1-Boltiqboʻyi frontlari 3-alohida jarima bataloni shtab boshligʻining yordamchisi. Bursevo va Alekseykovo qishloqlari uchun boʻlgan janglarda oʻz batalonining 3- va 5-rotalari bilan birga jang olib borib, boshqalardan ajralib turdi. 1943-yil 15-iyulda unga batalon qoʻmondoni sifatida mukofot topshiriladi. 1943-yil 29-iyulda Kalinin frontining 3-alohida jarima bataloni shtab boshligʻining yordamchisi kapitan Abdullayev Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlanadi[1] .

Zikrulla Abdullayev 1945-yilda 3-Belorussiya va 2-Belorussiya frontlari 43-armiyasining 54-oʻqchilar korpusining 126-Gorlovka qoʻshini shtab-kvartirasi operativ boʻlimi boshligʻining yordamchisi,[2][3] soʻng kavaleriya polkining shtab boshligʻi boʻladi. U 1945-yil avgustidan Sinszyanda operativ qoʻmondon boʻladi, 1945-yil dekabrida xizmatdan vazifasidan ozod etiladi[3].

Abdullayev 1946-yildan – iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat yuritadi. 19461970-yillarda Toshkent shahrida toʻqimachilik ishlab chiqarish tashkilotchisi, soʻng Toshkent toʻqimachilik instituti rektori, Toshkent toʻqimachilik kombinati direktori vazifasida ishlab keladi. Keyinchalik Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 5, 6 va 7-chaqiriqlari deputati etib saylangan. Shuningdek, u SIKP XXIII qurultoyi delegati ham edi.

1982-yilda Toshkentda vafot etadi.