Zigʻir kombayni uzun tolali zigʻir poyasini yigʻadigan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zigʻir kombayni uzun tolali zigʻir poyasini yigʻadigan q.x. mashinasi. Asosiy qismlari: shkiv, 4 seksiyali poya sugʻurish apparati, poyalarni boʻlgich, koʻndalang transportyor, urugʻni poyadan sidirib olish apparatiga uzatuvchi transportyor, sidirish apparati, panjarali sidirish barabani va kamerasi, uzatish mexanizmlari va bogʻ bogʻlagich. Mashina gʻildirakli ramaga oʻrnatilgan. Traktorlarga tirkab ishlatiladi. Mashina yurganda poya ajratkich zigʻirpoyani yulish apparati seksiyalariga yoʻnaltiradi. Yulingan poya ignali transportyorga, undan qisish transportyori yordamida sidirish kamerasiga tushadi. Sidiruvchi apparat panjali baraban bilan poyadagi urugʻlarni sidirib transportyorga tashlaydi, urugʻ undan qopga tushadi, bogʻ bogʻlagich urugʻi sidirilgan poyani bogʻbogʻ qilib bogʻlaydi. Sidirish apparati ishlatilmaganda 3. k.dan zigʻirpoya yulgich sifatida foydalanish mumkin. Mashinaning ish unumi soatiga 0,5—0,7 ga.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil