Antidotlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ziddizaharlardan yoʻnaltirildi)

Antidotlar, ziddizaharlar (yunoncha: antidoton — zaharga qarshi) — organizmga har xil yoʻllar bilan kirgan zaharli moddalarni zaharsizlantiruvchi kimyo-viy moddalar. Ular xilma-xil boʻlib, zaharlangan organizmga turli (ichish, sur-tish va hokazo) yoʻllar bilan yuboriladi. Organizmga kirgan zahar qonga shimi-lib ulgurmasdan uni chiqarib yuborish yoki neytrallash chorasi kuriladi: meʼda yuviladi, A. yuboriladi (mas, odam kis-lotalardan zaharlanganda natriy bi-550karbonat, magniy oksid kabi ishqorlar, ishqorlardan zaharlanganda esa limon kislota yoki limon shirasi, sirka, suyul-tirilgan sirka kislota va boshqa ichiriladi), Zahar qonga shimilib ketgan boʻlsa, ney-trallanadi yoki zaharsizlantiriladi: qonga glyukoza yuboriladi va maxsus cho-ralar koʻriladi, mas, mishyak (arsen)li moddalar (lyuizit), ogʻir metall tuzlari (sulema va boshqalar)dan zaharlanganda qonga unitiol, paratsetamoldan zaharlanganda atsetisistein, sianidlardan zaharlanganda amilnitrit, fosfororganik moddalar (xlorofos va boshqalar), zaharli qoʻziqorin (mu-skarin) dan zaharlanganda atropin yubo-riladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil