Antidotlar
Antidotlar, ziddizaharlar (yunoncha: antidoton — zaharga qarshi) — organizmga har xil yoʻllar bilan kirgan zaharli moddalarni zaharsizlantiruvchi kimyoviy moddalar. Ular xilma-xil boʻlib, zaharlangan organizmga turli (ichish, surtish va hokazo) yoʻllar bilan yuboriladi. Organizmga kirgan zahar qonga shimilib ulgurmasdan uni chiqarib yuborish yoki neytrallash chorasi quriladi: meʼda yuviladi, Antidotlar yuboriladi (mas, odam kis-lotalardan zaharlanganda natriy karbonat, magniy oksid kabi ishqorlar, ishqorlardan zaharlanganda esa limon kislota yoki limon shirasi, sirka, suyultirilgan sirka kislota va boshqa ichiriladi), Zahar qonga shimilib ketgan boʻlsa, neytrallanadi yoki zaharsizlantiriladi: qonga glyukoza yuboriladi va maxsus choralar koʻriladi, mas, mishyak (arsen)li moddalar (lyuizit), ogʻir metall tuzlari (sulema va boshqalar)dan zaharlanganda qonga unitiol, paratsetamoldan zaharlanganda atsetisistein, sianidlardan zaharlanganda amilnitrit, fosfororganik moddalar (xlorofos va boshqalar), zaharli qoʻziqorin (muskarin) dan zaharlanganda atropin yuboriladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |