Zhangjiajie shisha ko'prigi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zhangjiajie piyodalar shisha koʻprigi — bu Vulingyuan hududidagi Xunan shtatining Zhangjiaji shahridagi samoviy koʻprigi. Sayyohlar uchun diqqatga sazovor inshoot sifatida qurilgan ko‘prik temperli shaffof shishadan yasalgan. Ochilgan vaqtida dunyodagi eng uzun va eng baland shisha koʻprik hisoblanar edi. Bu koʻprik 2016-yil 20-avgustda foydalanishga topshirilgan. Uning uzunligi 430 metr (1,410 ft)ni, kengligi 6 metr (20 ft)ni tashkil etadi va taxminan 300 metr (980 ft) balandlikda qurilgan. [1] Ko‘prik Xunan provinsiyasi shimoli-g‘arbidagi Zhangjiajie Milliy Oʻrmoni Bogʻida ikkita tog‘ qoyalari orasidagi kanyonni kesib oʻtgan. U bir vaqtning oʻzida 800 tagacha tashrif buyuruvchini qabul qilishga moʻljallangan. Koʻprik Isroillik arxitektor Xaim Dotan tomonidan loyihalangan.

Ko‘prikni qurish uchun kanyon devorlarining chetiga to‘rtta tayanch ustun oʻrnatilgan. Koʻprik 120 dan ortiq shisha panelli metall ramkadan yasalgan. Ushbu panellarning har biri uch qatlamli boʻlib, 5.1 santimetr qalinlikdagi temperli shishadan ishlangan. Koʻprikning pastki qismiga uchta uzun belanchaklar biriktirilgan. Shuningdek 285 metrlik bungi jump atraktsioni dunyodagi eng baland bungi sakrash joyi hisoblanadi. [2]

Koʻprikni boshqarish qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, koʻprik dizayni va qurilishi boʻyicha 10 ta jahon rekordini oʻrnatdi. [3] Bir muncha vaqtdan soʻng eng uzun shisha koʻprik sifatidagi rekord natija Hebeyning Hongyagu Manzarali Hududidagi shisha koʻprikka oʻtdi. [4]

Yopilishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 2-sentyabrida, ko‘prik ochilganidan atigi 13 kun o‘tgach, rasmiylar tashrif buyuruvchilarning ko‘pligi sababli ko‘prikni yopishayotgani haqida xabar berishdi. [5] Bir vaqtning oʻzida 800 kishini qabul qilish uchun moʻljallangan va kuniga taxminan 8000 kishi tashrif buyurishi kutilayotgan koʻprik kuniga 80000 dan ortiq tashrif buyuruvchilarni jalb qilgan. [6] Rasmiylarning taʼkidlashicha, hukumat attraksionni, jumladan, avtoturargohlar, chiptalarni bron qilish tizimi va mijozlarga xizmat koʻrsatishni zudlik bilan yaxshilash va yangilash uchun faoliyatini toʻxtatishga qaror qilgan. Ko‘prik 2016-yil 30-sentabrda qayta ochilgan. [7]

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuningdek koʻring[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sharqiy Taihang Shishayoʻli

Maʼlumotnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „World's tallest and longest glass bridge closes after just two weeks“ (en-US). Dezeen (2016-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 21-yanvar.
  2. Civil Student. „Zhangjiajie Grand Canyon Glass Bridge“. PDF. Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr. [sayt ishlamaydi]
  3. „World's longest, highest glass bridge to open“. Xinhuanet. 2016-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-noyabr.
  4. 王建芬. „World's longest glass bridge ready to open - Chinadaily.com.cn“. www.chinadaily.com.cn. Qaraldi: 2017-yil 26-dekabr.
  5. Chris Graham (3 September 2016). "China's record-breaking glass bridge closes after 13 days 'due to overwhelming demand'". The Telegraph. https://www.telegraph.co.uk/news/2016/09/03/chinas-record-breaking-glass-bridge-closes-after-13-days-due-to/. Qaraldi: 16 November 2016. Zhangjiajie shisha ko'prigi]]
  6. Nick Mafi. „Why Did the Zhangjiajie Grand Canyon Glass Bridge Suddenly Close?“. Architectural Digest (2016-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 16-noyabr.
  7. „World's highest glass bridge to reopen after one-month overhaul“. Xinhuanet. 2016-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-avgust.